75
degan ma'lumotlar ham yo'q emas.
, ,
Diffuzion endokrin tizimi. Me'da-ichak yo'lida neyronlar to'ridan tashqari yana
endokrin hujayralari borligi aniqlangan. Ular me'da-ichakning shilliq pardasida va
me'da
osti bezida joylashib, monoaminlar va peptid... tabiatli moddalarga boy.
Endokrin hujayralarning me'da-ichak yo'llari bo'ylab tarqalganligi sababli ularning
yig'indisini difiuzion endokrin tizim deyiladi. Shu hujayralarga o'xshagan elementlar
o'pkada, terida, qalqonsimon bezda, gipofizda, buyrak usti bezining mag'iz qavatida,
simpatik tugunlarda ham topilgan. Biroq, hujayralarning miqdori va ularning
tarqalganligi bo'yicha me'da-ichak tizimi birinchi o'rinda turadi.
Bunday hujayralarning asosiy tiplari va ularning peptidlari .quykla keltirilgan.
Ularning bir xili yulduzchalar bilan belgilangan, qaysiki peptidlarga o'xshaydi va
enteral asab tizimi tarkibiga kiradi. Ba'zi hujayralarda (EC,, EC2) peptidlardan
tashqari serotonin ham topilgan. Me'daning shilliq pardasidagi ba'zi hujayralarida
gistamin ham bor.
Me'da-ichak yo'li bo'shlig'ida joylashgan endokrin
hujayralardan mexanik yoki
kimyoviy ta'sirlanish natijasida hamda asosiy boshqaruvchi neyropeptidlarning ta'siri
ostida gastrointestinal gormonlar ajralib chiqadi. Bunday ta'sirlanish ikki yo'l bilan:
endokrin va parakrin yo'llari orqali amalga oshadi. Endokrin yo'li bilan fiziologik faol
modda hujayradan chiqib qon kapillarlariga tushadi, jigarning portal (darvoza) tizimi,
kichik qon aylanish doirasi, keyinchalik katta qon aylanish doirasidan o'tib, katta
arterial qon orqali nishon-hujayraga ta'sir etadi. Parakrin yo'li bilan hujayralararo
bo'shlig'ida ajralgan modda qon aylanish tizimiga tushmasdan bevosita yonida yotgan
nishon-hujayraga ta'sir etadi. Me'da-ichak funksiyalarini boshqarilishida E va F
guruhdagi prostoglandinlar muhim ahamiyatga ega.
Ovqatning fizikaviy o'zgarishlari
uning mexanik ishlanishi, maydalanishi,
aralashishi va eruvchanligi oshishidan iborat.
Kimyoviy o'zgarishlari
deganda esa oqsillar, yog'lar va karbonsuvlarning gidroliz
yo'li bilan parchalanishi bunda yuz beradigan ketma-ket bir qancha bosqichlar
tushuniladi. Ovqatning kimyoviy o'zgarishlari qator gidrolitik fermentlar ta'sirida ro'y
beradi. Bu fermentlar uch guruhga bo'linadi: 1) oqsillarni parchalaydigan fermentlar
proteazalar; 2) yog'larni parchalaydigan fermentlar lipazalar; 3) uglevodlarni
parchalaydigan fermentlar - karbogidrolazalar.
Fermentlar hazm bezlarining sekretor hujayralarida hosil bo'lib, so'lak, me'da, me'da
osti bezi va ichak shiralari tarkibida hazm yo'llariga kiradi. Ovqat moddalarining har
bir turiga turli fermentlar ketma-ket (ba'zilari oldin, ba'zilari keyin) ta'sir etadi,
natijada oziqa moddalar ma'lum ketma-ketlikda tobora oddiy kimyoviy
birikmalargacha parchalana boradi. Shunday qilib, organizmning tirikligi uchun zarur
bo'lgan barcha oddiy moddalar tashqi muhitda
murakkab birikmalar - oqsil, yog' va
karbonsuvlar shaklida uchraydi. Bu moddalar hazm tizimiga tushib, murakkab hazm
jarayonlarida parchalanadi va keyinchalik qonga so'riladi. Ovqat moddalarining
organizmga muntazam kirib turishi, o'zgarishi va o'zlashtirilishi organizm
tuzilmalarini va ularning tiriklik faoliyatini bir butun qilib turishga imkon beradi.
Ovqat moddalari organizmga so'rilgandan keyin hujayralar va to'qimalarning tuzilishi
va energiya berish uchun sarf etiladi. Oqsillarning parchalanish mahsulotlari
(aminokislotalar va past molekulali peptidlar), yog'larning parchalanish mahsulotlari
(diglitseridlar va monoglitseridlar,
glitserin, yog' kislotalar) va karbonsuvlarning
76
parchalanish mahsulotlari (poll - va monosaxaridlar,dekstrina, disaxaridlar va
monosaxaridlar) shunday moddalar jumlasiga kiradi. Faqat suv, mineral tuzlar va
ovqatdagi ba'zi organik birikmalar o'zgarmasdan qonga so'riladi.
Barcha tirik organizmlar moddalar
almashinuvining turiga qarab, ikki guruhga -
avtotrof va geterotrof organizmlarga bo'linadi. Agar avtotrof organizmlarga ko'pincha
o'simliklar kirsa, geterotrof organizmlarga hayvonlar kiradi. Hayvonlar ovqatlanishi
uchun zarur bo'lgan organik moddalardan - oqsil, yog' va karbonsuvlarni tayyor holda
tashqi muhitdan oladi. Hayvon va odam organizmida bu murakkab organik moddalar
hazm jarayoni orqali oddiy organik moddalarga aylanadi, ulardan keyinchalik
organizmning o'ziga xos bo'lgan murakkab organik moddalar hosil bo'ladi.
Hazm a'zolari sekretor funksiya bilan bir qatorda ekskretor funksiyasini ham o'taydi,
ya'ni modda almashinuvining ba'zi mahsulotlari (masalan, o't pigmentlari) ni va og'ir
metallarning tuzlarini organizmdan chiqarib tashlaydi. Rus olimi I.P.Rozenkov
fikricha, hazm a'zolarining ekskretor funksiyasi yana shu yo'sinda namoyon bo'ladiki,
bu tizimda picha miqdorda oqsillar ishlab chiqariladi,
ular keyinchalik
aminokislotalargacha parchalanadi va bu aminokislotlar esa qonga so'rilib, tegishli
hujayralarda boshqa oqsillarning sintezlanishida ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: