43
bo'lgan vaqt qonning aylanib chiqish vaqti deb ataladi. Odamda qonning aylanib
chiqish vaqti yurakning o'rta hisobda taxminan 27 sistolasini tashkil qiladi. Yurak bir
daqiqada 70-80 marta qisqarganda qon butun tanadan 20-23
soniyada aylanib
chiqadi. Qon aylanib chiqish vaqtining 1/5 qismi qon aylanishining kichik dorirasiga
va 4/3 qismi katta doirasiga to'g'ri keladi. Odam yurak - qon tomirlarning og'ir
kasalliklari vaqtida qonning aylanib chiqish vaqti 1 daqiqagacha oshishi mumkin.
Vena pulsi.
Mayda va o'rtacha venalarda qon bosimmmg puls tebranishi yo'q. Yurak
yaqinidagi yirik venalarda esa arterial pulsga qaraganda boshqa sabab bilan kelib
chiquvchi puls tebranishlari - vena pulsi qayd qilinadi. Bo'lmalar
va qorinchalar
sistolasi vaqtida yurakka qon kelishining qiyinlashuvi vena pulsiga sabab bo'ladi.
Yurakning shu bo'limlari qisqarganda venalardagi bosim ko'tariladi va devorlari
tebranadi.
Vena pulsining egri chizig'i-flebogrammada uchta tish farq qilinadi: A, S va V. A-
tishi o'ng bo'lma sistolasiga to'g'ri keladi. lining
kelib chiqish sababi shuki, bo'lma
sistolasi vaqtida kavak venalarning bo'lmaga qo'yiladigan joyidagi teshik mushak
tolalari
halqasi bilan qisiladi, shu tufayli venalardan bo'lmaga qon o'tishi vaqtincha
to'xtaydi, bo'lmalarning har bir sistolasida yirik venalarda
qon picha yurishmay
turadi, natijada devorlari cho'ziladi. Bo'lmalar diastolasi vaqtida ularga qon bemalol
o'tadi va shu payt vena pulsining egri chizig'i birdaniga pasayadi. Tezda, vena
pulsining egri chizig'ida kichikina S tishi paydo bo'ladi.
U uyqu arteriyasining
turtkisidan kelib chiqadi. S tishidan so'ng egri chiziq pasaya boshlaydi va u yangidan
ko'tariladi - V tishi paydo bo'ladi. V tishining kelib chiqishiga sabab shuki,
qorinchalar sistolasining qxirida bo'lmalar qonga to'lganiigi va ularga
у ana qon kira
olmagani uchun venalarda qon damlanib qolib, ularning devorini cho'zadi.
Dostları ilə paylaş: