E nuritdinov odam fiziologiyasi


Pasaygan atmosfera bosimida nafas olish



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Pasaygan atmosfera bosimida nafas olish 
Pasaygan atmosfera bosimida nafas olish muammosi baland uchish va baland tog' 
cho'qqilariga ko'tarilishda katta amaliy ahamiyatga ega. 4000-6000 m balandlikda 
tog', yoki balandlik kasalligining simptomlari paydo bo'lishi mumkin. Bu kasallik 
og'ir gipoksiya (to'qimalarda kislorod miqdorining kamayishi) uchun xarakterli 
belgilar bilan ta'riflanadi. Odam maxsus ballonga ulangan niqobni yuziga tutib, 
kislorodga boy gaz aralashmasidan nafas olsa, tog' kasalligi 11000-12000 m 
balandlikda ham ro'y bermaydi. Kislorod qo'shilmasa, odam bunday balandlikda 
turaolmasdi. 
Balandlikda kislorod yetishmasligidan tashqari, qon va to'qimalarda karbonat 
angidrid yetishmasligi, ya'ni gipokapniya ham organizmga yomon ta'sir etadi. Qonda 
kislorod yetishmasligi karotid sinus xemoretseptorlarini ta'sirlab, nafas olishni 
tezlatadi, natijada karbonat angidrid alveolyar havodan, demak, qondan ham chiqib 
ketadi, shuning uchun gipokapniya vujudga keladi. Karbonat angidridi yetishmasligi 
nafas markazining qo'zg'aluvchanligini paysatiradi, shu sababli nafas olish 
organizmning kislorodga ehtiyojini qondiradigan darajada kuchaymaydi. Nafasga 
olinayotgan havoga ozgina (3% gacha) SO2 qo'shilgach balandlik kasalligida 
organizm holati sezilarli darajada yaxshilanadi. 
Atmosfera bosimining o'zgarishi ham nafas olishga ta'sir etadi. Shuning uchun baland 
tog' sharoitida nafas olishni o'rganish juda katta amaliy ahamiyatga ega. Odam 
yuqoriga ko'tarilgan sari aning nafas olishi og'irlasha boshlaydi, chunki, atmosfera 
bosimi karriayib boradi. Shu bilan birga, havoda kislorod ham kamayadi. Havoda 
kislorodning parsial bosimi kamayganda qon qisqa vaqt ichida yetarli miqdorda 
kislorod biriktirib ololmaydi. 
Turli atmosfera bosimida kislorodning parsial bosimini va qonning kislorodga 
to'yishini 11-jadvaldan ko'rish mumkin. 
Odam organizmi 760 mm va shunga yaqin bosimda hamda kislorodning parsial 
bosimi 150-159 mm bo'lgan sharoitda yashashga o'rganib qolgan. Balandlikka 
ko'tarilishi bilan atmosfera bosimi kamayadi.Buning natijasida kislorodning parsial 
bosimi, ham kamayadi. Bu esa alveolalardagi havoda kislorodning parsial bosimi 


69 
kamayishiga sababchi bo'ladi. Alveolalarda kislorod bosimining kamayishi nafas 
olishni buzadi. Qonga yetarli miqdorda kislorod kirmay qoladi, ya'ni qonda kislorod 
miqdori karnayib ketadi (gipoksemiya), kapillardagi qonda kislorodning parsial 
bosimi pasayadi. Buning natijasida kislorodning qondan to'qimalarga o'tishi 
qiyinlashadi, to'qimalarning kislorodga bo'lgan ehtiyoji to'la qoplanmaydi. Qonda 
kislorodning kamayishiga har bir a'zo har xil reaksiya beradi. 
Markaziy asab tizimi va ayniqsa bosh miya yarim sharlarining po'stlog'i eng sezgir 
a'zodir. Yurak bilan jigar esa kislorodning yetishmasligiga eng chidamli a'zolar 
hisoblanadi. 3000 m balandlikka ko'tarilganda o'pka ventilatsiyasi kuchayadi, yetarli 
miqdorda kislorodni to'qimalarga yetkazib berish uchun qon depolaridagi eritrotsitlar 
umumiy qonga ko'p miqdorda qo'shiladi va shu yo'l bilan organizmning kislorodga 
bo'lgan ehtiyoji birmuncha qondiriladi. 3000-4000 m dan ham baland ko'tarilganda 
bu mexanizmlar yordam bermay qoladi va bu vaqtda kasallik holati - balandlik 
kasalligi vujudga keladi. Balandlik kasalligi yoki tog4 kasalligi faqat balandlikkagina 
bog'liq bo'lmasdan, kishining o'rganmaganligi va uning individual xususiyatlariga 
ham bog'liqdir. Tog' kasalligi, aksari balandlikka ko'p kuch sarf qilib, tez ko'tarilish 
vaqtida vujudga keladi. Charchash, uyqusizlik, ortiq darajada isib ketish yoki sovuq 
yeyish, hayajon, tog' kasalligini kuchaytiradi. 
Tog' kasalligining alomatlari, shulardan iborat: nafas olish va yurak urishi tezlashadi, 
bosh aylanadi va og'riydi, quloq jaranglaydi, ish qobiliyati pasayadi, kishi tez 
charchaydigan bo'lib qoladi, ko'ngil ayniydi, rangi oqarib ketadi. 
I.M.Sechenovning ma'lumotlariga qaraganda, alveolalarda kislorodning parsial 
bosimi doim xavf tug'diradi. Organizmni kam kislorodli havo bilan nafas olishga 
o'rgatish juda katta ahamiyatga ega. Bu vaqtda qonda eritrotsitlar miqdori ko'payadi, 
o'pka ventilatsiyasi kuchayadi, to'qimalar, ayniqsa, asab to'qimasi kam kislorodga 
chidamli bo'ladi. 
Ma'lumki, mu'tadil sharoitda nafas olganda tashqi havo qonda ma'lum darajada erigan 
bo'ladi. Havoda bosim ko'paysa, organizmda erigan gazlarning miqdori ham 
ko'payadi. Atrofdagi bosim sekin-asta pasayib borganda organizmda erigan ortiqcha 
gaz diffuziya yo'li bilan to'qimalardan qonga o'tadi undan o'pka orqali tashqariga 
chiqarib yuboriladi. Agar yuqori bosimdan past bosimga tez o'tadigan bo'lsa yoki 
atrofdan bosim birdan kamayib ketsa, qonda va to'qimalarda gaz pufakchalari hosil 
bo'ladi. Bu gaz pufakchalari kattalashib, gaz probkalarini hosil qiladi va tomirlarni 
bekitib, qon o'tkazmay qo'yadi. Gaz pufakchalari, aksari, teri ostidagi yog' 
to'qimalarida, suyaklarda, bo'g'inlarda, asab tizimida hosil bo'ladi. 
Baland tog' sharoitida uzoq vaqt turilganda, masalan: baland tog'li joyda yashaganda 
(endemik kishilar) odam kislorodning past parsial bosimiga o'rganib qoladi 
(akklimatizatsiya). Bu, bir necha omillarga bog'liq; 1) qondagi eritrotsitlar soni 
ko'payadi, demak, qonning kislorod 
sig'imi ortadi; 2) o'pka ventilatsiyasi kuchayadi; 3) kislorod yetishmasligiga organizm 
to'qimalari, jumladan markaziy asab tizimining sezgirligi pasayadi. 
Qon ishlanishning kuchayishi, shuningdek, qon depolaridagi qonning umumiy 
aylanishga ko'proq qo'shilishi natijasida eritrotsitlar soni ko'payadi. Qonda 
eritrotsitlarning yosh shakllari-retikulotsitlar sonining ortishi va ko'mik massasining 
ko'payishi qonning ko'proq ishlanayotganidan guvohlik beradi. 15000 m 
balandlikdagi havo bosimi 80 mm simob ustuniga teng. Sunday sharoitda hatto 


70 
kislorod asbobi (baloni) yordamida toza kisloroddan nafas olinganda ham alveolyar 
havodagi kislorodning porsial bosimi me'yordagidan past bo'lib, qonga yetarlicha 
kislorod o'tishini ta'minlay olmaydi. Shuning uchun stratosferada, ayniqsa, kosmosda 
uchish uchun ichidagi bosim zarur darajada saqlanib turadigan germetik kabinalar 
individual germetik skafandrlar kerak. 
Asab tizimi va uning oliy bo'limi - bosh miya po'stlog'i atmosfera bosimining 
pasayishiga javoban organizm chidamini oshiradi, ya'ni fiziologik jarayonlarning 
borishini o'zgargan tashqi sharoitga moslashtiradi. Odam mashq qilgandan keyin 
4000-5000 m balandlikda tura oladigan va hatto tog' kasalligining ko'ngilsiz 
sezgilarini boshdan kechirmasdan yanada balandroqqa ko'tarila oladigan bo'ladi. 
Masalan, Elbrusga borgan ekspeditsiya mashq qilishdan keyin 5000 m dan ortiq 
balandlikka ko'tarilgan. Everestga borgan ekspedisiya 8400 m balandlikka 
ko'tarilgan. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin