E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

buyrak 
darvozasi
deyiladi.Bu yerdan buyfaklarga buyrak arteriyasi kirib, buyrak venasi 
chiqadi. 
Buyraklarning frontal kesishda u 2 qavatdan: po'stloq va mag'iz qavatdan 
tuzilgan. Po'stloq qavati qizil-qo'ng'ir rangda, 5-7 mm qalinlikda bo'lib, ichki oqish 
qismi mag'iz moddasidan tu-zilgan.Po'stloq qavat ustunchalar shaklida mag'iz 
qavatdagi 15-20 ta piramidachalar orasida joylashgan. 
Buyraklar organizmda moddalar almashinuvi (metabolizmi) natijasida hosil 
bo'ladigan turli moddalarni, tashqi muhitdan kirgan yot va zaharli moddalarni 
organizmdan chiqarib yubo-radi, shu bilan bir qatorda yana quyidagi funksiyalarni 
bajarishda ishtirok etadi: 
1.qon va boshqa ichki muhit suyuqliklarining hajm barqarorligini saqlashda
2.bu suyuqliklarning osmotik bosimi barqarorligini saqlashda 
(izoosmiya). 
3.bu suyuqliklarning ionlar barqarorligini ta'minlashda (izoioniya). 
4.kislota - asos muvozantini saqlashda; 
5.qonda miqdori ortib ketgan organik moddalarning ortiqchasini chiqarib 
tashlashda; 
6.oqsil, yog' va karbonsular almashinuvida
7.qon bosimi, eritrotsitlarning hosil bo'lishi,qonning ivishini boshqarishda; 
8.fermentlar va boshqa fiziologik faol moddalarni sintezlab,qonga ajiralichida. 
Bu 
funksiyalar 
buyraklar 
tomonidan 
filtrlanish,reabsorbsiya 
(qayta 
so'rilish),sekretsiya moddalarni sintezlash jarayonlari asosida amalga oshadi. 
Nefron
-buyraklarning morfologik va funksional birligi 
Buyrak mikroskopda qaralganda ko'rinadigan asosiy tuzilma birligi 
nefron
deyiladi, u aso-san po'stloq qavatda joylashgan. har bir nefron qo'sh devorli tovoqcha 
shaklidagi kichik kapsu-la (Shumlanskiy-Boumen kapsulasi) dan boshlanadi.Bu 
kapsula ichida kapillarlar kalavasi (Mal-pigiy koptokchasi) bor.Malpigiy koptokchasi 
kapillarlarining endoteliy hujayralarida diametri 0,1 mk keladigan teshiklar bor. 
Shumlanskiy kapsulasi bo'shlig'idan avvalgi buralgan siydik kanalchasi-birinchi 
tartibdagi burma kanalcha boshlanadi.Bu qanalcha po'stloq va mag'iz qavatlari 
orasidagi chegaraga yet-gach torayadi va to'g'rilanadi. 
Kanalcha buyrakning mag'iz qavatida Genie qovuzlog'ini hosil qiladi va 


111 
buyrakning po'st-loq qavatiga qaytadi. Shunday qilib,Genie qovuzlog'i tushuvchi
yoki proksimal qism bilan ko'-tariluvchi, yoki distal qismdan iborat. 
Kanalcha buyrakning po'stloq qavatida yoki po'stloq bilan mag'iz qavati 
chegarasida yana burama shaklga kirib, ikkinchi tartibdagi burama kanalchani hosil 
qiladi.Bu kanalcha chiqaruv-chi yo'l-yig'uvchi naychaga quyiladi. Bunday yig'uvchi 
naychalarning bir qanchasi qo'shilib umumiy chiqaruvchi yo'llarni hosil qiladi, bu 
yo'llar buyrakning mag'iz qavatidan o’tib buyrak jomi bo'shlig'iga turtib chiqib 
turuvchi surg'ichlarning uchiga buzilishiga olib keladi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin