O'pka ventilatsiyasi O'pka vetilyasiyasi nafas olish va nafas chiqarish yo'li bilan amalga oshirilib
alveolyar havoning tarkibi doimo yangilanadi. Tinch holatda nafas harakatining
/udh'gi, 1 daqiqa davomida 12-16 ga teng. Tinch holatda bu miqdor yana ham
kamayishi mumkin (bir daqiqada 6 nafas harakati), ammo jismoniy mashq yoki
mehnat natijasida nafas harakati 60 va undan ham ko'proq bo'lishi miimkin. Katta
yoshdagi odamlarda o'pka ventilatsiyasining ko'rsatkichi 1 daqiqada 70-100 1 ga
teng. Odam tinch turgan vaqtda bir daqiqada 16-18 marta nafas oladi. Har bir nafas
olganda 500 ml atmosfera havosi o'pkalar'ga kiradi. Agar bir daqiqadagi nafas soni
har bir marta nafas olganda o'pkalarga kirgan havo miqdoriga ko'paytirilsa,
o'pkalarning daqiqalik ventilatsiyasi kelib chiqadi. Tinch holatda o'pkalarning
daqiqalik ventilatsiyasi 8-9 litrga teng. Masalan, bir daqiqada 16 marta nafas olinsa,
har bir nafas olganda o'pkaga 500 ml havo kiradi, ya'ni 16-500=8000 ml.
,-. O'pka ventilatsiatsining daqiqalik . hajmi ventilatsiyaning qanchalik samarali
ekanligini to'la ta'riflab bermaydi. Ikki holda o'pka ventilatsiyasining
daqiqalik hajmi 6 1 ga teng deb faraz qilaylik. Birinchi holda odam daqiqaga 20
marta nafas olgan, bar birining hajmi 300 ml. Ikkinchi holda 10 marta nafas olgan,
har birining hajmi 600 ml. Zararli bo'shliq hajmi o'rta hisobda 140 ml ekanligi
nazarda tutilsa, nafas olish chuqurligi 300 ml ga teng bo'lganda zararli bo'shliq
ventilatsiyasiga nafas havosining taxminan 1/2 hajmi ketadi. Binobarin, har bir nafas
olish paytida alveolalarga 300-140=160 ml havo yetib boradi. Nafas olish chuqurligi
600 ml bo'lganda esa alveolarga 600-140=460 ml, ya'ni nafas havosining 3/4 hajmi
yetib boradi. O'pka ventilatsiyasining daqiqalik hajmi 6 1 ga teng bo'lganda birinchi
holda alveolalar ventilatsiyasi 20x160=3,2 1 ni, ikkinchi holda esa 10x460=4,6 1 ni
tashkil etadi.
Shunday qilib, siyrak, lekin chuqur nafas ancha samarali bo'ladi, chunki bunda
alveolalar yaxshiroq ventilatsiyajashadi. Keltirilgan misdllar nafas gimnastikasining
muhim amaiiy ahamiyati borligiiii va undan maqsad-to'g'ri nafas olishga o'rganish
ekanligini ko'rsatib turibdi.