E nuritdinov odam fiziologiyasi


Gazlarning parsial bosimi va tarangligi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Gazlarning parsial bosimi va tarangligi 
Suyuqlikda erigan gazlar uchun erkin gazlardagi «parsial bosim»ga mos keladigan 
«taranglik» termini qo'llaniladi. Bosim qaysi birliklar bilan ifodalansa, taranglik ham 
o'sha birliklar, ya'ni atmosferalar yoki simob ustuni yoki suv ustuni hisobidagi 
millimetrlar bilan ifodalanadi. Masalan, gaz tarangligi 100 mm simob ustuniga teng 
bo'lsa, suyuqlikda erigan gaz 100 mm bosim ostidagi erkin gaz bilan muvozantda 
turganini ko'rsatadi. Erigan gaz tarangligi erkin gazning parsial bosimiga teng 


62 
kelmasa, muvozanat buziladi. 
Shunday qilib, umumiy bosimning gazlar aralashmasidagi har bir gazga to'g'ri 
keladigan qismi parsial bosim deb ataladi. Buni yana bir misol bilan tushuntirib 
beramiz (8-jadval). 
Ma'lumki, atmosfera havosining tarkibida kislorod, karbonat angidrid va azot bor, shu 
bilan birga unda kislorodning 20-94% karbonat angidridning 0-03% va azotning 79-
03% ekanligi ma'lum. Shu gazlardan har birining parsial bosimi qancha? 
, Atmosfera bosimi simob ustuni hisobida 760 mm ga teng. Modomiki havo bosimi 
760 mm ning 20-94% iga teng bo'lsa, simob ustuni hisobi bilan 159 mm ga baravar 
bo'ladi. Azotning parsial bosimi atmosfera bosimining 79 03% iga baravar keladi va 
simob ustuni hisobi bilan 600-8 mm ga teng bo'ladi. Atmosfera havosida karbonat 
angidrid juda kamhammasi bo'lib 0-03%. Shu sababli karbonat angidrning parsial 
bosimi ham simob ustuni hisobi bilan taxminan 0-2 mm ga baravar bo'ladi. 
Arteriya va vena qonida kislorod hamda karbonat angidrid miqdori va parsial bosimni 
quyidagi jadvaldan ko'rish mumkin. 
Qonning kislorod tashish funksiyasi 
Agar qonda kislorod faqat fizik yo'l bilan erisa, uning qondagi miqdori juda kam (100 
ml qonda 0,3 ml gina bo'lar) va organizmdagi jarayonlarini ta'min qilish uchun zarur 
bo'Igan kislorod miqdoridan bir.necha marta kam kislorod to'qimalarga berilar edi. 
Kislorod qonda faqat fizik yo'l bilan birikmay, balki kimyoviy yo'l bilan ham 
birikadi. Kislorodni kimyoviy yo'l bilan o'ziga biriktirib oladigan qon juda osonlik 
bilan uni o'zidan ajratib yuboradi. Demak, kislorod gemoglabin bilan puxta 
birikmagan bo'ladi. Odam o'pkasida kislorodning parsial bosimi taxminan, 100-110 
mm. Bu bosim 95-96% gemoglabin oksigemoglabinga aylanishi uchun yetarlidir. 
To'qimalarda kislorodning parsial bosimi kam bo'lsa, oksigemoglobinga aylanadi. 
Kislorodning parsial bosimi simob ustuni bilan 30 mm bo'lganda gemoglobin o'zidagi 
kislorodning yarimini, 20 mm bo'lganda to'rtdan uch qismini yo'qotadi. 
Kislorod 
eritrositlardagi 
gemoglobin 
bilan, 
asosan, 
kimyoviy 
birikkan 
bo'lsa, qon plazmasida fizik aralakhgan bo'ladi. Qon plazmasida erigan 
kislorod va gemoglobin miqdori qancha ko'p bo'lsa, shuncha ko'p kislorod 
gemoglobin bilan birikadi. 

Kislorodning parsial bosimiga qarab, gemoglobinning kislorod bilan birikish 
darajasini quyidagi jadvaldan ko'rish mumkin. 
Karbonat angidrid gemoglobinning kislorod bilan birikish qobiliyatini kamaytiradi. 
Shuning 
uchun 
qonning 
to'qimalarda 
karbonat 
angidridga 
boyishi 
oksigemoglobinidan kislorodning ko'p chiqishiga sabab bo'ladi. Buni birinchi marta 
rus olimi B.F. Verigo aniqlagan. Qon o'pkaga kelganda undagi karbonat angidridning 
bir qismi tashqariga chiqib ketadi ya gemoglobinning kislorod bilan birikish 
qobiliyati yana oshadi. 
Gemoglobinning kislorod bilan birikishiga karbonat angidridning ta'sir etishi katta 
fiziologik ahamiyatga ega. O'pka kapillarlariga keladigan vena qonida karbonat 
angidrid ko'pligi uchun, uning kislorod bilan birikish qobiliyati kam bo'ladi. Bu qon 
o'zidan karbonat angidridni o'pka orqali chiqarib yuborgach, uning kislorod biJan 
birikish qobiliyati oshadi va o'ziga ko'p miqdorda kislorodni biriktirib, to'qimalarga 


63 
ketadi. To'qimalarda esa qon karbonat angidridga boyib, uning kislorodni biriktirish 
qobiliyati kamayadi va o'zidagi kislorodni to'qimalarga chiqarib beradi. 
Gemoglobinning 
kislorod 
bilan 
birikishiga 
qondagi 
vodorod 
ionlarining 
konsentratsiyasi ham ta'sir etadi. Qancha vodorod ionlarining konsentratsiyasi qonda 
ko'p bo'lsa, gemoglobin o'-ziga kislorodni shuncha kam biriktiradi. 
Gemoglobinning kislorod bilan birikishiga harorat ham ta'sir etadi. Haroratning 
ko'tarilishi qonda kislorodning chiqishini kuchaytiradi. Jismoniy ish vaqtida qonda 
karbonat angidrid ko'payib, to'qima harorati bir oz oshadi, bu esa kislorodning 
qondan to'qimaga o'tishini tezlashtiradi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin