136
Odamda ko'zning
muayyan bir nuqsoni bor, bu ranglarni qisman yoki tamomila
sezmaydigan bo'lib qolishdir (rang ko'rlik). Bunday nuqson (daltonizm)
yoki rang
ajratolmaslik ham deyiladi. Bunday kasallikka uchragan kishi hyech qanday kasallik
belgisini sezmaydi. Uning ko'ziga hamma narsa faqat bir tusda - kul rang bo'lib"
ko'rinadi. Daltonizmni birinchi marta ingliz kimypgari Dalton aniqlagan, shuni uchun
bu kasallikka shunday nom berilgan.
Daltoniklar odatda qizil va yashil ranglarni ajratmaydilar. Daltonizm ancha tarqalgan
kasallikdir. Erkaklarning taxminan 8% va ayollarning 0,5% bu kasallikka mubtalodir.
Rang ajratolmaslikning ikki turi-protanopiya va deyteranopiya ko'proq uchraydi.
Aslida qizil rangni ajratolmaydigan kishilar - protanoplarni daltoniklar deb atashadi,
ularning nazarida spektr qizil tomondan qisqargan, to'lqin uzunligi 490 mmk bo'lgan
qismi (ko'k-havo rang nurlar) esa rangsiz tuyuladi.
Yashil rangni ajrata olmaydigan kishilar-deyteranoplar yashil ranglarni to'qqizil, kul
rang, sariq ranglarga aralashtirib yuborishadi; havo rangni binafsha rangdan ajratisha
olmaydi. Ularning nazarida spektr qisqargan emas, balki
rangsiz nuqta spektrning
qizil tomoniga yaqin bo'ladi (500 mmk ga yaqin).
Binafsha rangni ajrata olmaydigan kishilar-tritanoplarga spektr binafsha tomonidan
qisqargan tuyuladi. Lekin tritanopiya kam uchraydi.
Tamomila rang
ajrata olmaslik ham uchraydi, bunda narsalar xuddi rangsiz rasmga
o'xshaydi. E.Gering nazariyasi daltonizmni to'r pardada tegishli modda yo'qligi'bilan
izohlaydi, ammo uning turlari - protanopiya va deyteranopiyani
tushuntirib bera
olmaydi. Yung-Gelmgols nazariyasiga muoffiq, rang ko'rlik
hodisalari qizil, yashil
yoki binafsha rangga reaksiya ko'rsatadigan tegishli elementlar to'r pardada yo'qligi
bilan izohlanadi.
Dostları ilə paylaş: