Moddalar va energiya almashinuvining asosiy bosqichlari Oqsil, yog' va karbonsuvlar almashinuv jarayonlari o'ziga xos xususiyatlariga ega.
Lekin shu bilan bir qatorda o'zining umumiy qonuniyatlari ham bor. Moddalar
almashinuvini 3 bosqichga bo'lish maqsadga muvofiqdir:
1. Tananing hazm yo'llarida oziq moddalarning o'zlashtiriyshi.
Oraliq almashinuv.
Oxirgi mahsulotlar metabolizmi.
л
Birinchi bosqich me'da-ichak yo'lida oziq moddalarning tartib bilan kichik
molekulyar moddalarga kimyoviy yo'l bilan parchalanishi va hosil bo'lgan oddly
kimyoviy moddalarning qon va limfaga so'rilishi. Oqsil, yog' va karbonsuvlarning
parchalanishi o'ziga xos fermentlar ta'sirida boradi. Oqsillar peptidaza fermenti
yordamida aminokislotalargacha, yog'lar lipaza yordamida glitserin va yog'
kislotalargacha, murakkab karbonsuvlar amilaza yordamida monosaxaridlargacha
parchalanadi,
Birinchi bosqichning ahamiyati shundan iboratki, oziq moddalarning oddiy
moddalargacha aylanib, keyinchalik bu organizmning energiya manbai bo'lib xizmat
qiladi. Bunday moddalarga aminokislotalar (20 turi), geksozalardan - glukoza,
fruktoza, galaktoza, pentozalar, glitserin va yog' kislotalari kiradi. Ular qon va limfa
suyuqligigacha oson so'rilib, qon bilan jigar to'qimalariga va tananing periferiyadagi
to'qimalariga tashiladi va u yerda navbatdagi o'zgarishlarga uchraydi.
Moddalar almashinuvining ikkinchi bosqichi aminokislotalar, monosaxaridlar,
glitserin va yog' kislotalarini hosil bo'lishini birlashtiradi. Oraliq almashinuv
jarayonida oqsillar, karbonsuvlar, yog'lar va ularning kompleks birikmalari
sintezlanadi, shuningdek, aminokislotalar. glukoza, glitserin va yog' kislotalarining
parchalanishi yuz beradi.
Hamma hujayralarda doimo modda almashinuvi tufayli hujayra tizilmalari va
hujayraaro modda uzluksiz hosil bo'lib, yemirilib va yangilanib turadi. Buning sababi
shuki, organizmda doimo har xil kimyoviy birikmalar, parchalanib va sintezlanib
turadi, bir xil moddalar ikkinchi xil moddalarga aylanadi. Moddalar parchalanganda
asosan issiqlik, mexanik va qisman elektr energiyasi kabi kinetik energiya turlariga
aylanadi.
Oraliq almashinuv jarayonlarida bitta umumiy modda hosil bo'ladi, shuning uchun
buni moddalar almashinuvining «umumiy qozoni» ham deyiladi (60-rasm). Misol
uchun, pirouzum kislotasini olishimiz mumkin. Bu oqsil, yog' va karbonsuvlarning
oxirgi umumiy mahsuloti hisoblanadi.
Oraliq almashinuv jarayonlarida tananing, asosiy qismini tashkil etadigan va
muayyan turga xos oqsil, yog'lar, karbonsuvlar va ularning komplekslari-
nukleoproteidlar, fosfolipidlar va hqs,hqalar sintez bo'ladi. Bundan tashqari, bu
moddalar tananing asosiy energetik manbai ham hisoblanadi.