E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Ishchi giperemiya 
Ishlayotgan organizm va a'zolarda qon oqishining kuchayishi va qon tomirlarining 
kengayishi funksional yofci ishchi gipermiya deb ataladi. Bu hodisani ilk bor 1875 
yilda nemis olimi Zadler va 1877 yilda Gaskell o'rganib chiqqan. Ammo 1927 yilda 
A.Krog tomonidan ishchi giperemiya o'tkazilgan bir qator eksperiment ishlar 
natijasida aniqlik kiritilgan. Uning fikricha, mikrosirkulyator tizimiga qon oqib 
kelishi kuchayishi tufayli periferik tomirlar tizimining biron qismida qon to'liqligi 
oshadi, qizaradi. Faoliyat ko'rsatib turgan a'zoda qon tomirlari gumoral yo'l bilan 
kengayadi. Biroq, turli izlanishlarga qaramasdan hozirgi vaqtgacha giperemiyaning 
asab va gumoral mexanizmlari oxirigacha aniqlanmagan. Ba'zi bir qarashlarga ko'ra, 
giperemiyani amalga oshirishda sut kislotasi, gistamin, karbonat kislotasi, ATF, kaliy 
ionlari va boshqa moddalar ishtirok • etadi. Amrno, hozirgi vaqtda giperemiyaning 
ro'yobga chiqarishi uchun lozim bo'lgan bu moddalarning ahamiyati oxirigacha o'z 
tasdiqini topmagan. Masalan, shunialohida e'tirof qilish kerakki, ishlayotgan 
mushaklar qon tomirlarining kengayishi ularda hali sut kislotasi hosil bo'lguncha 
amalga oshiriladi, yoki ishchi giperemiya gistaminning ta'sirini tbrmozlovchi 
moddalar yuborilgandan keyin ham kuzatiladi. 
Zamonaviy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ishlayotgan mushaklar qon tomirini 
kengaytiruvchi yana bir boshqaruv mexanizmi bu ritm haydovchisi degan 
mexanizmdir. Ba'zi bir ma'lumotlarga ko'ra, qon tomirlar devorining tonusini saqlab 
turadigan ritm haydovchisi mexanizmi funksiyasini kuchli avtomatiya qobiliyatiga 
ega bo'lgan qon tomirlari devorining mushaklar hujayralari bajaradi. Ulardan 
keladigan impulslar arterial qon tomirlari devorlarining tonusini saqlab turadi. Skelet 
mushaklari qisqarganda arterial devorning deformatsiyasi ro'y beradi, ular tomirlar 
devorining silliq mushaklari va ritm haydovchisi o'rtasidagi morfologik va funksional 
aloqani buzadi. Buning natijasida arteriolalarning tonusi pasayadi, shu sababli 
kengayadi. 
V.M.Xayutinning fikricha ishchi giperemiyaning mexanizmi bu asab mexanizmi 
bo'lib, skellet mushaklarga asab impulsion harakatlantiruvchi asablar orqali kelib 
mushaklarni qisqartiradi va ularda qon aylanishini kuchaytiradi. 
Jismoniy ish vaqtida qonning qayta taqsimlanishi ishchi giperemiya uchun eng qulay 
sharoitdir. Hamma a'zolarning qon bilan ta'minlanishi bir maromda bo Uganda uning 
daqiqali hajmi hatto mushaklar orom turganda ham 5-6 1 emas, 25-30 1 tashkil 
qilardi, ish vaqtida esa bu ko'rsatkich yanada oshardi. Biroq, haqiqatda bunday holat 
ro'y bermaydi, chunki ishlamaydigan a'zolarda qon oqishining cheklanishi umumiy 
aylanishdagi qon hajmini kamaytiradi. Yurak faoliyatida qonning qayta taqsimlanishi 
shundan ko'rinib turibdi. Mushaklarda tomirlarning kengayishi jismoniy mehnatni 
boshlash bilanoq reflektor yo'li bilan amalga oshiriladi. Shu paytda harakat 
impulslarning skelet mushaklariga vaqtida yetib borishi giperemiya uchun asos bo'la 
oladi. 


48 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin