68
o'zgarishidan tashqari, shartli refleks yo'li bilan ham kuchayadi va tezlashadi. Nafas
olishning bunday moslashuvchi o'zgarishlari odatdagi ishni bajarishdan oldingi
signallar ta'sirida paydo bo'ladi va ishning bajarilishini osonlantiradigan
o'zgarishlarni, ya'ni to'qimalarining kislorod bilan ta'minlanishini, kuchaytiruvchi va
sut kislotasining to'planishiga to'sqinlik qiluvchi reaksiyalar
kompleksini vujudga
keltiradi.
Shunday qilib, jismoniy mashg'ulotlar vaqtida mushaklar ishlayotganda, birinchidan,
organizmda ro'y beruvchi kimyoviy o'zgarishlar-karbonat angidrid va almashinuvda,
reflektor ta'sirlar o'pka ventilatsiyasini oshiradi. Jismoniy ish bajarib o'rgangan
odamning nafas olishi jismoniy ish qilib o'rganmagan odamning nafas olishidan katta
farq qiladi. Jismoniy ish qilib, sport bilan doimo shug'ullanadigan kishilarda o'pka
ventilatsiyasining ko'payishi, asosan, chuqur nafas olish hisobiga bo'ladi. Jismoniy
ish qilib o'rganmagan kishilarda esa nafas olishning tezlashishi natijasida o'pka
ventilatsiyasi oshadi.
Dostları ilə paylaş: