E nuritdinov odam fiziologiyasi


Me'daning harakat (motor) funksiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Me'daning harakat (motor) funksiyasi 
Me'dadagi ovqatni shira bilan aralashishi, harakati me'daning chiqish qismiga qarab 
siljishi uning motor funksiyasi tufayli amalga oshiriladi. Me'da devorida silliq 
mushaklar bo'lib, ular kuchsiz taranglangan holatda (tonusda) turadi. Bu me'da 
bo'shlig'ida doimo bosim bo'lishini ta'minlaydi. Me'dada ovqat bo'lmaganda ham 
uning devori davriy harakatlanib turadi. Bunday harakat 10-15 daqiqa davom etadi va 
har 1,5-2,0 soatda takrorlanadi. 
Shunday qilib, me'da devoridagi shilliq mushak tolalarining qisqarishi me'daning 
motor funksiyasini, ya'ni harakat funksiyasini ta'minlaydi.Buning ahamiyati 
me'dadagi ovqatni aralashtirib undan ichakka o'tkazishdan iborat. 


81 
Ovqatning ichakka o'tishini boshqarishda pilorik sfinktcr muhim rol o'ynaydi. Pilorik 
sfinkter me'daning pilorik qismi oxirida bo'lib, me'dadan chiqish qismini berkitib 
turadi. Prepilorik sfinkter esa me'daning fundal qismi bilan pilorik qismi orasida 
bo'ladi. 
Me'da devorining to'lqinsimop (peristaltik) harakati natijasida ovqat me'daning kirish 
qismidan chiqish (pilorik) qismi tomon suriladi va ovqat luqmalari holida o'n ikki 
barmoq ichakga o'tadi. 
Me'da devorining harakati asab va gumoral yo'l bilan boshqariladi. Asab yo'li bilan 
boshqarilishda simpatik asab tolalari qo'zg'alishi me'da devori harakatini susaytiradi, 
adashgan tolalar qo'zg'alishi esa kuchaytiradi. Me'da devorining harakatini 
boshqaradigan markazlar markaziy asab tizimining turli bo'limlarida uzunchoq miya, 
gipotalamus, limbika gumbazida joylashgan. 
Me'da devori harakatining gumoral yo'l bilan boshqarilishida gastrointestinal 
gormonlar katta ahamiyatga ega. Gormonlardan gastrin, motilin, serotonin, insulin, 
gistamin, xolin me'da harakatini kuchaytiradi, sekretin, xolesistokinin, pankreozimin 
esa, sekinlashtiradi. 
Qusish 
Qusish - organizmga kirgan zarrali moddalaming organizmdan chiqib ketishiga 
yordam beradigan himoya jarayonidir. Qusish vaqtida avval ingichka ichak devorlari 
qisqarib, ularning ichidagi aralashma massa orqaga qarab (antiperistaltik harakat) 
qaytadi va me'daga qayta chiqadi. So'ngra me'daning kirish qismi keng ochiladi va 
diafragma bilan qorin devorining zo'r berib qisqarishi tufayli me'da ichidagi massa 
qizilo'ngachga otilib chiqadi, u yerdan esa og'izga o'tib, tashqariga chiqadi. 
Qusish reflektor jarayon bo'lib, tomoq, til ildizi, me'da, ichak shilliq pardasi va 
shunga o'xshashlarning ta'sirlanishi kelib chiqadi. Retseptorlar ta'sirlanganda paydo 
bo'ladigan qo'zg'alish uzunchoq miyadagi qusish markaziga boradi va u yerdan 
makkazdan qochuvchi asablar orqali mushaklarga (qusish vaqtida qisqaradigan 
mushaklarga) keladi. 
Qonga yoki terining ostiga apmorfin yuborib, kishi yoki hayvonni qustirish mumkin. 
Uzunchoq miyani aylanib o'tadigan qonda shu modda paydo bo'lsa, qusish markazi 
qo'zg'aladi. 
Odam nafas chiqarib turib qusadi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin