79
Ovqat qizilo'ngachga o'tgandan keyin qizilo'rtgach
mushaklarining birin-ketin
qisqarishi natijasida u yuqoridan pastga qarab suriladi. Odam qizilo'ngachi 25-30 sm
uzunligidagi naydan iborat bo'lib, uch qavat to'qimadan - shilimshiq qavat, mushak
va biriktiruvchi to'qima qavatlaridan tuzilgan. Qizilo'ngachning
ustki qismi
ko'ndalang - chiziqli, ostki qismi esa tekis tolali mushaklardan tuzilgan. Ovqat
yutmagan vaqtda bu mushaklar bir oz qisqargan holda bo'ladi,
ovqat yutish vaqtida
esa mushaklar bo'shashib, qizilo'ngach kengayadi. Agar suyuq narsa yutilsa, suyuqlik
kengaygan qizilo'ngachdan 2-3 soniyadan o'tadi. Quyuq ovqat yeganda esa,
qizilo'ngach devori to'lqinsimon (peristaltik) qisqarib ovqatni me'da tomonga itaradi.
Qizilo'ngach adashgan asabdan innervatsiya oladi: bu asab ta'sirlanganda qizilo'ngach
harakatga keladi. Ikkala adashgan asab qisqarilganda harakatlari qisman falajlanadi.
Mushuklar ustida o'tkazilgan tajribalar shuni ko'rsatdiki, adashgan asablar
qisqargandan 9-24 soat keyin qizilo'ngachning silliq mushak tolalaridan tarkib topgan
o'rta va pastki qismlari yana harakatga keladi, uning ko'ndalang-targ'il mushaklardan
tuzilgan yuqori qismi esa falajlanganicha qoladi. Ehtimol, qizilo'ngachning
pastki
qismidagi silliq mushaklar orasida asab hujayralari borligi tufayli bu qismi yana
harakatga kelib ketsa kerak. Simpatik asablarning ta'sirlanishi ham qizilo'ngach
mushaklarini qo'zg'atadi.
Yutish harakatlari bo'lmaganda me'daning kirish qismi (kardial qismi) berk turadi.
Ovqat qizilo'ngachdan o'tayotganda uni cho'zadi va me'dani kirish qismi refleks yo'li
bilan ochiladi. Odam qusganda me'da, qorin mushaklari va diafragmaning keskin
qisqarishi tufayli ham kardial mushaklari bo'shashadi.
Dostları ilə paylaş: