82
bo'lib qolda. Kislota o'n ikki barmoq ichak shilliq pardasiga ta'sir
etib pilorus
mushaklarining refleks yo'li bilan qisqarishga ya'ni sfinkterning berkilishiga sabab
bo'ladi. Demak, ovqatning me'dadan o'n ikki barmoq ichakka o'tishini to'xtatadi.
Ajralib chiqqan shiralar (me'da
osti bezining shirasi, ichak shirasi va o't) ta'sirida
kislota neytrallanadi va ichak muhiti reaksiyasi yana ishqoriy bo'lib qoladi, shundan
keyin butun jarayon takrorlanadi. Ichakda ovqat hazm bo'lishi anchagina uzoq davom
etgandan so'ng ishqoriy reaksiya vujudga keladi, shuning uchun me'dadan chiakka
o'tgan ovqat yetarlicha ishlanganidan keyin ovqatning yangi porsiyasi o'tadi.
O'n ikki barmoq ichakka xlorid kislota o'tgandan pilorusdan
chiqish teshigining
berkilishi berkituvchi pilorik refleks deb ataladi. O'n ikki barmoq ichakka yog'
kiritilganda ham berkituvchi refleksning paydo bo'lishi kuzatiladi. Yog'li ovqat
ta'sirida pilorus sfinkteri berkilishini sababi bunday ovqatning me'dada
uzoq turib
qolishi tufayli ekanligi o'z isbotini topadi.
Ovqatning ichakka o'tishida quyidagi omillarning ahamiyati bor:
me'dadagi ovqatning tabiati (kopsistensiyasi);
osmotik bosimi;
o'n
ikki
barmoq
ichakning
nechog'lik
to'lganlik
darajasi.
Me'dadagi ovqat suyuq yoki yarim suyuq bo'lgandagina ichakka
o'tadi.
Me'dadan ovqatning evakuatsiya qilinishini asab tizimi va gumoral ta'sirlar boshqarib
turadi. Yog' va yog' kislotalari ta'sirida ichak shilliq pardasiga
enterogastron hosil
bo'lishi sababli me'da harakati va undan ovqatning evakuasiya qilinishi tormozlanishi
me'daning ovqatdan bo'shashi gumoral ta'sirlar bilan boshqarilishini isbot etadi.
Dostları ilə paylaş: