E nuritdinov odam fiziologiyasi


Ovqatning og'izda hazm bo'lishi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Ovqatning og'izda hazm bo'lishi 
Ovqat hazm qilish a'zolariga: og'iz bo'shlig'i va undagi a'zolar tomoq-halqum
qizilo'ngach, me'da, ichaklar, jigar, me'da osti bezi va ovqat hazm qilish kanalidagi 
boshqa ko'p mayda bezlar kiradi. (46-rasm) 
Ovqat hazm qilish yo'li - ichki epiteliy, o'rta-mushak, tashqi-seroz qavatdan tuzilgan. 
Odamning hazm qilish tizimida maxsus sekret ishlab chiqaruvchi bezlar to'plangan 
holda joylashgan. Bu bezlarning ko'pchiligi ovqat hazm qilish nayining ichki, ya'ni 
shilliq qavatida joylashgan. Odam va yuksak rivojlangan hayvonlarda shilliq 
qavatidagi bezlar bilan birga bir nechta yirik bez ham paydo bo'ladi. Jigar va me'da 
osti bezlari ana shunday yirik ovqat hazm qilish bezlari jumlasiga kiradi. 
Ovqat hazm tizimining birinchi qismi - og'izda ovqat maydalanadi, so'lak bilan 
ho'llanadi va ovqat lo'qmasi shaklida shakllanadi. Ovqat odamning og'iz bo'shlig'ida 
qariyb 8-15 soniya turadi, so'ng yutiladi, ya'ni til mushaklarining qisqarishi natijasida 
halqum va qizilo'ngachga itariladi. 
Og'izga kirgan ovqat tarn bilish, taktil, harorat retseptorlarining ta'sirlovchisidir. Ta'm 
bilish retseptori tilning shilliq pardasida joylashgan taktil, harorat, shuningdek og'riq 
sezish retseptorlari og'iz bo'shlig'ining shilliq pardasiga yoyilgan. Bu retseptorlardan 
keluvchi asab impulslari uchlik asab, yuz va til-halqum asablarining markazga 
intiluvchi tolalari orqali asab markazlariga boradi. Natijada so'lak, me'da va me'da 
osti bezlarining sekretsiyasi refleks yo'li bilan qo'zg'alib, chaynash va yutish harakat 
jarayonlari yuzaga keladi. 
Ovqat og'izda juda oz vaqt tursa ham, lekin ovqatning og'izga tushishi va bu bilan 
bog'liq bo'lgan boshqa bir qancha hodisalar (ovqatning hidi, mazasi, tildagi asab 
uchlarining qitiqlanishi va boshqalar) ovqatning keyinchalik hazm bo'lishida juda 
katta ahamiyatga ega. 
Chaynash. 


77 
Ovqatni chaynash ham murakkab reflektor mexanizmdan iborat bo'lib, ovqat 
bo'lakchaJari jag'laming harakati natijasida ovqat eziladi. Ovqat qancha ko'p ezilsa, 
b'shancha oson hazm bo'ladi, chunki ezilgan ovqatning ichiga so'lak ko'p miqdorda 
kiradi. Chaynashning ahamiyati ovqatrii mexanik ishlash va maydalashdan iborat. 
Ayni vaqtda ovqat so'lak bilan ho'llanib, yumshab, yutish uchuri qulay holga keladi. 
So'lak bezlari 
Og'iz bo'shlig'ida uch juft yirik so'lak bezi; quloq oldi (I), jag' osti (II) va til osti (III) 
bezlari, shuningdek til yuzasida va tanglay bilan yuzning shilliq pardalarida 
joylashgan ko'pincha mayda bezlarning yo'llari og'iz bo'shlig'iga ochiladi (51-rasm). 
So'lak bezlarida ip singari cho'ziluvchi yopishqoq sekret chiqaruvchi shilimshik 
hujayralar va so'lak deb ataluvchi suvday suyuq sekret chiqaruvchi seroz hujayralar 
bor. 
Quloq oldi bezi va tilning yon yuzalaridagi bezlar seroz hujayralardan tashkil topgan. 
Shilimshiq hujayralardan tuzilgan bezlar - shilliq bezlar til ildizida, qattiq va 
yumshoq tanglayda bo'ladi. Seroz va shilliq hujayralardan tashqari so'lak bezlarida 
sekretor hujayralarning ostida joylashgan mioepitelial hujayralar ham bor. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin