E nuritdinov odam fiziologiyasi


Eritrotsitlarning cho'kish tezligi (ECHT)



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

 
Eritrotsitlarning cho'kish tezligi (ECHT)
Bu hodisani tekshirish uchun qonga antikoagulyantlar (ivishning oldini oladigan 
moddalar)-natriy sitrat aralashtirib, millimetrlarga bo'lingan shisha kapillar naychaga 
olinadi, Muayyan vaqt ichida hosil bo'lgan yuqorigi tiniq qavaming balandligi 
hisoblanadi. Me'yorda eritrotsitlarning cho'kish tezligi erkaklarda soatiga 5-9 mm ga, 
ayollarda soatiga 8-10 mm ga teng. Yangi tug'ilgan bolalarda ECHT soatiga atigi 0,5 
mm ni tashkil etadi. Homilador ayollarda, sil bilan og'rigan kasallarda, 
yallig'lanish 
jarayonlarida 
va 
organizm 
holatining 
boshqa 
ba'zi 
bir 
o'zgarishlarida globulinlar va fibrinogen miqdorining oshishi sababli ECHT ham 
oshadi. Bu ko'rsatkich og'ir jismoniy mashqlar vaqtida, ayniqsa homiladorlik 
davrida 20-45 mm/soatni tashkil qiladi. 
Leykotsitlar
Leykotsitlar, yoki oq qon tanachalari yadroli va sitoplazmali rangsiz hujayralar 
bo'lib, qizil ko'mUcda, limfa tugunlarida va taloqda hosil bo'ladi. 
Odamning 1 mm
3
qonida 6000-8000 leykotsitlar bo'ladi, ya'ni eritrotsitlarga 
qaraganda ,600-800 baravar kamroq. Ularning miqdori kun 
bo'yi o'zgarib turadi. Ovqat yegandan keyin jismoniy ish vaqtida, shuningdek


20 
ba'zi bir kasalliklarda leykotsitlar miqdori ancha oshib ketadi. Ularning ko'payib 
ketishi 
leykotsttoz, 
kamayib qolishi esa 
leykopeniya 
deb ataladi (12-
rasm).Leykositoz bir qancha patologik jarayonlar (yallig'lanish) uchun xarakterli
biroq sog'lom odamlarda (ovqat hazm qilishday sport bilan shug'ullanishda, 
jismoniy mehnatda, og'riq, kuchayganda, kuchli hissiyotlarda) ham kuzatiladi. 
Masalan, qiyin imtihonlar paytida talabalardagi leykotsitlar 11000 tagacha yetgani 
qayd qilingan. 
Leykotsitlar organizmdagi himoya va tiklanish jarayonlarida muhim rol o'ynaydi, 
Ularning asosiy vazifalari: fagositoz (grekcha «fageo»-yemoq demakdir), antitelalar 
ishlash (organizm uchun yot bo'lgan oqsil moddalarini sun'iy ravishda yuborish yo'li 
bilan qonda tegishli mikroblar va oqsil tanachalarini zararlantirish va parchalash 
qobiliyatiga ega bo'lgan moddalar paydo qilish), oqsil tabiatli toksinlarni parchalash 
va chiqarib tashlashdir (13-rasm). 
Leykotsitlar ikkita katta guruhga bo'linadi: 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin