E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə72/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   156
Vitraj. Me’morchilikda bezakbop rangli shishalarni ishlatish qadimiy bino va inshootlar qurilishidan ma’lum. Mozaikali bezaklar devor va shiplarda ko‘p qo‘llanilgan. Bunda qaytaruvchi oynalar ham ishlatilgan. Qaytaruvchi oynalar birinchi bo‘lib Venetsiyada XIV asrda paydo bo‘lgan.
Rangli shishalarni ishlatishda asosiy o‘rinni bezakbop vitrajlar egallagan. Vitrajlar yelimlangan rasm fragmentlaridan tashkil topadi. O‘rta Osiyoda rangli vitrajlarning qo‘llanishi qadimdan ma’lum. Mutaxassislar bir qancha namunaviy, ko‘ngilni ko‘taruvchi va tinchlantiruvchi vitrajlarni yaratganlar.
Hozirgi kunda vitrajlarning yangi turlari temir-beton va polimer temir-betonlar bilan birgalikda tayyorlanmoqda. Zamonaviy vitrajlarda rangli plitalar va shisha bloklar ko‘plab ishlatilmoqda. Quruvchilarda katta o‘lchamdagi taxta oynadan tayyorlangan armaturali, yelimlangan va bezak usulidagi vitrajlar katta qiziqish uyg‘otadi. Bulardan eng ko‘p tarqalgani yelimlangan ko‘p qavatli shisha konstruksiyalar hisoblanadi.
Shisha ashyolari guruhiga kiruvchi, tarkibida kremnezem va ishqorli temir oksidi bo‘lgan shishasimon eritmaning qotgan holati eruvchan shisha deb ataladi. Oddiy shishadan farqi, natriyli yoki kaliyli erituvchan shisha suvda eriydi va yelimli suyuq shishaga aylanadi. Suyuq shisha qurilish ashyolari ishlab chiqarishda va qurilish ishlarida keng ishlatiladi. Silikat va boshqa sementlarga nisbatan, suyuq shishani yelimlash (bog‘lovchi) qobiliyati 3—5 barobar yuqoridir. Suyuq shisha qalin qog‘oz, yog‘och, silikat ashyolarini, konstruksiya qismlarini hamda shishani temir bilan yelimlashda ishlatiladi. Kuydirmay olinadigan ishqorli- toshqol sementlarga suyuq shisha qo‘shib mustahkamligi 1200 MPa gacha bog‘lovchi olish mumkin. Tashqi va ichki devorlarni pardozlashda ishlatiladigan silikat bo‘yoqlar olishda erituvchan shisha asosiy xomashyo vazifasini o‘taydi. Yog‘och va maxsus gazlamalarni o‘tga chidamli qilish uchun ular suyuq shisha bilan qayta ishlanadi. Bino va inshootlarning poydevor hamda hovuz asoslarini puxtalashda, tonnel va boshqa yer osti qurilmalarni sho‘r suvlardan saqlashda ham eruvchan shisha ishlatiladi.



Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin