84
sekretsiyasi va undagi bikarbonatlarning miqdori oshadi.
Xolerez jarayoni uchun
ichakdan qonga so'riladigan o't kislotalarning ahamiyati juda katta, ular o't va undagi
organik moddalarning miqdorini ko'payishiga sababchi bo'ladi.
O't hosil bo'lishini qo'zg'atuvchi gumoral ta'sirlovchilar orasida o'tning o'zi alohida
o'rin tutadi. Qonga o't yuborilganda jigar hujayralarining sekrelor ishi kuchayadi,
natijada ular qonga kiritilganiga qaragartda ko'proq o't chiqaradi. Ba'zi
moddalar
gumoral yo'l bilan ta'sir etib, jigar hujayralarida o't hosil bo'lishini qo'zg'aydi. Gastrin,
sekretin va go'sht ekstraktlari shunday gumoral moddalardan hisoblanadi. Bu
moddalarning hammasi sekretor hujayralarga bevosita ta'sir etib, o't-safrohosil
bo'lishini qo'zg'aydi. O't asab impulslarining ta'sirida refleks yo'li bilan ham hosil
bo'ladi. Adashgan va o'ng diafragmal asablar qo'zg'alishi natijasida o'tning jigar
hujayralaridan
chiqishi kuchayadi, simpatik asablar esa, aksincha, o't sekretsiyasiga
tormozlanuvchi natija beradi. Bu murakkab jarayonga reflektor yo'li bilan ham ta'sir
yetkazish mumkin. Masalan, me'da, ingichka va yo'g'on ichaklarning retseptorlaridan
(intero retseptorlardan) keladigan asab impulslari ham o't chiqarish jarayoniga o'z
ta'sirini yetkazadi.
Bosh miya yarim sharlari po'stlog'i o'tning hosil bo'lishiga
va ajralib chiqishiga
ishtirok etib, jigarning fiziologik holati va organizm tomonidan iste'mol qilingan
ovqatning turiga qarab o't chiqarishi jarayonini boshqaradi.
Iste'mol qilingan ovqat turiga qarab, o'tning miqdori va tarkibi turlicha bo'ladi. Sut,
go'sht va non kuchli o't chiqaruvchi omillarga kiradi. Tekshirishlar shuni ko'rsatadiki,
go'sht yeyilganda o'tning ishlab chiqarish davomiyligi 7
soatga teng, nonda 10 soat va
sutda 9 soat. O't go'sht ya sutga ko'p miqdorda sekretsiyalanadi, nonda esa kam.
Dostları ilə paylaş: