E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Nafas olish tiplari 
Ko'krak bilan nafas olish, diafragma yoki qorin bilan nafas olish va aralash tipda 
nafas olish farq qilinadi. Nafas olishni tiplarga bo'lganda qaysi mushaklarning nafas 
olishda qatnashuvi nazarda tutiladi. Erkaklar qorin bilan nafas oladi, xotinlar esa 
ko'kragi bilan nafas oladi. Ammo nafas olish doimiy bir xil bo'lmaydi, ish sharoitiga 
qarab o'zagaradi. Masalan, jismoniy mehnat bilan shug'ullanadigan xotinlar ko'krak 
bilan nafas olish o'rniga qorin bilan yoki aralash tipda nafas oladi. 
Nafas harakatlarini qayd qilish pnevmografiya deb, shunda hosil bo'ladigan egri 


61 
chiziq pnevmogramma deb ataladi. 
Gazlarning qonda tashilishi 
Qon kislorodni alveolyar havodan tana to'qimalariga va karbonat angidridni tana 
to'qimalaridan o'pka alveolalariga yetkazib beradi. 
Qonning gaz tashish funksiyasi 
Qonning kislorodni nafas olish a'zolaridan to'qimalarga yetkazib berishi va ularda 
hosil bo'lgan karbonat angidridni tashqariga chiqarib yuborish uchun nafas olish 
a'zolariga keltirib berishi gaz tashish funksiyasi, ya'ni qonning nafas olish funksiyasi 
deyiladi. 
Arteriyalardan oqib borayotgan qon to'qima kapillarlariga kelib, o'zidan kislorodni 
to'qimalarga beradi va ularda hosil bo'lgan karbonat angidridin olib, vena qoniga 
aylanadi. Nafas olish a'zolari kapillarlaridan o'ta turib, qon o'zidan karbonat angidrini 
o'pkaga beradi va undagi kislorodni olib, arteriya qoniga aylanadi. Shunday qilib, qon 
nafas olish a'zolaridan kislorod olib, uni to'qimalarga yetkazib beradi va 
to'qimalardan karbonat angidrid olib, uni o'pkaga yetkazib beradi. Bu jarayon 
qonning nafas olish funksiyasi deyiladi. 
O'pka alveolalaridagi havo bilan qon orasida va to'qima bilan qon orasidagi gazlar 
almashinuvi diffuziya yo'li bilan bo'lib, karbonat angidridning parsial bosimi qonda 
ko'p, alveolarda esa kam bo'ladi. To'qimalarda bu homing teskarisi yuz beradi, ya'ni 
ularda qondagiga qaraganda kislorodning parsial bosimi kam va k-or' Dnat 
angidridning parsial bosimi ko'p bo'ladi. 
Gazlar suyuqlik bilan fizik va kimyoviy birikkan bo'ladi. Gazning suyuqliqda erish 
miqdori uning hajmi va bosimiga, suyuqliqning miqdori va haroratiga bog'liq. 
Gazning bosimi va suyuqliqning miqdori qonda ko'p harrida harorat qonda past 
bo'lsa, shuncha ko'p gaz suyuqlik bilan birlashadi. Agar suyuqlik ustida bir necha gaz 
aralashmasi bo'lsa, har qaysi gazning suyuqlikda erishi, shu gazning parsial bosimiga 
bog'liq bo'ladi. 
Gazning parsial bosimi gaz aralashmasidagi ayrim gazlarning bosimidan iborat 
bo'lgani uchun, gaz aralashmasining umumiy bosimi va tarkibiga qarab, ayrim 
gazning parsial bosimini aniqlash mumkin. Masalan, mo'tadil sharoitda havoning 
bosimi 760 mm. Bu havoning 21% ini kislorod tashkil etadi. Demak, kislorodning 
parsial bosimi orasida katta farq bo'lib, bu farq gazlarning bir tomondan ikkinchi 
tomonga o'tishiga sabab bo'ladi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin