Moliya mexanizmi bu rnoliya siyosatining aksari hollarda o ‘zgarib
turuvchi qismi hisoblanadi. Davlat tomonidan jamiyatdagi joriy iqtisodiy
holatni ham da m am lakat ijtimoiy holatini hal etishdagi q o ‘yilgan
taktik vazifalarning hal etilishi xususiyatlariga asosan moliya mexanizmi
o ‘zgarib turadi. Davlat qonun chiqaruvchi va ijrochi organ sifatida
moliya munosabatlarini turlicha tashkil etishi mumkin. Masalan, bunday
moliya munosabatlari vakolatli davlat organlari hamda faoliyat ko‘r-
satayotgan xo ‘jalik subyektlari o ‘rtasida davlat budjetining darom ad-
larini shakllantirish maqsadida ulardan turli soliqlar to ‘lovlarini undirish
asosida tashkil etilishi mumkin. Davlat tom onidan soliq tizimini tashkil
etishda um um d av lat va mahalliy soliqlarni, bevosita va bilvosita
soliqlarning
turlarini, har bir soliq turi bo ‘yicha obyekti, subyekti,
soliq stavkalari, soliqlar bo ‘yicha imtiyozlarning ro ‘yxatini ham da
amaldagi soliq qonunchiligining o ’zgarish yuzasidagi boshqa elem ent-
larni hisobga olishi zarur. Buning uchun davlat organlari barcha
iqtisodiy qonunlarni juda puxta o ‘rganishi ham da moliyaning rivojla-
nishini mukam mal aniqlashi lozim.
Moliya mexanizmi o ‘z mohiyatiga ko‘ra asosan ikkiga bo'linadi:
direktiv moliya mexanizmi; tartibga solib turuvchi moliya mexanizmi.
Direktiv moliya mexanizmida asosan davlatning
vakolatli organlari
to m o n id a n moliya m unosabatlari ishlab chiqiladi. U shbu moliya
munosabatlariga soliqlar, yig‘imlar, davlat krediti, budjet xarajatlari,
budjetdan moliyalashtirish, budjet tuzilmasini tashkil etish, budjet
jaravoni, budjetlararo m unosabatlar ham da
moliyaviy rejalashtirish
kiradi.
Direktiv moliya mexanizmida davlatning vakolatli organlari jamiyat-
da moliya munosabatlarining barcha ishtirokchilari uchun bajarilishi
majburiy bo'lgan tartib-qoidalar tizimini ju da puxta va m ukam m al
holda ishlab chiqadi.
Shuni ham t a ’kidlash lozimki, ba’zi holatlarda ishlab chiqilgan
direktiv moliya mexanizmi davlat bevosita ishtirok etmaydigan moliya
munosabatlarini o ‘z tarkibiga kiritishi mumkin. Bu holat jam iyatda
moliya siyosatini amalga oshirishda katta ahamiyatga ega b o ‘lgan
sohalarning faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Bunday sohaga korpo
rativ qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyatini misol qilib ko'rsatish
mumkin.
Tartibga solib turuvchi moliya mexanizmi davlat manfaatlariga
t o ‘g !rid a n -to ‘g ‘ri t a ’sir etmaydigan moliya munosabatlarining aniq
segmentida faoliyatni tartibga solib turadi. T a ’kidlab o'tganim izdek,
moliya m exanizm i tuzilishi jih atd an
m urakkab tizim hisoblanib, uning
tarkibiy qism i xilm a-xil m oliya m u n o sa b a tla rid a n tash k il etishi
hisoblanadi. Bunday holatlarda davlatning vakolatli organlari to m o -
nidan b u n d a y x o ‘jalik subyektlari u c h u n ular b a rc h a soliq lar va
yig‘imlarni t o ‘lab b o ig a n id a n so‘ng ular ixtiyorida qoladigan moliya
resurslaridan foydalanishning faqat u m u m iy tartib-qoidalarini o ‘rna-
tadi. X o‘jalik subyektlari esa ixtiyorida qolgan moliya resurslaridan
foydalanishning shakllari, pul jam g'arm alari
turlarini mustaqil tarzda
ishlab chiqadilar.
Moliyani boshqarishda davlat to m o n id a n puxta va m u k am m a l
ishlab chiqilgan faoliyat olib borishlikni ham d a bu faoliyatda moliya
mexanizm idan oqilona foydalanishni talab etadi.
O 'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining b o sqichm a-bosqich bo-
zor m unosabatlariga o ‘tishi, iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi
h a m d a m ulkchilikni davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyadorlik
jamiyatlariga aylantirish jarayoni natijasida moliya mexanizm i bir qator
o ‘zgarishlarni amalga oshirdi. Bunga quyidagi omillar bevosita t a ’sir
ko'rsatdi:
1. B u d je tla ra ro m u n o s a b a tla r s ifa ta n o 'z g a r i s h in i n g a m a lg a
oshirilishi. M ahalliy budjetlar xarajatlarning
sarflanishida katta vako-
latga ega b o ‘lishdi, ulardagi mavjud budjet taqchilligi (defitsiti) davlat
budjeti tarkibiga kiritildi.
2. Davlat budjetining taqchilligi asosan O 'zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tom onidan m uom alaga davlatning qisqa m uddatli
obligatsiyalari va davlat o ‘rta muddatli g'azn a majburiyatlarini chiqarish
yordamida qoplanishi amalga oshirilmoqda.
3. Davlat budjetidan tashqari maqsadli budjetdan tashqari ja m g 'a r-
malar tashkil etildi (Respublika yo'l ja m g ‘armasi. davlat bandlik ja m -
g'arm asi, pensiya ja m g ‘armasi va 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat
Mulki Q o ‘mitasining maxsus fondi).
4. M am lakatda moliyani boshqarishda o'zgarishlar amalga oshirildi.
( 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Q o'm itasi, Hisob palatalari
taslikil etildi).
5. Davlat va xususiylashtirilgan xo'jalik subyektlari o 'rta sid a g i
o'zaro m unosabatlar soliq toMash asosiga o'tkazildi.
6. Milliy q im m atli qog‘ozlar b o z o rin in g
tashkil etilishi natijasida
x o ‘jalik suby ek tlarini m uom alaga k o rp o ra tiv q im m atli q o g ‘o z la rn i
chiqarish ta r tib -q o id a s i o'zg ard i va b u jara y o n q a ttiq n a z o r a tg a
olindi.
Yuqoridagi omillar esa iqtisodiyotning bozor munosabatlari sha-
roitiga o'tish davrida bu jarayonlar talabiga javob beradigan oqilona
moliya siyosati olib borishlikni talab etadi. Moliya siyosati olib borili-
shida moliya mexanizmi mohiyatining juda kattaligiga guvoh b o ‘ldik.
Oqilona tashkil qilingan moliya mexanizmi xo'jalik subyektlarida ishlab
chiqarishni rivojlantirishga va mamlakat mintaqalarining moddiy m an-
faatdorligini oshirishga h a m d a budjet mablag‘lari tejamkorlik bilan
sarflanishini to ‘g ‘ri yo'lga qo'yishiga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: