E nuritdinov odam fiziologiyasi


Hazm tizimining boshqarilish qismi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Hazm tizimining boshqarilish qismi.
Hazm tizimining boshqarilish qismiga: 
mahaliiy va markaziy tizimi kiradi. Mahaliiy boshqarish enteral asab tizimi 
(metasimpatik asab tizimining bir qismi) va ma'da-ichak yo'lining endokrin diffuz 
(aralash) tizimi orqali amalga oshiriladi. Hazm tizimining boshqarilishi markaziy 
asab tuzilmalari: orqa miya, miya ustuni, gipotalamus, bosh miya po'stlog'i va boshqa 
hazm markazlariga mansub bo'lgan tizimlar orqali amalga oshiriladi. 
Hazm markazi me'da-ichak faoliyatini uyg'unlantirishdan tashqari ovqat xulq-atvorni 
ham boshqara oladi. Ovqat xulq-atvorning shakllanishi gipotalamus, limbika va bosh 
miya yarim sharlari po'stlog'i orqali boshqariladi. Mahaliiy va markaziy boshqarilish 
o'rtasida, me'da-ichakyo'lidan va markaziy asab tizimidan tashqarida
joylashgan simpatik tugunlar muhim rol o'ynaydi. 
Enteral asab tizimi -- ko'pgina mikroganglionar (kichik tugunlar) tuzilmasining 
yig'indisi bo'lib, me'da-ichak devorida joylashgan va metasimpatik asab tizimining bir 
qismi hisoblanadi. Me'da-ichak yo'lining boshqariluvida mushaklararo (mienteral), 
Auerbax va Meyssner asab tolalari muhim rol o'ynaydi. Ularning tarkibida sezuvchi 
(sensor), effektor va interneyronlar hamda sinapslar mavjud. 
Sut emizuvchi hayvonlar va odamda me'da-ichak neyronlarning miqdori orqa miya 
neyronlarining miqdoriga teng. 
Me'da-ichak yo'lida o'z funksiyalarini bajarib, ko'pgina funksional jarayonlarni 
yuzaga chiqaruvchi neyropeptidlar .ham mavjud. Ularga; xolesistokinin, gastrin-
chiqaruvchi peptid, R moddasi. enkefalin, neyrotenzin, dermorfin, bombezin va 
endorfinlar kiradi. Hozirgi kunda enteral asab tizimi neyronlarida atsetilxolin va 
noopioid neyropeptidlar borligi aniqlangari
Funksional 
nuqtayi 
nazardan 
enteral 
asab 
tizimining 
neyronlari 
qo'zg'aluvchi 
va 
tormozlovchi 
bo'ladi. 
Asosiy 
qo'zg'aluvchi 
neyronlarga 
xolinergik neyronlar kiradi. Tormozlovchi neyronlarga esa xolinergik asab 
hujayralariga bevosita ta'sir qiluvchi adrenergik neyronlar kirib, efektor 
hujayralarni 
faollashtiradi. 
Bugungi 
kunda 
tormozlanish 
jarayonlarida 
peptidergik 
neyronlar 
(masalan, 
vazoaktiv 
intestinal 
peptid) 
qatnashadi 


75 
degan ma'lumotlar ham yo'q emas. 
, , 
Diffuzion endokrin tizimi. Me'da-ichak yo'lida neyronlar to'ridan tashqari yana 
endokrin hujayralari borligi aniqlangan. Ular me'da-ichakning shilliq pardasida va 
me'da osti bezida joylashib, monoaminlar va peptid... tabiatli moddalarga boy. 
Endokrin hujayralarning me'da-ichak yo'llari bo'ylab tarqalganligi sababli ularning 
yig'indisini difiuzion endokrin tizim deyiladi. Shu hujayralarga o'xshagan elementlar 
o'pkada, terida, qalqonsimon bezda, gipofizda, buyrak usti bezining mag'iz qavatida, 
simpatik tugunlarda ham topilgan. Biroq, hujayralarning miqdori va ularning 
tarqalganligi bo'yicha me'da-ichak tizimi birinchi o'rinda turadi. 
Bunday hujayralarning asosiy tiplari va ularning peptidlari .quykla keltirilgan. 
Ularning bir xili yulduzchalar bilan belgilangan, qaysiki peptidlarga o'xshaydi va 
enteral asab tizimi tarkibiga kiradi. Ba'zi hujayralarda (EC,, EC2) peptidlardan 
tashqari serotonin ham topilgan. Me'daning shilliq pardasidagi ba'zi hujayralarida 
gistamin ham bor. 
Me'da-ichak yo'li bo'shlig'ida joylashgan endokrin hujayralardan mexanik yoki 
kimyoviy ta'sirlanish natijasida hamda asosiy boshqaruvchi neyropeptidlarning ta'siri 
ostida gastrointestinal gormonlar ajralib chiqadi. Bunday ta'sirlanish ikki yo'l bilan: 
endokrin va parakrin yo'llari orqali amalga oshadi. Endokrin yo'li bilan fiziologik faol 
modda hujayradan chiqib qon kapillarlariga tushadi, jigarning portal (darvoza) tizimi, 
kichik qon aylanish doirasi, keyinchalik katta qon aylanish doirasidan o'tib, katta 
arterial qon orqali nishon-hujayraga ta'sir etadi. Parakrin yo'li bilan hujayralararo 
bo'shlig'ida ajralgan modda qon aylanish tizimiga tushmasdan bevosita yonida yotgan 
nishon-hujayraga ta'sir etadi. Me'da-ichak funksiyalarini boshqarilishida E va F 
guruhdagi prostoglandinlar muhim ahamiyatga ega. 
Ovqatning fizikaviy o'zgarishlari 
uning mexanik ishlanishi, maydalanishi, 
aralashishi va eruvchanligi oshishidan iborat. 
Kimyoviy o'zgarishlari deganda esa oqsillar, yog'lar va karbonsuvlarning gidroliz 
yo'li bilan parchalanishi bunda yuz beradigan ketma-ket bir qancha bosqichlar 
tushuniladi. Ovqatning kimyoviy o'zgarishlari qator gidrolitik fermentlar ta'sirida ro'y 
beradi. Bu fermentlar uch guruhga bo'linadi: 1) oqsillarni parchalaydigan fermentlar 
proteazalar; 2) yog'larni parchalaydigan fermentlar lipazalar; 3) uglevodlarni 
parchalaydigan fermentlar - karbogidrolazalar. 
Fermentlar hazm bezlarining sekretor hujayralarida hosil bo'lib, so'lak, me'da, me'da 
osti bezi va ichak shiralari tarkibida hazm yo'llariga kiradi. Ovqat moddalarining har 
bir turiga turli fermentlar ketma-ket (ba'zilari oldin, ba'zilari keyin) ta'sir etadi, 
natijada oziqa moddalar ma'lum ketma-ketlikda tobora oddiy kimyoviy 
birikmalargacha parchalana boradi. Shunday qilib, organizmning tirikligi uchun zarur 
bo'lgan barcha oddiy moddalar tashqi muhitda murakkab birikmalar - oqsil, yog' va 
karbonsuvlar shaklida uchraydi. Bu moddalar hazm tizimiga tushib, murakkab hazm 
jarayonlarida parchalanadi va keyinchalik qonga so'riladi. Ovqat moddalarining 
organizmga muntazam kirib turishi, o'zgarishi va o'zlashtirilishi organizm 
tuzilmalarini va ularning tiriklik faoliyatini bir butun qilib turishga imkon beradi. 
Ovqat moddalari organizmga so'rilgandan keyin hujayralar va to'qimalarning tuzilishi 
va energiya berish uchun sarf etiladi. Oqsillarning parchalanish mahsulotlari 
(aminokislotalar va past molekulali peptidlar), yog'larning parchalanish mahsulotlari 
(diglitseridlar va monoglitseridlar, glitserin, yog' kislotalar) va karbonsuvlarning 


76 
parchalanish mahsulotlari (poll - va monosaxaridlar,dekstrina, disaxaridlar va 
monosaxaridlar) shunday moddalar jumlasiga kiradi. Faqat suv, mineral tuzlar va 
ovqatdagi ba'zi organik birikmalar o'zgarmasdan qonga so'riladi. 
Barcha tirik organizmlar moddalar almashinuvining turiga qarab, ikki guruhga - 
avtotrof va geterotrof organizmlarga bo'linadi. Agar avtotrof organizmlarga ko'pincha 
o'simliklar kirsa, geterotrof organizmlarga hayvonlar kiradi. Hayvonlar ovqatlanishi 
uchun zarur bo'lgan organik moddalardan - oqsil, yog' va karbonsuvlarni tayyor holda 
tashqi muhitdan oladi. Hayvon va odam organizmida bu murakkab organik moddalar 
hazm jarayoni orqali oddiy organik moddalarga aylanadi, ulardan keyinchalik 
organizmning o'ziga xos bo'lgan murakkab organik moddalar hosil bo'ladi. 
Hazm a'zolari sekretor funksiya bilan bir qatorda ekskretor funksiyasini ham o'taydi, 
ya'ni modda almashinuvining ba'zi mahsulotlari (masalan, o't pigmentlari) ni va og'ir 
metallarning tuzlarini organizmdan chiqarib tashlaydi. Rus olimi I.P.Rozenkov 
fikricha, hazm a'zolarining ekskretor funksiyasi yana shu yo'sinda namoyon bo'ladiki, 
bu tizimda picha miqdorda oqsillar ishlab chiqariladi, ular keyinchalik 
aminokislotalargacha parchalanadi va bu aminokislotlar esa qonga so'rilib, tegishli 
hujayralarda boshqa oqsillarning sintezlanishida ishtirok etadi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin