E nuritdinov odam fiziologiyasi


So'lakning tarkibi va xossalari



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

So'lakning tarkibi va xossalari 
So'lakda 
suv, 
anorganik 
va 
organik 
moddalar 
bor. 
Suv 
so'lakning 
94,4-99,5% ni tashkil qiladi, organik va anorganik moddalar 0,5-0,6% 
chamasida bo'ladi. Anorganik moddalarga xloridlar, fosfatlar, 
bikarbonatlarning natriy, kaliy, kalsiyli tuzlari, organik moddalarga -mutsin, globulin, 
fermentlar, aminokislotalar, kreatin, siydik kislota va mochevina kiradi. Bundan 
tashqari, so'lakda gazlar (N02 va C02) ham bo'ladi. 
So'lak reaksiyasi ishqoriydir (pH=5.8-7.4). So'lak tarkibidagi oqsillar va fermentlar 
ovqat moddalarini parchalaydi. 
So'lak fermentlari 
So'lakni silliqlashda ishtirok etadigan oqsil - mutsin deyiladi. U ovqat bilan aralashib, 
uni yutilishini qo'lay holga keltiradi. Odam so'lagida amilotik fermenti- ptialin 
(amilaza, diastaza) bo'ladi. Bu ferment kraxmalga tasir etib, uni dekstrinalarga va 
disaxarid - maltozaga parchalantiradi. Ikkinchi bir ferment - maltaza disaxarid 
maltozaga ta'sir etib, uni glukozaga aylantiradi. Bu fermentlar ishqoriy, neytral va 
nofaol kislotali sharoitda ta'sir etadi. 
Fermentlar asosan quloq oldi va jag' osti bezlarida ishlab chiqariladi. Ovqat og'izda 
qisqa vaqt turganligi uchun ptialin karbonsuvlarni oxirigacha parchalab ulgura 
olmaydi. Uning ta'siri me'dada ham davom etib, ovqat 
ichiga kislota kirguncha davom etadi. Me'da shirasidagi kislota ovqatga tasir 
qilgandan keyin ptiaJin karbonsuvlarga ta'sir etmay qo'yadi. 
Odam so'lagida ptialin va maltazadan tashqari fermentga o'xshagan modda lizosim 
ham bo'ladi .Bu modda mikroblarni o'ldirish xususiyatiga ega. Odamda bir kunda 
ishlab chiqariladigan so'lak miqdori o'rtacha 1,5 1 ni tashkil qiladi. Ba'zan o'txo'r 


78 
hayvonlarda esa (masalan, ot, sigir) bir kunda 46-60 1 gacha so'lak ishlab chiqariladi. 
So'lak bezlarining innervatsiyasi. 
So'lak chiqadigan qitiqlagich ovqat bo'lib, bu ta'sir natijasida tez so'lak ajralib 
chiqadi. Qitiqlagich ta'sir etishi bilan so'lak chiqquncha bo'lgan vaqt yashirin yoki 
latent davr deyiladi. Bu vaqt 2-3 soniyani tashkil etadi. 
So'lakning tarkibi og'izga tushadigan moddalarning fizik va kimyoviy xususiyatlariga 
qarab har xil bo'ladi. Quruq ovqatlarga so'lak ko'p ajraladi. Shuningdek kislota va 
ishqoriy reaksiyali ovqat moddalariga ham ko'p miqdorda va suyuq so'lak chiqadi 
Bundan ma'lumki, so'lak bezlarining ishi ovqat turiga qarab o'zgarib turadi. 
So'lak chiqishi reflektor jarayondan iborat bo'lib, markaziy asab tizimi orqali 
boshqariladi. Og'izga ovqat tushishi bilan undagi sezuvchi asab uchlari qitiqlanadi
ta'sirot markazga intiluvchi asab tolalari orqali markazga borib, keyin so'lak bezlariga 
keladi va so'lak ajrata boshlaydi. Og'iz shilimshiq qavatining bir qismida o'rnashgan 
retseptorlar kimyoviy qitiqlagichlarga sezgir bo'ladi. Achchiq va sho'r moddalar til 
tubidagi retseptorlar orqali so'lak chiqaradi. Termoretseptorlar butun til ustida, 
mexanoretseptorlar esa til uchi, til tubi, tanglay va yuqori labda joylashgan bo'ladi. 
So'lak bezlariga keluvchi til asabi, til - tanglay asabi, sayyor asabning tolasi va 
nog'ora tori asabi sezuvcni asablardir. 
Har bir s.o'lak bezi simpatik va adashgan asab bilan ta'minlangan. Jag' osti va til osti 
bezlariga nog'ora tarkibiga o'tib boradigan adashgan asab tolalari keladi. Quloq oldi 
bezlari til-halqum asabidan adashgan tolalar oladi. Adashgan asablarda so'lak 
chiqaruvchi va tomirlarni kengaytiruvchi tolalar bo'ladi. Simpatik asablar so'lak 
bezlariga ustki bo'yin simpatik tugunidan boradi. Adashgan asablar, xususan, nog'ora 
tori qitiqlangan vaqtda ko'p miqdorda-suyuq so'lak chiqadi. Simpatik asab 
qitiqlanganda esa organik moddalarga boy bo'lgan quyuq so'lak ajraladi. Agar 
simpatik va adashgan asablar uzoq vaqt qitiqlansa, ajraladigan so'lakda organik 
moddalarga boy so'lak ajraladi. Har ikki asab bafavariga qitiqlanganda ham shu hoi 
yuz beradi. 
Asablarning qitiqlanishi natijasida so'lak ajralishining oddiy filtratsiya jarayonidan 
iborat bo'lmay, markaziy asab tizimi va sekret chiqaruvchi hujayralarning faolligi 
natijasida vujudga keladigan murakkab fiziologik jarayondir. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin