E nuritdinov odam fiziologiyasi


Ovqatning me'dada hazm bo'lishi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Ovqatning me'dada hazm bo'lishi 
Ovqat qizilo'ngachdan me'daga tushadi (53-rasm). Me'daga tushgan ovqat u yerdagi 
bezlardan chiqadigan shiralar ta'sirida parchalanadi. Ovqatning sifatiga qarab, u 
me'dada 4 soatdan 10 soatgacha turishi mumkin. Me'da «ovqat deposi» funksiyasini 
bajaradi, u yeyilgan ovqatning katta hajmini saqlab turadi. Ovqat me'dada aralashib, 
uning ichiga me'da shirasi singib kiradi, ovqatning tarkibiy qismlari, ayniqsa, oqsillar 
me'da shirasining fermentlari ta'sirida kimyoviy o'zgarishlarga duch keladi.Me'da 
ovqat hazm qilish a'zolarining eng keng qismi bo'lib, qorin bo'o'shlig'ining chap 
tomonida, diafragma ostida yotadi. Me'daning qizilo'ngach bilan qo'shiladigan yeri 
kirish qismi (pars cardial), kengaygan qismi - tubi (fundus), tanasi (corpus) va chiqish 
qismi (pylorus)dan iborat. Me'da bezlari uning tubi, tanasi va pilorik qismidagi shilliq 
pardada joylashgan. 
Me'daning fundal qismidagi bezlar asosiy, qo'shimcha va qoplovchi hujayralardan 
tashkil topgan. Qo'shimcha hujayralar mukoid sekret chiqaradi; asosiy hujayralarda 
me'da shirasining fermentlari hosil bo'ladi; qoplovchi hujayralar me'da shirasidagi 
xlorid kislotani chiqaradi. Pilorik qismidagi bezlar faqat asosiy va qo'shimcha 
hujayralardan iborat bo'lib, qoplovchi hujayralari yo'q, shuning uchun pilorik 
qismidagi bezlardan chiqadigan shirada xlorid kislota bo'lmaydi. 
Me'da shirasining tarkibi va xossalari 
Bir kunda katta kishilar me'dasidan chiqadigan shiraning miqdori 2,0-3,0 1 ni tashkil 


80 
qiladi. Odam me'dasining toza shirasi tiniq, rangsiz, kislota reaksiyali suyuqlikdir. 
Kislota reaksiyasi uning tarkibida xlorid kislota borligiga bog'liq. Odamning me'da 
shirasida 0,4-0,5% HC1 bor, toza^ shiraning pH 1,5-1,8 ga teng. Me'dada ovqat 
turganda me'da suyuqligidagi HC1 konsentratsiyasi biroz past, ya'ni pH 1,5-2,5 ga 
teng bo'ladi. 
I.P.Pavlovning fikricha, normal sharoitda me'da bezlaridan ishlanib chiqadigan 
kislota konsentratsiyasining pasayishiga o'n ikki barmoqli ichakdan kiradigan 
ishqoriy shira va me'daning o'zida ishlanib chiqadiganbilan me'daning sekretor 
hujayralariga ta'sir etadi. Gistamin esa me'daning shilliq qavatida hosil bo'lib, 
me'daning sekretor hujayralariga parakrin yo'li bilan va N2 - gistamin retseptorlari 
orqali ta'sir etadi. 
Me'da 
bezlari 
sekretsiyasining 
kimyoviy 
qo'zg'atuvchilaridan 
yana 
bir 
guruhi 
oqsillarning gidroliz mahsulotlari 
polipeptidlar va 
aminokislotalar hisoblanadi. Bu ta'sirlovchilar ham gastrin sekretsiyasini 
qo'zg'atuvchi omillar hisobiga kiradi. Gastrin ishlab chiqaradigan hujayralarda me'da 
bo'shlig'iga qaratilgan mikrovorsinkalar mavjud bo'lib, ular yordamida bu hujayralar 
kimyoviy qitiqlagichlar ta'sirini qabul qilishadi. Gastrin me'daning qoplovchi 
hujayralari faoliyatini kuchaytirib xlorid kislotani ishlab chiqarishga ishtirok etadi, 
Lekin me'da shirasining muhiti faqat - pH 3,0 dan pastroq bo'lganida gastrinning 
sekretsiya tizimida manfiy qaytarma aloqa borligidan dalolat beradi. 
Me'da shirasida me'da sekretsiyasini tormozlanuvchi somatostatin peptidi borligi 
haqida ham ma'lumotlar bor. Me'da sekretsiyasining ichakka taalluqli fazasida o'n 
ikki barmoq ichakning shilliq qavatidan ishlab chiqadigan sekretin HC1 
sekretsiyasiga tormozlovchi ta'sir yetkazadi, lekin pepsinogen sekretsiyasini 
qo'zg'atadi. Me'da shirasi sekretsiyasiga tormozlovchi ta'sir yetkazadigan yana bir 
omil - yog'dir. Yog'ning bunday tormozlovchi samarasi me'da bezlari faoliyatiga 
xolesistokinin va gastroingibitor peptidlarining ta'siri orqali amalga oshiriladi degan 
taxminlar bor. 
Me'da sekretsiyasiga ta'sir qiluvchi omillardan yana biri - emotsiya va stress 
hisoblanadi. Bu vaqtda adrenergik ta'siri yaqqol kuzatiladi, chunki simpatoadrenal 
tizimining faollanishi xlorid kislota sekretsiyasiga tormozlovchi ta'sir baxsh etadi. 
Shuningdek, emotsional hayajonlanish (qo'rquv, g'am-g'ussa) me'dada shira ishlab 
chiqarishini pasaytirsa, achchiqlanish, qahru-g'azab, qattiq asabiylik, aksincha, me'da 
sekretsiyasini kuchaytiradi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin