E qosimov, M. Akbarov


Issiq nurlarni qaytaruvchi taxta oyna



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə69/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   156
Issiq nurlarni qaytaruvchi taxta oyna yuzasiga qalinligi 0,3—1 mkm ga teng bo‘lgan temir oksidi yoki yupqa pardalar bilan qoplanadi. Bunday oynali romlar bilan to‘silgan bino va inshoot xonalariga tushadigan quyosh nurini 30—70% qaytariladi. Bu esa Markaziy Osiyo hududiga xos quriq-issiq muhit uchun katta ahamiyatga ega. Nur qaytaruvchi oynalarning tashqi yuzasi har xil ranglarda bo‘lishi mumkin. Taxta oynalar sirtiga qoplanadigan temir yoki oksidlarni rangi sariq, tilla va havoranglarda bo‘lishi mumkin. Xona ichiga o‘tadigan quyosh nuri o‘zini tabiiylik xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Hozirgi vaqtda shisha buyumlar yuzasini (taxta derazabop oyna, avtomashina oynalari va h.k.) turli ranglar bilan vakuum ostida qoliplash keng tarqalgan.
Bino va inshootlarning xonalarini quyosh nuridan himoyalashda infraqizil spektrni qaytaruvchi oynalardan foydalaniladi. Bunday oynalar quyosh nurining 30% ini qaytaradi. Agar oyna yuzasini temir oksidi bilan qoplansa, unda issiqlikni qaytaruvchi oyna olish mumkin bo‘ladi. Bunday pardani hosil qilish uchun oltin, kumush, aluminiy, nikel, xrom va misni katodli sepish usulidan foydalaniladi. Ulardan issiqlikni eng samarali qaytaradigani qalinligi 0,1—0,2 mkm bo‘lgan oltin oksidli parda bilan qoplangan oyna hisoblanadi.
Hozirgi kunda polimer asosdagi qaytaruvchi pardalar yaratilmoqda. Ularni 20—40 mkm qalinlikda 3 qatlam qilib sepish va orasiga yarim yaltiroq aluminiy oksidi pardasini sepish oynaning nur o‘tkazuvchanligini 17 dan 37 % gacha va issiqlikni qaytaruvchanligini 38 dan 60% gacha oshiradi.
Taxta oyna yuzasining rangi bir tekis bo‘lgunga qadar (tanirovka) temir oksidi ionlari sepiladi. Qoplama ashyolar sifatida juda yupqa oltin va mis, nikel-xrom (kumushrang) hamda platina kabi oksidlar ishlatiladi. Nur qaytaruvchi oynalar quyosh nurida deyarli isimaydi. Chunki, bunday oynalar infra qizil nurlarning bir qismini (41% ni) yutadi, qolganini esa xonaga o‘tkazadi. Shuningdek, sovuq ob-havoda xonadagi issiqlikni saqlash xususiyatiga ega.
Issiq nurni yutuvchi shisha buyumlari ham bino va inshoot xonalaridagi issiqlikni saqlash xususiyatiga ega. Bunday taxta oynalar bir ozgina ko‘kish — havorang bilan qoplangan bo‘ladi.
O‘zbekistonning janubiy hududlarida issiqlikni yutuvchi taxta oynalarni ishlatish tavsiya qilinadi. Bunday oynalar ikki qatlamli derazalarning tashqi qatlamiga qo‘yiladi, chunki tushayotgan quyosh nuri xonani yaxshi isitishi kerak. Bunday oynalarning xususiyatlari beriladigan bo‘yoq turi oynaning tarkibi, quyosh radiatsiyasi va shamolga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pchilik xususiyatlari bilan issiqlikni yutuvchi oynalar uveoloviye oynalariga o‘xshaydi.
Oddiy shisha buyumlaridan farqi shuki, nur yutuvchi taxta oynalar tarkibida kobalt, nikel hamda temir oksidlari bor. Bunday taxta oynalar quyoshni 70—75% infraqizil nurlarini o‘ziga yutadi. Oddiy taxta oynalar esa 20—25% gina infraqizil nurlarni yutadi (5.5-rasm).
Katta miqdorda issiqlik nurini yutishi hisobiga bunday taxta oyna qiziydi va ichki zo‘riqishi oshadi.
Oynaning erkin holati haroratning o‘zgarishi hisobiga kengayishi va kirishishi uchun o‘rnatiladigan romdagi choklar kattaroq qilib joylanadi.
Agar qo‘sh oynali rom o‘rnatilsa, uning tashqi qatlamiga issiqlikni yutuvchi, ichkisiga esa oddiy taxta oyna o‘rnatiladi.
Inson salomatligiga foydali bo‘lgan ultrabinafsha nurlarni 25 dan 75% gacha o‘tkazadigan oyna tarkibida temir, titan, xrom oksidlari juda oz miqdorda bo‘lishi kerak. Bunday taxta oynalar shifoxona, bolalar uyi va oranjereyalarning deraza romlari uchun ishlatiladi. Ikki tomondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinmaydigan nurni yoyuvchi oynalar deraza romlar, eshik va parda devorlar uchun ishlatiladi. Bunday taxta oyna sovishidan oldin o‘yma bezak beruvchi gorizontal prokat usulda ikki valetslar orasidan o‘tadi va yaltiratiladi. Taxta oynaning bir tomoniga bosim bilan mayda qum sepiladi va oyna xiralashib o‘zaro ko‘rinmaydigan bo‘ladi.
Binolarni me’moriy-bezaklar bilan pardozlashda rangli taxta oynalar keng qo‘llanilmoqda. Rang berishda shisha massaga turli temir, mis, kadmiy va h.k. oksidlar qo‘shiladi. Ranglarning bir necha ming tuslari mavjud.
Masalan, 2-3 bo‘yoqlardan har xil rangli oynalar olish mumkin. Bunda rang qatlamining chiziqli kengayishi muhim ahamiyatga ega. Yupqa rang qatlamlari yorilishi ham mumkin. Qo‘shilgan rangning tusi o‘zgarishi bilan qalinligi ham o‘zgaradi. Agar rang kobalt oksidini qo‘shish natijasida o‘zgargan bo‘lsa, uning qalinligi 0,1-0,2 mm dan oshmaydi. Agar qizil rang qo‘shilgan bo‘lsa, uning qalinligi 1 mm ni tashkil etadi, chunki yupqa qatlam bilan qizil rang olish mumkin emas.
Rangli shishalarning yorug‘likni o‘tkazish koeffitsienti rang qatlamining qalinligiga va turiga bog‘liq (5.2- jadval).
5.2-jadval

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin