E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Ranglarni sezish 
Yorug'lik nuri prizmadan o'tib parchalanganda bir nccha rangga bo'linadi. Bu ranglar 
muayyan tartib bilan joylashadi. Turli ranglarning shu tariqa joylashuvi va ularning 
qo'shni rangga o'tishi yorug'lik spektri deb ataladi. Turli narsalardan qaytadigan, 
to'lqin uzunligi 400 dan 800 mmk gacha bo'lgan yorug'lik nurlarini odam ko'radi. 
To'lqin uzunligi har xil bo'lgan nurlar har xil rangli nurlar deb idrok qilinadi. To'lqin 
uzunligi 800 mmk dan ortiq (infraqizil) va 400 mmk dan kam (ultrabinafsha) nurlar 
ko'zga ko'rinmaydi. 
Ranglarni turli usullar bilan, masalan aylanuvchi doira (Maksvell diski) yordamida 
aralashtirish mumkin. Doiraga rang-barang qog'ozchalar shunday yopishtiriladiki, har 
bir rang istagan miqdordagi sektorni egallaydi. Doira yetarli tezlik bilan 
aylantirilganda qandaydir bir rangga tekis bo'yalganday tuyuladi. Shunday doiraga 
spektrning barcha ranglari surilsa, doira aylantirilganda kul rang bo'lib ko'rinadi 
(bo'yoqlar odatda bir qadar iflos bo'lgani uchun oq ko'rinmaydi, kul rang bo'lib 
tuyuladi). Spektrdagi barcha ranglarning yig'indisi bo'yoqsiz sezgisini beradi. 
Bo'yoqsiz sezgisini hosil qilmoq uchun spektrning barcha ranglarini qo'shishning 
hojati yo'q; ko'rsatilgan ranglardan istagan bir juftini olish kifoya: 1) qizil, yashil va 
binafsha; 2) sarg'ish va havo rang; 3) sariq va ko'k; 4) sariq, yashil va binafsha; 5) 
yashil va qizil. 
Shu ranglardan har bir jufti aralashtiri'ganda oq yoki kul rang bo'lib ko'rinadi. Shu 
sababli ular bir-birini to'ldiruvchi ranglar deb aytiladi. 
Ma'lumki, spektrdagi 8 rangning o'rtasida juda ko'p oraliq ranglar bor. Bizning 
ko'zimiz 200 ga yaqin oraliq rangni ajratadi. 
To'r pardaning rang sezuvchi hujayralari kolbachalardir. Tayoqchalar esa narsaning 
rangini sezmaydi. Shuning uchun ham kechasi, faqat tayoqchalar yordami bilan 
ko'rganimizda hamma narsalar bir xilda kul rang bo'lib ko'rinadi. 
Rang sezish haqida turli-tuman nazariyalar mavjud. Uch komponentli nazariya 
umumiy qabul qilingan nazariya hisoblanadi. Bu nazariyaga ko'ra, to'r pardada rangni 
sezadigan uch xil kolbachalar bor. Kolbachalarda maxsus kimyoviy modda bo'ladi. 
Ba'zi kolbachalarda qizil rangni sezadigan modda, ikkinchi xil kolbalarda yashil 
rangni sezadigan modda, uchinchi xil kolbachalarda binafsha rangni sezadigan modda 
bor. Bu nazariyani avval M.V.Lomonosov, keyinchalik T.Yung va G.Gelmgols 
ta'riflab bergan edi. liar bir rang kolbachalardagi rang sezuvchi elementlarning uchala 
turiga U'Hicha ta'sir ko'rsatadi. Rang sezuvchi moddalarning parchalanishi 
natijasida asab oxiri ta'sirlanadi. Miya po'stlog'iga yetib borgan 
qo'zg'alishlar bir-biriga qo'shilib, ma'lum bir rang sezgisini beradi. 
Shunday qilib, uchta asosiy rangga yarasha uch xil kolbacha hujayralar bor. 
Hujayralarning har bir turida shu ranglarning bittasini juda ham sezadigan modda 
bo'ladi. To'r pardaning reaksiya ko'rsatuvchi bunday elementlari dominantlar deb 
ataladi. To'r pardaning boshqa ganglionar hujayralarida esa to'lg'in uzunligi faqat 
muayyan miqdorda bo'lgan nurlar tushurilgandagina impulslar kelib chiqadi. To'r 
pardaning modulatorlar degan elementlari shunday reaksiya ko'rsatadi. R.Granitning 
fikricha, to'lg'in uzunligi har xil (400 dan 600 mmk gacha) bo'lgan nurlarga reaksiya 
ko'rsatuvchi 7 modulyator bor. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin