E nuritdinov odam fiziologiyasi


Upka va to’qimalarda gaz almashinuvi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Upka va to’qimalarda gaz almashinuvi. 
Upkada gaz almashinuvi.
O'pkada gazlarning havodan qonga o'tishi va aksincha, 
qondan atmosfera havosiga o'tishi yuqorida bayon qilingan fizik qonunlarga 
bo'ysunadi. Ammo o'pkaning bir qancha xususiyatlari bor. O'pkaga keluvchi venoz 
qonda karbonat angidrid tarangligi yuqori, kislorod tarangligi esa uning alveolyar 
havodagi bosimidan past. Shuning uchun qon o'pka kapillarlaridan o'tayotganida 
karbonat angidrid ajratadi va kislorod yutadi. 
Alvelolalar sonining juda ko'pligi (odamda 750 mln. ga yetadi) va yuzasi katta 
ekanligi (nafas olish paytida 100 m2 ni, nafas chiqarish paytida esa 30 m2 ni tashkil 
qiladi) alveolyar havo bilan qon o'rtasida gaz almashinuviga yordam beradi. 
Qonni alveolyar havodan ajratib turuvchi membrananing qalinligi atigi 0-004 mm ni 
tashkil etadi va ikki qavat hujaraylardan kapillarlar endoteliysining hujayralaridan va 
gazlarni bemalol o'tkazuvchi alveolalar epiteliysining hujayralaridan iborat. 
Gazlarning yaxshiroq va tezroq o'tishi uchun sharoit bo'lgandagina, o'pka 
kapillarlaridan qon qisqa muddatda o'tganida alveolalardagi havo bilan qon o'rtasida 
gazlar to'la almashinib turadi. 
O'pkada gazlar alveolalardagi havo bilan qon o'rtasida almashinadi. O'pkada gazlar 
tomomila normal ravishda almashinishi mumkin, chunki qondagi gazlar bosimi bilan 
havodagi gazlarning parsial bosimi o'rtasida yetarlicha farq bor. Bu farq quyidagi 
jadvaldan ko'rinib turibdi (10-jadval). 
Nafasga olinadigan havodagi va alveololar havosidagi kislorod, karbonat angidridi va 
azotning parsial bosimi, shuningdek ularning qondagi bosimi. 
Kislorod alveolalar havosidan qonga, karbonat angidrid esa qondan alveolalar 
havosiga diffuziya yo'li bilan o'tadi. Diffuziyaning kelib chiqishiga sabab shuki
alveolalar havosidagi kislorodning parsial bosimi simob ustuni hisobi bilan 110 mm, 
venoz qondagi kislorodning bosimi esa -40 mm. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin