E qosimov, M. Akbarov


Toshqol eritmasidan ishlangan buyumlar



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə68/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   156
Toshqol eritmasidan ishlangan buyumlar. Temir rudasini eritib cho‘yan olganda, eritma sirtiga suyuq toshqol ko‘tariladi. Undan turli buyumlar ishlanadi. Bunday buyumlar pollar qurilishida, qoplama plitalar sifatida va zararli muhitda ko‘p ishlatiladi.
Pardozbop rangli va rangsiz simli taxta oynalar sanoat korxonalari, zavod va zarb bilan ish yurituvchi sex derazalari uchun ishlatiladi. Shuningdek, bino va inshootlarning ichki xonalarida to‘siq sifatida ham ishlatiladi. Bunday taxta oynalarni ikki yoki bir tomoni tekis yoki bezakli shtamplangan bo‘ladi.
Vitrina oynasi ikki xil markada ishlab chiqariladi: yaltiratilgan markasi M7 va yaltiratilmagani M8. Qalinligi 6,5—12 mm, yuzasi 30006000 mm2 o‘lchamlarga ega. Jamoat binolari, ko‘rgazma vitrinalari va derazalarini qurishda ishlatiladi. Nur o‘tkazuvchanligi 75—83% ga teng.
Ma’lumki, oddiy oynalar ultrabinafsha nurlarni o‘tkazmaydi. Bu kamchilikni uveoloviye oynalarini ishlatish natijasida bartaraf etishimiz mumkin. Uveoloviye oynalari inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan 280—320 Nm uzunlikdagi ultrabinafsha nurlarni o‘tkazadi va infraqizil nurlarning bir qismini o‘tkazmaydi. Bunday xususiyatga ega bo‘lgan oynalar maxsus tarkibdagi — silikatli, bo‘r-silikatli va fosfatli xomashyolardan olinadi. Oynalarning ultrabinafsha nurlarni o‘tkazishi nafaqat oynaning tarkibiga, balki qalinligiga ham bog‘liqdir. Uveoloviye oynalarining samaradorligi qalinligi kamayishi xisobiga oshib boradi. Ularning uzoqqa chidamliligi ishlatilish jarayonida ultrabinafsha nurlarni o‘tkazish qobiliyati bilan baholanadi.
Masalan, bo‘r-silikatli va fosfatli oynalarning ultrabinafsha nurlarni o‘tkazmasligi atigi 5% ni tashkil etishi mumkin. Biroq, ba’zi ishqorli oynalarda bu ko‘rsatkich Na2O miqdoriga qarab 30% gacha kamayishi mumkin. Bunday oynalarni qizdirganda ularning ultrabinafsha nurlarini o‘tkazish qobiliyati asta-sekin yaxshilanadi. Bunday holatlarda ularni qizdirish jarayoni 300—450°C haroratda 2—10 soat davom etishi mumkin.
Ultrabinafsha nurlari qog‘oz, mato, lok va bo‘yoqlarga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun kutubxona, muzey va yuk xonalarda ultrabinafsha nurlarini yutuvchi oynalar ishlatilishi kerak.
Ultrabinafsha nurlarini yutuvchi oynalarning 2 turi — bo‘yalgan oynalar va temir, mis va qalay oksidli pardalar bilan qoplangan oynalar mavjud. Birinchi turi — rangsiz oyna 360—370 Nm uzunlikdagi ultrabinafsha nurlarini yutadi. Ikkinchi turdagi oynalar sariq rangda bo‘lib ultrabinafsha nurlarini to‘la yutadi.
Hozirgi kunda yarim yaltiroq qoplamali oynalar ko‘plab ishlatilmoqda. Ularda ishlatiladigan qoplama pardalar rangsiz va rangli bo‘lishi mumkin. Rangsiz oynalarning yuzasiga temir, kobalt, mis va titan pardalarini qoplash natijasida qaytaruvchi qoplamalar olish mumkin bo‘ladi. Agar yuza aluminiy va kumush oksidlari bilan qoplansa oyna yarim yaltiroq ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bunda qoplama pardalarning qalinligi 0,1—0,6 mkm ni tashkil etadi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin