78
hayvonlarda esa (masalan, ot, sigir) bir kunda 46-60 1 gacha so'lak ishlab chiqariladi.
So'lak bezlarining innervatsiyasi.
So'lak chiqadigan qitiqlagich ovqat bo'lib, bu ta'sir natijasida tez so'lak ajralib
chiqadi. Qitiqlagich ta'sir etishi bilan so'lak chiqquncha bo'lgan vaqt yashirin yoki
latent davr deyiladi. Bu vaqt 2-3 soniyani tashkil etadi.
So'lakning tarkibi og'izga tushadigan moddalarning fizik va kimyoviy xususiyatlariga
qarab har xil bo'ladi. Quruq ovqatlarga so'lak ko'p ajraladi. Shuningdek kislota va
ishqoriy reaksiyali ovqat moddalariga ham ko'p miqdorda va suyuq so'lak chiqadi
Bundan ma'lumki, so'lak bezlarining ishi ovqat turiga qarab o'zgarib turadi.
So'lak chiqishi reflektor jarayondan iborat bo'lib, markaziy asab tizimi orqali
boshqariladi. Og'izga ovqat tushishi bilan undagi sezuvchi asab uchlari qitiqlanadi,
ta'sirot markazga intiluvchi asab tolalari orqali markazga borib, keyin so'lak bezlariga
keladi va so'lak ajrata boshlaydi. Og'iz shilimshiq qavatining bir qismida o'rnashgan
retseptorlar kimyoviy qitiqlagichlarga sezgir bo'ladi. Achchiq va sho'r moddalar til
tubidagi retseptorlar orqali so'lak chiqaradi. Termoretseptorlar butun til ustida,
mexanoretseptorlar esa til uchi, til tubi, tanglay va yuqori labda joylashgan bo'ladi.
So'lak bezlariga keluvchi til asabi, til - tanglay asabi, sayyor asabning tolasi va
nog'ora tori asabi sezuvcni asablardir.
Har bir s.o'lak bezi simpatik va adashgan asab bilan ta'minlangan. Jag' osti va til osti
bezlariga nog'ora tarkibiga o'tib boradigan adashgan asab tolalari keladi. Quloq oldi
bezlari til-halqum asabidan adashgan tolalar oladi. Adashgan asablarda so'lak
chiqaruvchi va tomirlarni kengaytiruvchi tolalar bo'ladi. Simpatik asablar so'lak
bezlariga ustki bo'yin simpatik tugunidan boradi. Adashgan asablar, xususan, nog'ora
tori qitiqlangan vaqtda ko'p miqdorda-suyuq so'lak chiqadi. Simpatik asab
qitiqlanganda esa organik moddalarga boy bo'lgan quyuq so'lak ajraladi. Agar
simpatik va adashgan asablar uzoq vaqt qitiqlansa, ajraladigan so'lakda organik
moddalarga boy so'lak ajraladi. Har ikki asab bafavariga qitiqlanganda ham shu hoi
yuz beradi.
Asablarning qitiqlanishi natijasida so'lak ajralishining oddiy filtratsiya jarayonidan
iborat bo'lmay, markaziy asab tizimi va sekret chiqaruvchi hujayralarning faolligi
natijasida vujudga keladigan murakkab fiziologik jarayondir.
Dostları ilə paylaş: