E nuritdinov odam fiziologiyasi


Yuqori atmosfera bosimida nafas olish



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Yuqori atmosfera bosimida nafas olish 
Yuqori atmosfera bosimi sharoitida, ya'ni suv ostida odam qoni tarkibida, to'qima va 
hujayra suyuqliklarida erigan gazlarning miqdori ko'payadi. Ayniqsa, azot gazi erigan 
holda miyaning qon tomirlarida to'planadi. Agar odam bunday sharoitdan juda tezlik 
bilan mo"tadil bosimli sharoitga o'tsa, erigan azot gazi mayda pufakchalarga aylanib, 
qon tomirlarini to'sib qo'yadi va kesson kasalligi yuzaga keladi. 
Ohista dekompressiyada, masalan, g'ovvos dengizning chuqur joydan sekin 
ko'tarilganda, bosim pasaygan sayin gazlar chiqarilayotgan nafas havosi bilan birga 
ajrala boshlaydi va organizmga hech qanday xavf tug'dirmaydi. Haddan tashqari tez 
dekompressiyada, masalan g'ovvos dengiz tubidan tez ko'tarilganda gazlar 
organizmdan ajralib ulgurmaydi. Yuqori bosimdan mo'tadil bosimga o'tilganda 
gazlarning qonda erishi kamaygani uchun qonda gaz pufakchalari paydo bo'ladi, 
bular esa tomirlar emboliyasiga, ya'ni tomirlar ichiga gaz pufakchalarining tiqilib 
qolishiga sabab bo'la oladi. Karbonat kislota va kislorod qonga kimyoviy yo'l orqali 
birikuvchi gazlar bilan, azotga nisbatan kamroq xavflidir, azot esa yog'larda va 
lipoidlarda yaxshi erib, miyada va asab stvollarida ko'p to'planadi. Tez 
dekompressiyada paydo bo'luvchi va ba'zan kesson kasalligi deb yuritiluvchi holatda 
bo'g'imlar og'riydi va miyaning zararlanish simptomlari paydo bo'ladi. Bu kasallikni 
davolash uchun qondan ajralib chiqqan gaz 
pufakchalarini yana eritib yuborish uchun yuqori bosimni bemorga tez ta'sir ettirish 
zarur, ya'ni bunday vaqtlarda kishini yana yuqori bosimli sharoitga ko'chirish zarur 
bo'ladi. 
Gipoksiya 
Organizmning kislorod bilan yetarlicha ta'minlanmasligi gipoksiya deb ataladi. 
Gipoksiyaning to'rt turi: gipoksemiya, anemiya, damlanma va gistotoksiya mavjud. 
Arterial havodan qonga yetarlicha kislorod o'tmasligi gipoksemik gipoksiyaga sabab 
bo'ladi. Qonning kislorod biriktirish xossasi susayishi, ya'ni qonda kislorod 
sig'imining kamayishi anemik gipoksiyaga sabab bo'ladi. Gemoglobin kamayganda 
(anemiyalarda), boshqa moddalarni biriktirib olganda (masalan, is gazidan 


71 
zaharlanganda), metgemoglobin hosil bo'lganda (nitritlar, ferrosianidlar, atsetanilid 
va boshqa moddal#rdan zaharlanganda shunday holat kelib chiqadi. 
Damlangan gipoksiya qon aylanishining umumiy kamchiligida kapillarlarda qonning 
sust harakatlanishi natijasida (yurak va tomirlarning kasalliklarida) vujudga keladi. 
Gistotoksik gipoksiya_to'qimalar kislorod bilan yetarlicha ta'minlanmaganda 
(to'qimalarnjng oksidlovchi fermentlari nofaol bo'lganda, masalan, ular sianidlardan 
zaharlanganda) paydo bo'ladi. 
Dastlabki ikki sababdan bin bilan kelib chiqqan gipoksiyada qondagi kislorod 
miqdori kamayadi, ya'ni qon kislorod bilan yetarlicha ta'minlanmaydi (gipoksemiya), 
qon kislorod bilan yetarlicha to'yingan bo'lishi mumkin, lekin to'qimalarga kislorod 
yetishmaydi. 
Gipoksiyada organizmda nafas olish va qon aylanishi bir qancha o'zgarishlarga 
uchraydi, ular moslanish uchun ahamiyatli. Masalan, qonda kislorod yetishmaganda 
tomirlardagi refleksogen zonalarning xemoretseptorlari qo'zg'alib, o'pka ventilatsiyasi 
refleks yo'li bilan ortadi, yurak faoliyati kuchayadi va tezlashadi, demak, daqiqalik 
hajm ortadi, taloqdan va boshqa qon depolaridan umumiy qon aylanish doiralariga 
ko'proq qon qo'shiladi, kapillarlar ochiladi. Gipoksiyada modda almashinuvining 
oksidlanib ulgurmagan mahsulotlari to'qimalarda to'planib, nafas olish va qon 
aylanishining asab markazlarini qo'zg'atishi ham boyagi o'zgarishlar paydo bo'lishiga 
yordam beradi. Gipoksiya sababi uzoq vaqt ta'sir etsa (masalan, juda baland joyda 
uzoq vaqt turilsa, shuningdek yurak faoliyatining ba'zi buzilishlarida), qondagi 
eritrotsitlar va gemoglobin shunga moslanib ko'payib ketadi. 
Agar organizm kislorod bilan yaxshiroq ta'minlansa, gipoksiya barham topadi. Nafas 
olish, qon aylanishi va qon tarkibining moslashuv o'zgarishi gipoksiyani yo'qotish 
uchun yetarli bo'lmasa, uning yuqorida ko'rsatilgan og'ir belgilari paydo bo'laveradi. 
Bu belgilar, avvalo, kislorod yetishmasligiga ayniqsa sezgir bo'lgan markaziy asab 
tizimi funksiyasi 
buzilishi simptomlari bilan xarakterlanadi. Og'ir gipoksiyada avvaliga maslikni 
eslatuvchi holat - gallutsinatsiyalar (aldamchi his, soxta sezgi-haqiqatda yo'q narsani 
his qilish, sezish, tasavvur qilish va bunga ishonish belgilari) paydo bo'ladi, so'ng 
talvasa tutadi, ko'z tinadi, kishi dambadam o'zidan kctib turadi, nihoyat, kishi 
butunlay hushdan ketadi. Ayni vaqtda qon aylanishi va nafas olishni boshqaruvchi 
asab markazlari holatining buzilishi natijasida nafas olish va qon aylanishi buziladi: 
kishi yuza (kalta) nafas oladi, tomirlarda qon yaxshi yurishmaydi, shuning natijasida 
qo'1-oyoq ko'karadi (sianoz) puls zaiflashadi va qon bosimi pasayadi. Nafas olish va 
qon aylanishining buzilishi o'z navbatida asab markazlarining holatini yanada ko'proq 
yomonlashtiradi, bu esa gipoksiyaning og'ir xillarida tez o'limga olib keladi. 
Gipoksiyaning aytilgan turlaridan gipoksemik gipoksiya faqat past atmosfera 
bosimida uchraydi, sog'lom odamlarda kuzatiladi va fizibloglar tekshiradigan 
hodisalarga kiradi. Gipoksiyaning qolgan turlari esa patofiziologlar va klinisistlar 
o'rganadigan patologik hodisalarga kiradi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin