E nuritdinov odam fiziologiyasi


Jismoniy tarbiyaning yurak-qon tomirlari faoliyatiga ta'siri



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Jismoniy tarbiyaning yurak-qon tomirlari faoliyatiga ta'siri 
Qon aylanishi organizm hayotida muhim rol o'ynaydi. Ayrim a'zolarning qon bilan 
yetarlicha ta'min qilinmasligi, hatto qisqa vaqt ichida yetishmasligi ularning 
faoliyatini jidddiy buzilishlarga olib keladi. 
Yurak va qon tomirlar tizimida umumiy qon aylanishining buzilishi deb, shu 
tizimning ko'pgina bo'limlarini o'z ichiga olib, unga qonning normal aylanishiga 
to'siqlik qiladigan buzilishlariga aytiladi. 
Yurak va qon tomirlar tizimining biror bo'limida ro'y bergan ayrim buzilishlar qon 
aylanishining umumiy buzilishlariga olib kelishi murnkin. Shuning uchun qon 
aylanishidagi yetishmovchilik bir necha xil ko'rinishda bo'lishiga qaramasdan, turli 
kasalliklar (yurak porokida, miokardit, perikardit, kardioskleroz, o'pkaning surunkali 
kasalliklari va hokazolar) asosiy alomatlari bir xil bo'ladi. Shuning uchun yurak-qon 
tomir kasalliklarining oldini olishda yuqorida ko'rsatilgan sabablarni bartaraf etish, 
organizmni chiniqtirish, Jismoniy mehnat, sport bilan muntazam ravishda 
shu^'allanish maqsadga muvofiqdir. 
Yurak-qon tomir tizimini chiniqtirishda eng oddiy harakat mashg'ulotlari bo'lgan 
yurish va yugurish, nafas olish gimnastika mashg'ulotlarini bajarish muhim 
ahamiyatga ega. Har bir yosh kishi har kuni o'rtacha 20-25 ming qadam (12-15km) 
katta odamlar esa kamida 10-12 ming qadam (8-10 km) yurish yoki yugurishi kerak. 
Jismoniy chiniqqan odamning yuragi morfo-fiziologik jihatdan bir qator ijobiy 
xususiyatlarga ega bo'ladi. Masalan, miokardda qon aylanishining kuchayishi, uning 
oziq moddalar va kislorod bilan ta'minlashining yaxshilanishi natijasida mushak 
tolalari yo'g'onlashadi, yurak devori qalinlashadi, uning klapanlari mustahkamlanadi 
va hajmi kattalashadi. Bu o'zgarishlar natijasida yurakning qisqarish kuchi ortadi. 
Yurak mushaki qanchalik kuchli bo'lsa, vaqt birligida ichida u tomirlar tizimiga 
shunchalik ko'p qon chiqarib beradi. 
Jismoniy mashq bilan shug'ullanish yurakning tuzilishiga qanday ta'sir ko'rsatishini 
tushunib olish uchun 32-rasmni ko'zdan kechirib chiqing. Unda Jismoniy mashqlar 
bilan shug'ullangan (I) va shug'ullanmagan (II) odamlar yuragining umumiy tuzilishi 
ko'rsatilgan. 
Sunday odamlar jismoniy mashq bajarganda yuragining sistolik hajmi 120-140 ml 
gacha ko'payadi (tinch holatda 65-70 ml bo'ladi). Yurakning daqiqali hajmi 25-30 
litrgacha ko'payadi (tinch holatda 5 1). Yurakning qisqarish tezligi (puls soni) 150-
200 martagacha ortadi (tinch holatda 70 marta). Yurak faoliyatining kuchayishi, 
undan arteriya tomirlariga chiqariladigan qon miqdohning ortishi, organizmda qon 
aylanishining tezlashuvi barcha to'qimalar hamda yurak mushaklari oziq moddalar, 
gormonlar, vitaminlar, kislorod bilan ta'minlashini yaxshilaydi. 
Shuni ta'kidlash kerakki, yurak-qon tomir tizimini jismoniy mashqlar bilan 
shug'ullanib chiniqtirish asta-sekin olib borilishi zarur. Chiniqishning boshlanishida 


51 
jismoniy mashqlar hajmi kam bo'lib, asta-sekin ko'paytirilishi kerak. Har bir odam 
bajaradigan mashqining hajmi, ya'ni har kuni yuradigan va chopadigan masofasi, 
harakat tezligi uning yoshini, jismoniy rivojlanish darajasini, sog'lig'ini e'tiborga 
olgan holda belgilanishi kerak. Aks holda, yurak zo'riqishi natijasida har xil 
kasalliklar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun jismoniy mashqlar bilan 
chiniqishga ahd qilgan odam shifokor bilan ish ko'rishi lozim 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin