Текшириш керак 15.07.2010 -йил Siydik hosil bo'lish mexanizmi Siydik buyraklarda oqayotgan qon plazmasidan hosil bo'lib nefronning murakkab
faoliyati hisoblanadi.Hozirgi zamonda siydikning hosil bo'lish mexanizmlari
oxirgacha 'rganib chiqilmagan. Lekin bu jarayonning ikki davri: filtratsiya
(ultratfiltrasiya) va reabsorbsiya (qayta so'rilish) aniqlangan.Koptokchalardagi
flltratsiya
1844 yildayoq K.Ludvig o'z tadqiqotlariga asoslanib, siydik hosil bo'lish jarayoni
koptokchalarning kapillarlari devori orqali ro'y beradigan filtratsiyadan va
kanalchalarda ro'y beradigan reabsorbsiya (ya'ni qayta so'rilish)dan iborat deb faraz
qilgan. Keyinchalik A.Keshich bu taxminni rivojlantirib, siydik hosil bo'lishining
filtratsiya-reabsorbsiya
nazariyasini
ta'riflab
bergan.
Bu
nazariya
hozirgi
tasavvurlarga asos bo'ldi va ko'p eksperimentlarda tasdiqlandi.
Hozirgi nazariyalarga ko'ra, odam buyraklari qon tomirlari orqali bir daqiqada 1200
ml qon, ya'ni yurakning aortaga tashlaydigan qonning 20-25% i o'tadi. Odam
buyraklarining umumiy massasi 0 43% ni tashkil etib, buyraklar po'stlog'i qavati
orqali 91-93% qon o'tib, qolgan qismi esa uning mag'iz qavatidan o'tadi.
Qon plazmasidan Shumlanskiy-Boumen kapsulasiga suv va plazmada erigan barcha
moddalar
(yuqori
molckulali
birikmalardan
tashqari)
filtrlanib
o'tadi.
Koptokchalardagi filtratsiya endoteliydagi teshiklar, membrana va kapsulaning ichki
devoridagi epiteliy hujayralar orasidagi yoriqlar orqali ro'yobga chiqadi. Bu filtr
diametri taxminan 100 A° (angstrema) gacha bo'lgan molekulalarni o'tkazadi.
Molekulyar og'irligi 70 000 dan ortiq bo'lgan kattagina molekulalar bu filtrdan
o'tmaydi. Shuning uchun globulinlar (molekular og'irligi 160 000 dan ortiq) kabi
oqsillar filtratdan o'tmaydi. Molekular og'irligi uncha kata bo'lmagan ba'zi yot
oqsillar (tuxum oqsili, jelatina va boshqalar) buyrak filtridan o'tib, siydik bilan chiqib
ketadi. Qon plazmasining albuminlari (molekular og'irligi 70 000) filtratga juda oz
o'tadi.
Tomirlari ichida gemoliz bo'lgan eritrotsitlar, gemoglobin plazmaga chiqqanda uning
5% li filtratga o'tadi. Anorganik tuzlar va kichik molekulali organik birikmalar
(siydikchil, siydik kislotasi, glukoza, aniinokislotalar) koptokcha filtridan bemalol
o'tib, Shumlanskiy-Boumen kapsulasiga kiradi. Natijada koptokcha filtrat, ya'ni
birlamchi siydikda hosil bo'ladi.
Bu siydikning miqdori bir kecha-kunduzda 1-1,5 1 gacha yetadi. Filtratsiya
hajmining kattaligi buyraklarning qon bilan yaxshi ta'minlanishi, koptokcha
112
kapillarlarining maxsus tuzilganligi, filtratsion yuzasining kata ekanligi va ulardagi
qon bosimi yuqori ekanligidan bog'liq.