44
ikkiga bo'linib, o'ng va chap o'pkalarga boradi. Ular o'pkalarda kapillar qon
tomirlariga aylanib, o'pka alveolari atrofini o'rab
oladi. Tashqi muhit havosi bilan o'pkalar hamda qon o'rtasidagi gazlar almashinuvi
jarayoni shu joyda o'tadi. Natijada vena kapillarlaridagi qon kislorodga to'yinib,
arterial qonga aylanadi, lekin u o'pka venasi deb ataluvchi to'rtta (har bir o'pkadan
ikkitadan) tomir orqali yurakning chap bo'lmasiga quyiladi.
Shunday qilib, qonning yurakning o'ng qorinchasidan chiqib, arteriyalar,
kapillarlar va venalar bo'ylab oqib (o'pkalar orqali) yurakning chap bo'lmasiga kelib
qo'yiladigan yo'li kichik qon aylanish doirasi deb ataladi. Kichik qon aylanish
doirasining vazifasi vena qonini arterial qonga aylantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: