74
me'da osti bezi, jigar va h.z) me'da ichak yo'li tushunchasi bilan ifodalanadi.
Me'da - ichak yo'li funksiyalari hazm tizimi faoliyatining
eng oxirgi jarayonlarini
ro'yobga chiqarishga qaratilgan. Ovqat moddalarining gidrolizi
-oqsillar,
karbonsuvlar
va
yog'larni
monomerlar
darajasiga,
ya'ni
aminokislotalar,
monosaxaridlar, monoglitseridlar, glitserin va yog' kislotasigacha parchalanib, ularni
hazm yo'lidan organizmning ichki muhiti (to'qimalar va hujayralar) gacha yetkazib
berishdan iborat. Ovqatning hazm bo'lishi, oxirgi mahsulotlargacha
parchalanishi
fizik-kimyoviy o'zgarishlar tufayli yuzaga chiqadi va shu bilan birga u ovqatni to'liq
hazm qilish va so'rilish ma'nosini ifodalaydi. Bu o'zgarishlar me'da-ichak yo'lining
sekretor va motor funksiyalari orqali amalga oshiriladi.
Me'da-ichak yo'lining sekretor hujayralari oqsillar, karbonsuvlar va nuklein
kislotalarni gidrolitik parchalanadigan fermentlarni ishlab chiqaradi.
Ovqat
moddalarining gidrolizi me'da-ichak bo'shlig'ida boshlanib, ichaklar hujayralarining
membranalarida, ya'ni hazm va so'rilish jarayonlari sodir bo'ladigan joyga tugaydi.
Ovqatni me'da-ichak yo'lida harakatlanishi, uning aralashishi, gidrolitik fermentlarga
duch kelishi va organizmdan chiqib ketishi (ekskretsiyasi)
hazm nayining motor
(harakatlantiruvchi) funksiyasi tufayli amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: