E nuritdinov odam fiziologiyasi


O'n ikki barmoq ichakda ovqat hazm bo'lishi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

O'n ikki barmoq ichakda ovqat hazm bo'lishi 
O'n ikki barmoq ichakga tushgan ovqatga me'da osti bezining shirasi (pankreatik 
shira), o't, shuningdek o'n ikki barmoq ichakning shilliq pardasidagi Brunner va 
Liberkyun bezlarining shirasi ta'sir etadi (56, 57 rasmlar). 
Ovqat hazm qilinmayotgan vaqtda o'n ikki barmoq ichak suyuqligi sal-pal ishqoriy 
reaksiyali (pH o'rtacha hisob bilan 7,2-8,0 ga teng) bo'ladi. Me'daning nordon 
suyuqlik porsiyasi o'tganda o'n ikki barmoq ichakka suyuqlik reaksiyasi nordon bo'lib 
qoladi, lekiri' me'da shirasidagi xlorid kislota ichakda neytrallangani uchun reaksiya 
tezda ishqoriy tomonga 
o'zgaradi. Odamning o'n ikki barmcq ichagidagi faol reaksiya pH 4,0-8,5 atrofida 
bo'ladi. 
Me'da osti bezi shirasining tarkibi va xossalari 
Me'da osti bezining sekretsiyasi ovqat yeyilganda 3-5 daqiqadan keyin boshlanadi va 
ovqat tarkibiga qarab 6-14 soat davom etadi. Ovqat hazm qilinmayotgan paytda, 
nahorga me'da osti bezining shirasi hazm yo'lining davriy harakatiga qarab har 
zamonda chiqib turadi. Me'da ostining shirasida oqsillar, karbonsuvlar va yog'larni 
parchalaydigan fermentlar bo'ladi. Shuning uchun ham me'da osti bezining shirasi 
fermentlarga boy desak bo'ladi. Masalan, unda oqsillarga ta'sir qiluvchi tripsin va 
ximotripsin; polipeptidlarni parchalovchi - karboksipolipeptidaza va aminopeptidaza; 


83 
yog'larni parchalovchi Hpaza; kraxmalni disaxaridlargacha parchalovchi amilaza; 
disaxarid maltozani monosaxarid glukozaga aylantiruvchi maltaza; sut qandi - 
laktozani monosaxaridlargacha parchalovchi laktaza; nuklein kislotalarga ta'sir 
qiluvchi nukleazalar bor 
Me'da osti bezi yo'lida bevosita yig'ilgan shira oqsillarga ta'sir etmaydi. Undagi 
tripsin va xemotripsin fermentlari nofaol holatda, ya'ni tripsinogen va 
ximotripsinogen shaklida bo'ladi. Bu shiraga ichak shirasidan ozgina olib 
qo'shilganda tripsinogen faollashib -- tripsinga aylanadi. Tripsinogenning 
faollanishiga ichak shirasidagi maxsus ferment enterokinazani ahamiyati juda katta. 
Uni 1899 yilda N.P.Shepovalnikov aniqlagan bo'lib, I.P.Pavlov bu fermenthi 
«fermentlarning fermenti» deb nom bergan. 
Shunday qilib, tripsin oqsillarga ta'sir etib, ularhi aminokislotalargacha 
parchalaydi. Me'dada hosil bo'lgan peptozS: Va , albumozalar ham tripsin ta'sirida 
aminokislotalargacha parchalanadi, 'Shiirii'niaxsus qayd qilib o'tish zarurki, tripsin 
asosan ishqoriy muhitda faol bo'ladi. U kislotali muhitda ham ta'sir etaveradi, ammo 
faolligi kamayadi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin