E nuritdinov odam fiziologiyasi


OVQAT HAZM QILISH FIZIOLOGIYASI



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

OVQAT HAZM QILISH FIZIOLOGIYASI 
Me'da - ichak yo'lining funksiyalari.
Odam organizmida hazm-bu murakkab 
fiziologik jarayon hisoblanadi,ovqat fizik va kim-yoviy o'zgarishlar natijasida mayda 
zarrachalarga parchalanib,me'da va ichakdan qon va limfa tomirlariga so'riladi. 
Me'da-ichak yo'lining funksiyalari jumlasiga: motor (harakat), sekretor (tashqi 
sekretsiya), inkretor (ichki sekretsiya), ekskretor, so'rish funksiyalari kiradi. 
Motor, sekretor va so'rish funksiyalari hazm tizimining asosiy funksiyalaridir.Hazm 
tizi-mining mushaklari motor yoki harakat funksiyasini bajaradi, shu tufayli ovqat 
chaynaladi, yuti-ladi,hazm yo'li bo'ylab harakatlanadi va hazm bo'lmagan ovqat 
qoldiqlari chiqarib yuboriladi. 
Sekretor funksiya shundan iboratki,bunda tegishli bez hujayralari hazm 
shiralarini:so'lak, me'da shirasi,me'da osti bezining shirasi va o't-safroni ishlab 
chiqaradi. 
Me'da va ichaklar shilliq pardalari orqali hazm bo'lgan va parchalangan oziq 
moddalar bevosita qon va limfaga so'riladi. 
Me'da-ichak yo'lining tuzilishi.Hazm a'zolarining barcha funksiyalari murakkab asab 
va gumoral boshqarish mexanizmlariga bo'ysunadi. 
Odam organizmining energiya va qo'ruvchi (plastik) materiallar bilan ehtiyojini 
uzluksiz qondirib turish uchun ovqat hazm qilish tizimi katta ahamiyatga ega, chunki 
ular tufayli ichki muhit muntazam shakllanib turadi. 
Tuzilishi va funksiyalari nuqtayi nazardan ovqat hazm qilish tizimi ikki: effektor 
(bajaruvchi) va regulator (boshqaruvchi) qismlardan tashkil topgan. Birinchi qism - 
qisqarish (silliq mushaklar hujayralari), sekretsiya (bezlarning sekretor hujayralari), 
membrana gidrolizi va tashilishi (ichak hujayralari - enterositlar)ni amalga oshiriladi. 
Ikkinchi qism esa asab va endokrin elementlardan tashkil topgan bo'lib, hazm tizimi 
faoliyatini neyro-gumoral boshqarilishida ishtirok etadi. 
Hazm tizimining effektor qismi. Hazm tizimining bajaruvchi (effektor) elemenflari 
ovqat hazm qilish yo'li va bezlar yig'indisi tuzilmasini tashkil etib (so'lak bezlari, 


74 
me'da osti bezi, jigar va h.z) me'da ichak yo'li tushunchasi bilan ifodalanadi. 
Me'da - ichak yo'li funksiyalari hazm tizimi faoliyatining eng oxirgi jarayonlarini 
ro'yobga chiqarishga qaratilgan. Ovqat moddalarining gidrolizi 
-oqsillar, 
karbonsuvlar 
va 
yog'larni 
monomerlar 
darajasiga, 
ya'ni 
aminokislotalar, 
monosaxaridlar, monoglitseridlar, glitserin va yog' kislotasigacha parchalanib, ularni 
hazm yo'lidan organizmning ichki muhiti (to'qimalar va hujayralar) gacha yetkazib 
berishdan iborat. Ovqatning hazm bo'lishi, oxirgi mahsulotlargacha parchalanishi 
fizik-kimyoviy o'zgarishlar tufayli yuzaga chiqadi va shu bilan birga u ovqatni to'liq 
hazm qilish va so'rilish ma'nosini ifodalaydi. Bu o'zgarishlar me'da-ichak yo'lining 
sekretor va motor funksiyalari orqali amalga oshiriladi. 
Me'da-ichak yo'lining sekretor hujayralari oqsillar, karbonsuvlar va nuklein 
kislotalarni gidrolitik parchalanadigan fermentlarni ishlab chiqaradi. Ovqat 
moddalarining gidrolizi me'da-ichak bo'shlig'ida boshlanib, ichaklar hujayralarining 
membranalarida, ya'ni hazm va so'rilish jarayonlari sodir bo'ladigan joyga tugaydi. 
Ovqatni me'da-ichak yo'lida harakatlanishi, uning aralashishi, gidrolitik fermentlarga 
duch kelishi va organizmdan chiqib ketishi (ekskretsiyasi) hazm nayining motor 
(harakatlantiruvchi) funksiyasi tufayli amalga oshiriladi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin