E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Chanqov 
Chanqov sezgisi uchun fiziologik reaksiya - suv ichishdir. Organizmga suv yetarli 
kirmaganda yoki mineral tuzlar ortiqcha kirganda (masalan, sho'r ovqat yeyilganda) 
yoki ko'p suv yo'qotilganda (ko'p terlash, siydik haydovchilar ta'sirida) chanqov 
paydo bo'ladi. Chanqov sezgisi organizmda suv balansini va elektrolitlar 
muvozanatini doim bir darajada saqlab turishga yordam beradi. 
Zamonaviy nazariyalarning biriga ko'ra, chanqov umumiy his hisobalanadi. Uning 
kelib chiqish mexanizmini organizmda suv kamayganda osmotik bosimning 
ko'tarilishiga sezgir bo'lgan maxsus retseptorlarning qo'zg'alishi bilan tushuntirish 
mumkin. Osmoretseptor hujayralar deb ataluvchi bunday retseptorlar, jumladan, 
gipotalamusda topilgan. 
Bu nuqtayi nazardan chanqov vaqtida doim og'iz va halqum qurish sezgisi ikkilamchi 
hodisadir. Og'iz va halqumni suv bilan chayish chanqov sezgisini kamaytiradi-yu, 
yo'qotmaydi. Qonga gipotonik eritma yoki to'g'ri ichakka suv kiritilgandagina 
chanqov sezgisi yo'qolishi mumkin. Odam bir talay suv yo'qotganda, masalan, 
haddan tashqari ko'p suv ajralganda (vaboda) shunday hodisa kuzatilgan. 
Ezofagotomiya qilingan it ustida o'tkazilgan kuzatishni chanqov umumiy his degan 
farazga dalil qilib keltirish mumkin. Bunday it uzoq vaqt suv ichishi mumkin, lekin 
bu suv qizilo'ngachning qirqilgan joyidan tashqariga chiqib ketadi va organizmga 
kirmaydi. Bunda chanqov bosilmaydi, albatta. Me'daga ozroq kiritilsa, hayvonning 
chanqovi bosiladi (N.l.Juravlev, B.G.G'afurov). 
B.G.G'afurovning fikricha, bosh miyada ovqat markaziga o'xshash «ichish markazi» 
bor. Chanqov paydo bo'lishi gipotalamusning lateral va ventromedial funksiyalariga 
hamda bosh miya yarim sharlar po'stlog'ining 4, 6, 8, 9, 10, 11, 12 maydonlari 
faoliyatiga bog'liq. 
Shunday qilib, to'qimalarda suv kamayganda paydo bo'luvchi va suv ichishga hamda 
gomeostazning tiklanishiga olib keluvchi sezgi chanqov deb ataladi. U Kennon 
chanqov sezishni so'lak sekretsiyasining kamayishiga, shuning natijasida og'iz va 
halqumning qurishiga bog'laydi. Ajralgan so'lak miqdori esa organizmdagi suv 
kamayganda so'lak sekretsiyasi ham kamayadi. So'lak sekretsiyasi 20% kamayganda 
chanqov sezgisi paydo bo'ladi, sekretsiya 50% kamayganda esa chanqov chidab 
bo'lmaydigan darajaga yetadi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin