65
To'qima hujayralari va kapillarlardagi qon orasida gazlar almashinuvi diffuziya yo'li
bilan o'tadi. Bu jarayonning sodir bo'lishi uchun to'qimada
kislorodning parsial
bosimi qondagiga qaraganda kam, karbonat angidridning parsial bosimi esa ko'p
bo'lishi kerak.
To'qimalarda sarf etilgan kislorod miqdori, bir tomondan, a'zoning ishiga bog'liq
bo'lsa,
ikkinchi tomondan, bu a'zoning qon bilan ta'min etishiga va qondagi
kislorodning parsial bosimiga bog'liq. Bu omillarning hammasi turg'un bo'lmay
o'zgarib turadi.
Kislorodning to'qimalarga kirishi ularda bo'ladigan oksidlanish jarayonlarini
ta'minlaydi. Bu jarayonlarnihg mexanizmi hali yaxshi aniqlangan emas. So'nggi
vaqtdagi ma'lumotlarga qaraganda, moddalarning
oksidlanishi uch xil yo'l , bilan vujudga keladi: 1) moddaga kislorod qo'shilishi; 2)
ularning vodorod yo'qotishi; 3) elektron ajratishi.
To'qimalarda oksidlanish jarayonlarining vujudga kelishi
haqidagi hozirgi zamon
tushunchalari amerikalik olim Genri Svan tadqiqotlariga asoslangan. Uning
tekshirishlariga qaraganda, hujayralarda moddalarning oksidlanishi ulardan vodorod
ajralib chiqishi bilan sodir bo'ladi. Organik moddalarning vodorod ajralishi hisobiga
oksidlanishi kislorodsi/ ham vujudga kela oladi. Buning uchun vodorodni ajratadigan
maxsus fermcnt-degidraza va vodorodni qabul qilib oladigan modda (akseptor)
bo'lishi shart. Moddalar almashinuvi natijasida hujayralarda hosil bo'ladigan
har xil
organik molekulalar shunday akseptor rolini. o'ynay oladi. Bu kislorodsiz (anaerob)
oksidlanish jarayoni akseptorlar vodorodga tuyingandan keyin to'xtaydi. Oksidlanish
reaksiyalarini oxiriga yetkazish uchun akseptorlar o'zlaridan vodorodni ajratib
chiqarishi kerak. Bu esa kislorodli sharoitda vujudga keladi: kislorod vodorod bilan
birikib, suv hosil qiladi (43-rasm).
Qon aylanish katta doirasining kapillarlaridan o'tayotgan qon o'/idagi kislorodning
hammasini bermaydi. Arterial qonda qariyb 20 hajm % kislorod bor; venoz qonda esa
taxminan 12 hajm % O2 bo'ladi. Shunday qilibr 20 hajm. % kisloroddan to'qimalar 8
hajm % ill, ya'ni qondagi jami kislorodning 40% ni oladi.
7
Arterial qondagi kislorodning to'qimalar oladigan va foizlar
bilan ifodalanadigan
miqdori kislorodning utili/atsiya koeffitsienti deb ataladi. Bu ko'rsatich bir qancha
fiziologik sharoitlarga qarab o'zgaradi, .Organi/m tinch turganda bu koeffitsient 30-
40% ga teng. Og'ir jismoniy ish bajarilganda mushaklardan ketayotgan venoz
qondagi kislorod miqdori
kamayib, 8-10% gacha tushadi. Demak, kislorodning utilizasiya koeffitsienti oshib,
50-60% gacha yetadi.
Ishlamay turgan kapillarlar to'qimaning ishlashi tufayli ochilib, to'qimalarga qonning
tez o'tishini ta'minlaydi. Sut kislotasi bilan karbonat kislotaning ko'p hosil bo'lishi
(buning natijasida gemoglobinning kislorod biriktirish
xossasi susayadi va
to'qimalarga kislorod tezroq diffuziyalanib o'tadi) ham utilizatsiya koeffitsientini
oshiradi, nihoyat ishlayotgan mushaklarda haroratning ko'tarilishi va hujayrada sodir
bo'ladigan fermentativ hamda energetik jarayonlarning kuchayishi kislorod
utilizatsiyasini oshiradi. Shunday qilib, to'qimalarga
kislorod yetkazib berilishi
oksidlanish jarayonlarining jadalligiga qarab boshqariladi.