72
sun'iy nafas oldiriladi. Sun'iy nafas oldirish uchun avval nafas yo'llari yot
moddalardan tozalanadi, so'ngra odam o'z holiga nafas ola boshlaguncha sun'iy nafas
oldiriladi (45-rasm).
Qon aynalishi buzilishi yoki asabiy hayajon natijasida nafas olish to'xtab qolsa, nafas
markazini refleks yo'li bilan qo'zg'atishga harakat qilinadi. Buning uchun
sovuq suv
sepiladi, ko'krak ustiga ho'l latta qo'yiladi, teri ishqalanadi, ammiak hidlatiladi. Agar
bu narsalar yordam bermasa, biror latta bilan tilni ushlab, har 3-4 soniyada uni tortib
va bo'shatib turish yoki sun'iy nafas oldirish kerak bo'ladi.
Sun'iy nafas oldirish tabiiy nafas to'xtaganda yoki bemorning hayotini tahlika ostida
qoldirish darajasigacha buzilganda sun'iy nafasga ehtiyoj tug'iladi. Sun'iy nafas suvga
cho'kkan, bug'ilgan, elektr toki, issiq va oftob urgan
hamda zaharlangan vaqtda
amalga oshiriladigan birinchi yordamdir. Sun'iy nafas berishdan oldin ozor chekkan
kishining og'iz
burni sulak, shilliq va boshqalardan tozalanadi. Harakatlanishiga
halaqit beradigan kiyim kechagi yechib qo'yiladi, «og'izdan og'izga» yoki'«og'izdan
burunga» nafas berishda doka yoki boshqa yupqa gazlamadan foydalaniladi. Bemor
chalqanchasiga yotqizilib kuragi ostiga yostiqsimon narsa qo'yiladi
va nafas berish
bilan birga yurak tashqi tomonidan massaj qilinadi: Og'izga nafas berilganda burun
yopib turiladi, burunga nafas , berilganda og'iz- yopib turiladi va har nafas bergandan
so'ng og'izdan yoki burundan og'iz olinadi va у ana takrorlanadi.Suvga cho'kkan
kishiga yordam berish uchun yordam berayotgan kishining tizzasiga suvda cho'kkan
kishi qorni bilan yotqiziladi, yuqori nafas yo'llari va medadan suv
oqib tushishi uchun
boshi pastga osiltirib qo'yiladi. Suv chiqarib yuborilgandan kcyin darhol yuqoridagi
sun'iy nafas oldirish usuli amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: