E nuritdinov odam fiziologiyasi


Energiya almashinuvi. Energiyaning hosil bo'lishi va sarflanishi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

 
Energiya almashinuvi. Energiyaning hosil bo'lishi va sarflanishi 
Yuqorida 
aytilganidek, 
moddalar 
almashinuvida, 
ya'ni 
oqsillar, 
yog'lar, 
karbonsuvlarning kislorod bilan oksidlanib parchalanishi natijasida energiya hosil 
bo'ladi. Bu energiya organizmda barcha fiziologik jarayonlarning to'xtovsiz davonn 


105 
etishi uchun sarflanadi. 
' Energiya almashinuvida adenozintrifosfat kislotasi (ATF) markaziy o'rin egallaydi. 
Turli makroergik birikmalardan hosil bo'lgan ATF o'z navbatida ularning sintezida 
asosiy rol o'ynaydi. 
Turli organik moddalarning parchalanishi natijasida hosil bo'lgan energiya ATF 
shaklida saqlanib, zaxira bo'lib turadi. ATF organizmning har bir hujayrasida bo'ladi. 
Uning eng ko'p miqdori skelet mushaklardauchraydi - 0,2-0,5% hujayraning har bir 
faoliyati to'g'ridan-to'g'ri ATP ning parchalanish vaqtiga mos keladi. 
Ma'lum bir masofaga yugurish (masalan, 100 metrga) mushaklar faqat ulardagi 
zaxiraviy ATF energiyasi hisobidan ishlaydi. Parchalangan ATP molekulalari yana 
boshqatan qayta qisqarishni ta'minlash uchun qayta tiklanishi kerak. Bu jarayon 
karbonsuvlar va boshqa moddalar parchalanishi natijasida ajralib chiqqan energiya 
hisobidan amalga oshadi. 
Shunday qilib, organizm, to'qimalar, a'zolar ; va; hujayralarning funksional faoliyati 
uchun ATF yagona va universal energiya'manbai bo'Hb xizmat qiladi. Organizmning 
energiyasi moddalaiv •alrnashinuvi, mushaklarning faoliyati va ovqatningo'ziga xos-
ta'siri uchun sarflanadi. Organizm tomonidan sarf qilingan energiya miqdorini bilib 
turib, undan tashqariga chiqariladigan issiqlik miqdorini ham aniqlash mumkin. 
Energiya sarfini o'lchash usullari (bilvosita va bevosita kalorimetriya). 
Nafas koeffltsienti ' 
Organizmda ajralgan energiya qaysi ishga sarflanmasin, oxir-oqibat u issiqlik 
energiyaga aylanadi. Bu issiqlikni bilvosita va bevosita kalorimetriya usullari 
yordamida aniqlab, organizmdagi energiya alrnashinuvi to'g'risida-tasavvur olish 
mumkin. 
Bevosita kalorimetriya usulida organizmdan ajralib chiqadigan issiqlikni sezuvchi 
maxsus germetik apparatlar - kalorimetrik kameralardan foydalaniladi. Bu usul 
organizm faoliyati natijasida hosil bo'ladigan va tashqariga chiqadigan issiqlikning 
miqdorini aniqlash uchun ishlatiladi. Odamni maxsus kalorimetrik kameraga 
joylashtirib, 'unmg tanasidan muhitga beradigan issiqlik miqdorini o'lchaydi. Kamera 
ichining yuqori qismida bir nechta naycha o'rnatilgan bo'lib, ularda suv aylanib 
turadi. Tajriba o'tkazilayotgan odam mu'tadil nafas olishi uchun maxsus naycha 
orqali kislorod ballonidan kameraga havb kiritib turiladi. Nafas orqali chiqarilgan 
havo maxsus naycha ofqali kamera tashqarisida joylashtirilgan baklardagi kimyoviy 
moddalardan o'tkazilib, undagi karbonat angidriddan tozalanadt. Kalorimetrik 
kamerasi naychalari orqali oqib o'tgan suvning miqdorini aniqlab, harorati o'lchanadi. 
Bir kecha-kunduzda shu suvni isitishga sarflangan issiqlik energiyasining miqdori 
kamerada tajriba^ olib borilayotgan odamdan ajralganligi aniq bo'ladi. Bu energiya 
miqdori kilojoullar (kDj) da ifodalandi. 
Bu usul ancha murakkab bo'lib, undan maxsus ilmiy-tekshirish institutlarida 
foydalaniladi. Shuning oqibatida tibbiyot amaliyotida bilvosita kalorimetriya usuli 
qo'llanib kelmoqda. Buning ma'nosi shundaki, dastlab o'pka ventilatsiya hajmi 
aniqlanib, so'ngra nafas bilan qabul qilingan kislorod va ajralib chiqqan karbonat 
angdrid miqdoriga qarab, organizmda qancha energiya hosil bo'lganligi va 
sarflanganligi aniqlanadi. Nafasdan chiqqan karbonat angidrid hajmining yutilgan 
kislorod hajmiga nisbati, ya'ni CO2 nafas nisbati nafas koetfitsienti deyiladi. Nafas 
koeffitsientini aniqlaborganizmda oksidlanadigan moddalar haqida ma'lumot olish 


106 
mumkin. Nafas olish va chiqarish sarflangan kislorod va chiqarilgan karbonat angdrid 
miqdorini aniqlash uchun Duglas - Xolden niqob qopidan va M.N.Shaternikovning 
respirasion kamerasidan foydalaniladi. 
Odam organizmida 1 g oqsil oksidlanishi va parchalanishiga 0,97 1 kislorod 
sarflanib, 4,1 kkal energiya hosil bo'ladi; 1 g yog' oksidlanishiga 2,03 kislorod 
sarflanib, 9,3 kkal energiya; 1 g uglerod oksidlanishiga 0,81 kislorod sarflanib, 4,1 
kkal energiya hosil bo'ladi. Demak, Duglas - Xolden niqob-qopi yordamida nafas 
olish orqali qabul:qilingan kislorod miqdorini aniqlab, bu kislorod yordamida 
organizmda qancha energiya hosil bo'lganligi va sarflanganligi hisoblab chiqariladi. 
Karbonsuvlar oksidlanishida nafas koeffitsient 1 ga teng, chunki 1 molekula 
glukozaning angdrid gaz va suvgacha oksidlanishi uchun 6 molekula kislorod 
sarflanib, 

molekula 
karbonat 
angidrid 
gazi 
chiqariladi: 
C6Hl2O6+6b2=6CO2+6H2O+kkal. 
Oqsil oksidlanishida nafas koeffitsienti 0,8 va yog'lar oksidlanishida nafas koeffisenti 
0,7 ga teng. Yog'lar va oqsillarda molekulalararo kislorod miqdori karrTbo'lgani 
sababli, ularning oksidlanishida ko'p kislorod zarur bo'ladi: 1 g oqsil -'0,97 1, 1 g yog' 
- 2,03 1. 
Gazlar almashinuvi - organizm bioenergetikasining ko'rsatkichi 
Organizmga yutilgan kislorod oqsil, yog' va karbonsuvlarning oksidlanishiga sarf 
bo'ladi. Bu moddalardan 1 g oksidlanib parchalanganda har xil miqdorda kislorod 
sarflanadi va turli miqdorda issiqlik ajraladi. 1 g karbonsuv oksidlanganda 
organizmda 4,1 kkal issiqlik ajralib chiqadi va buning uchun 0,830 1 kislorod 1 g 
oqsil oksidlanganda ham 4,1 kkal issiqlik ajraladi, lekin bunda kislorod ko'proq 
sarflanadi va h.z. 
Organizmda 1 1 kislorod sarflanganda yuzaga chiqadigan issiqlik miqdori 
kislorodning kaloriya ekvivalentligi deb ataladi. 
Shunday qilib, organizmda qaysi moddalar - oqsil, yog' va karbonsuvlar oksidlangani 
ma'lum bo'lsa iste'mol qilingan jami kislorod miqdoriga qarab qancha energiya 
sarflanganini hisoblab chiqish mumkin. Gazlar almanishuvini tekshirish tajribalarida 
nafas koeffitsienti tanada qaysi oziq moddalar oksidlanganini ko'rsatib bera oladi. 
Karbonsuvlarning oksidlanishida kislorodning kaloriya ekvivalenti 21,13 KDJ (5,05 
kkal), oqsillar - 20,1 KDJ (4,8 kkal), yog'lar - 19,62 (4,686 kkal)ga teng. 
Odamda energiya sarflanishi quyidagicha aniqlanadi. Odam og'izga qo'yilgan 
mushtuk orqali 5 daqiqa davomida nafas oladi. Mushtuk rezinali to'qimadan yasagan 
bo'lib, xalta bilan ulangan, uning klapanlari orqali odam erkin nafas olib nafas 
chiqaiadi. Soatga qarab, odamning nafas chiqarish hajmini aniqlab, gazoanaliztorning 
shkalasiga qarab nafas olish va nafas chiqarish havosi tarkibidagi kislorod va angidrid 
gazining miqdori aniqlanadi. So'ngra qabul qilingan kislorod va tashqariga 
chiqarilgan karbonat angidrid gazining hajmlarini hisoblab, nafas koeffitsientini 
topadi. Yuqorida ko'rsatilgan jadval orqali, nafas . koeffitsienti ko'rsatkichiga 
kislorodning kaloriya ekvivalenti va energiyaning sarflanishini tekshiriladi. 
Asosiy almashinuv va uning ahamiyati 
Organizm tamomila tinch turganda, nahorda, ya'ni ovqatlanishdan 12-:; 
16 soat keyin va 18-20° haroratda sarf qiladigan energiyaning rriiqdori 
asosiy almashinuv deb ataladi. • 
Asosiy 
almashinuvni 
aniqlash 
uchun 
tekshiriladigan 
odam: 


107 
1) mushaklari tinch turadigan holatda bo'lishi (mushaklarihi 'bo'sh qo'yib 
yotishi), hayajonlantiruvchi omillar ta'sir etmasligi; 2) ocfTbo'lishi,, ya'ni 
ovqat yegandan 12-16 scat keyin tekshirili'sHi; 3) komfort harprat -18-^0° 
S, 
ya'ni 
sovuq 
-seziltriaydigan, 
titratmaydigan 
va 
organizmni 
qizitib 
yubormaydigan sharoitda bo'lishi kerak. 
_, 
Asosiy almanishuvni aniqlash uchun bilvosita kalorimetriya usuli qo'llaniladi, ya'ni 
gazlar almashinuvi tekshiriladi. Katta yoshli sog'lom, kishining asosiy almashinuvi 
har bir kilogtanirn og'irligiga o'rta hisob bilan ! soatga 1 kaloriyadan to'g'ri keladi. 
Masalan, 70 kg og'irlikdagi odamning asosiy almashinuvi 70x24=1680 katta 
kaloriyaga terig bo'ladi. Bu organizmning hayot faoliyati uchun sarf bo'ladigan 
energiya miqdoridir. 
Asosiy almashinuv odamning jinsiga, yoshiga, bo'yiga va og'irligiga bog'liq. 
Erkaklarda asosiy almashinuv bir xil og'irlikdagi xotinlardagiga nisbatan ortiqroq 
bo'ladi. 
Bolalarda tananing 1 kg vazniga to'g'ri keladigan asosiy almashinuv miqdori katta 
yoshli kishilardagiga nisbatan ortiqroq, lekin yosh ulg'aygan sayin issiqlik kamroq 
hosil bo'la boshlaydi. Bu hoi 20 yoshgacha davom etadi. 20 yoshdan 40 yoshgacha 
issiqlik hosil bo'lishi o'zgarmaydi, 40 yoshdan keyin esa issiqlik yana kamroq hosil 
bo'la boshlaydi. 
Emizadigan bolalarda I kg vazniga to'g'ri keladigan asosiy almashinuv bir kecha-
kunduzda 209-222 KDJ (50-53 kkal/kg)ga teng. Ularning, .vazn og'irligiga qarab 
asosiy almashinuv kuchayadi. Sog'lom odamlar asosiy almashinuvining ko'rsatkichi 
4,2 KDJ (1 kkal/soat)ni tashkil etadi. 
Uyqu vaqtida energiya almashinuv tezligi siyraklik davriga nisbatan 8-10% 
kamayadi, chunki uyqu vaqtida mushaklar maksimal darajada bo'shashadi. Tana 
haroratining ko'tarilishi energiya almashinuviga ancha katta ta'sir ko'rsatadi. Masalan, 
odamning tana harorati 1°S ko'tarilsa, energiya sarfi o'rta hisob bilan 10-11% ortadi. 
Iqlimiy sharoit ta'sirida ham asosiy almashinuv miqdori o'zgaradi: Tropiklarda o'rta 
geografik kengliklardagiga nisbatan 10-20% kam va shimolda sovuq vaqtida ortiq 
bo'ladi. 
kifoyalanish noto'g'ri bo'ladi. Organizm uchun ovqatning tarkibi, ya'ni oqsillar, 
yo lar va karbonsuvlarningiborligi, ularning sifati va nisbati juda muhimdir. 
Ovqat ratsionini tuzganda oqsil minimumini emas, balki oqsil optimumini, ya'ni 
organizm ehtiyojlarini to'la qondiruvchi oqsil miqdorini nazarda tutish kerak. 
Shundagina organizm kayfiyati yaxshi, ish qobiliyati yuqori, yuqumli kasalliklarga 
chidamliligi yetarli darajada bo'ladi, bolalarning esa 
sish ehtiyojlari ham 
qondiriladi. Katta yoshdagi odam bir kecha-kunduzda rta hisob bilan 80-100g oqsil 
iste'mol qilib tursa, mu'tadil fiziologik sharoitda organizmning yengil ish 
vaqtidagi'ehtiyojlarini to'la qondiradi. 
rtacha o irlikdagi ishda qariyb 120 g, o ir jismoniy mehantda esa qariyb 150-160 
g oqsil iste'mol qilish zarur. Shundan kamida 30% i hayvon oqsillari bo'lishi zarur. 
Bolalarning I kg vazniga hisob qilingan oqsil miqdori ularning o'sish ehtiyojlarini 
nazarda tutib biroz oshirilishi kerak. 1-3 yoshdagi bolalarga bir kecha-kunduzda 55 g 
oqsil, 4-6 yoshdagi bolalarga 72 g, 7-9 yoshdagi bolalarga 89 g oqsil kerak, 10-15 
yoshdagi bolalar bir kecha-kunduzda 100-106 g dan oqsil iste'mol qilishi zarur. 
Ovqat rasionida kamida 60 g yog' bo'lishi zarur, chunki yog'da eruvchi vitaminlar va 


108 
hujayra tuzilishiga zurur lipoidlar yog'lar tarkibiga kiradi. Odam bir kecha-kunduzda 
300 kkal sarflaganda qariyb 100 g yog' iste'mol qilishi zarur. 
; Ovqatda karbonsuvlar, mineral tuzlar va yetarli miqdorda vitaminlar bo'lishi kerak. 
Odam ovqatdagi karbonsuvlarning bir kecha-kunduzlik miqdori 400-500 g bo'lishi 
kerak. Mineral tuzlarning o'rta hisob bilan 60-80% o'zlashtiriladi. Aralash ovqatning 
82-90% o'zlashtiriladi. 
Ovqat ratsionini tuzish 
Ovqat ratsionini tuzganda, unda yetarli miqdorda oqsil, karbonsuv va yog'lar 
bo'lishini nazarda tutish lozim. Bu bilan birga bu moddalarning bir qismi hayvon 
mahsulotlaridan bo'lishi kerak. 
Ovqat moddalari oksidlanganda ajralib chiqadigan kaloriyalar miqdori organizmning 
sarf qilgan issiqligini qoplashi lozim. 
Ovqatda 
yangi 
sabzovot 
yoki 
mevalar 
bo'lishi 
shart. 
Bular 
asosiy 
vitamin manbalaridir. 
. • .; 
Ovqatning o'zlashtirilishi va shu kabilar hisobga olinishi lozim.; 
Ovqat mazali qilib tayyorlanishi kerak. Ozoda qilib, chiroyli dasturxon yasash, 
ovqatni o'xshatib tayyorlash ishtahani ochadi, hazm a'zolarining ishini kuchaytiradi 
va ovqatning yaxshiroq hazm bo'lishiga, binobarin, yaxshiroq o'zlashtirilishga 
yordam beradi. 
Odam odatda aralash ovqatlarni iste'mol qiladi. Sunday ovqatlarda oziq moddalar va 
ovqatga maza kiritadigan ekstraktiv moddalar bo'ladi. 
Ovqatga bunday maza kirituvchi moddalar go'shtda va boshqa ba'zi bir mahsulotlarda 
ko'p bo'ladi, shuning uchun ham go'sht sho'rvasi va suyuq osh hazm bezlariga ta'sir 
etib, ularning zo'r berib ishlashiga sabab bo'ladi. 
Ovqat ratsionini to'g'ri tuzish uchun muayyan mahsulotlardagi oqsillar, yog'lar-va 
karbonsuvlarning miqdorini va kaloriya qimmatini bilish kerak. 15-javdal turli 
mahsulotlarning tarkibi va kaloriya qimmati haqida tasavvur beradi. 
Ko'pchilik kishilar me'daga ovqat kirganda kelib chiqadigan to'yish sezgisiga 
ahamiyat beradilar. Me'da oziq moddalari kam, lekin katta hajmli ovqat bilan to'lsa, 
odam o'zini to'ydim deb his qilishi murnkin. 15-jadvalda keltirilgan ma'lumotlarni 
hisobga olib, ilmiy asosda rasion tuzish mumkin. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin