103
sarflaganini aniqlash va almashinuv jarayonlarini qay darajada ekanligini bilish
mumkin. Organizmda modda va energiya almashinuv jarayonlari tabiiyotning eng
buyuk qonuni-materiya va energiyaning saqlanish qonuniga muvofiq ravishda sodir
bo'ladi. Tirik organizmda materiya va energiya yaratilmaydi va yo'qolib
ketmaydi,
ular faqat o'zgaradi, yutiladi va ajralib chiqadi.
Organizm tashqi muhitga issiqlik va mexanik ish tarzida energiya ajratib chiqaradi.
Shuning uchun energiya balansini aniqlash uchun organizm qabul qilgan ovqat
mahsulotlaridan qancha energiya olishi va qancha energiya sarf qilishini aniqlash
talab qilinadi.
Energiya
hosil
bo'lishini
aniqlash
uchun
ovqat
mahsulotlari'
tarkibida
qancha kaloriya borligini hisoblash kerak. Bu esa 1 g, modda yonganda
ajralib chiqadigan issiqlik miqdoriga va issiqlik koeffitsientiga teng.
Ovqat
rnoddasining issiqlik koeffitsienti Bertlo «bombasida» yoqib aniqlangan.
Lekin shuni hisobga olish kerakki, tanada ovqat mahsulotlaridan oksidlanish
jarayonlarida
hosil
bo'lgan
kaloriya
miqdori
ularda
mavjud
bo'lgan
miqdordan
birmuncha
kamroq
bo'ladi,
chunki
iste'mol
qilgan
ovqat
moddalarining hammasi to'liq so'rilmaydi, Ayniqsa, oqsil moddalar tanada
to'liq oksidlanmaydi (12-jadval).
Bevosita kalorimetriyada
organizmdan ajralib
chiqadigan issiqlikni sezuvchi maxsus murakkab jihozlar - kalorimetrik kameralardan
foydalaniladi. Kalorimetrda tekshirish juda aniq natija berishi mumkin.
Organizmda oksidlanish jarayonlari energiya manbayi hisoblanadi, bu jarayonlarda
O2 sarflanadi va CO2 hosil bo'ladi, shuning uchun gazlar almashinuvini tekshirish
asosida, ya'ni yutilgan O2 va ajralib chiqqan CO2 miqdoriga qarab tananing qancha
energiya sarfiaganini aniqlash mumkin. Bu usul bilvosita kalorimetriya deb ataladi.
Organizmda ajralib chiqqan CO2 hajmining yutilgan O2
hajmiga nisbati nafas
koeffitsienti (NK) deb ataladi. Oqsillar, yog'lar va uglevodlar oksidlanganda nafas
kqeffitsienti turlicha bo'ladi.
Avvalo, tana karbonsuvlar iste'mol qilganda nafas koeffitsienti qancha bo'lishini
ko'rib chiqaylik. Misol uchun, glukoza olaylik.
Bir molekula glukoza
oksidlanishining umumiy yakunini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
Q HI206+6O2=6CO2+6H?O
Reaksiya tenglamasidan ko'rinib turibdiki, glukoza oksidlanganda necha molekula
CO2 hosil bo'lsa, o'shancha molekula O2 sarf qilinadi (yutiladi).
Organizmda bo'lib o'tadigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari natijasida gazlarning
o'zlashtirilishi va ajralib chiqishiga oid sarhisob olib
borish Avogadro qonuniga
bo'ysinadi.
Xususan, glukoza oksidlanganda nafas koeffitsienti (CO2 ning O2 ga nisbati) 1 ga
teng bo'ladi. Boshqa karbonsuvlar oksidlanganda ham nafas koeffitsienti shuncha
bo'ladi. Yog'lar va oqsillar oksidlanganda nafas koeffitsienti 1 dan kam bo'ladi, ya'ni
yog'lar oksidlanganda bu raqam 0,7 ga, oqsillar oksidlanganda NK- 0,8 ga teng
bo'ladi. Odam aralash ovqatlar iste'mol qilib turganida NK- 0,85-0,9 ga atrofida
bo'ladi.
Nafas koeffitsientini aniqlash orqali O2 ning issiqlik ekvivalentini bilish mumkin. O2
ning kalorimetrik ekvivalenti deganda bir litr O2 qabul
qilinganda ajralib chiqqan
issiqlik miqdori tushuniladi. O2 ning kalorimetrik ekvivalenti moddalar
almashinuviga bog'liq.