E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə76/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   156

Sinov savollari


  1. Shisha nima va qanday xomashyolardan olinadi?

  2. Shisha ishlab chiqarishning umumiy texnologiyasi va fizik-mexanik xossalari haqida izoh bering.

  3. Issiqlikni saqlovchi yengil shisha, shishasimon ashyolar va buyumlar to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  4. Pardozbop shisha ashyolar nima?

  5. Inson organizmiga foydali nurlarni o‘tkazuvchi va zararli nurlarni yutuvchi shisha ashyolar.

  6. Tabiiy tosh va toshqoldan olinadigan shishasimon ashyolarni izohlang.

  7. Shisha chiqindilaridan qanday ashyolar olinadi?

  8. O‘zbekistonda shisha ishlab chiqarish.


  1. bob



ANORGANIK BOG‘LOVCHI MODDALAR
SEMENT SANOATINING TASHKIL TOPISHI
Bog‘lovchi moddalarning bundan 4-5 ming yil avval sun’iy yo‘l bilan hosil qilinganligi ma’lum. Misr, Gretsiya, Rim va Vavilonda ohak qorishmasi va gidravlik qo‘shilmalardan tayyorlangan beton inshootlar hozirgi davrgacha saqlanib kelmoqda. Misr va Mesopotamiyada bundan 5-6 ming yil avval yasalgan shisha buyumlar topilgan.
Sementning ixtiro qilinishi beton xossalarining yaxshilanishiga, binobarin, qurilish texnikasida yangi davr ochilishiga olib keldi. Gidrotexnik inshootlar qurish zarurati suvga chidamli bog‘lovchi moddalar izlanishni talab etsa, temir-beton konstruksiyalarning qurilishda keng ishlatilishi portlandsementning yangi, tez qotuvchi, mustahkam turlarini yaratish ehtiyojini tug‘dirdi. Sementning sho‘r suv ta’sirida buzilishi aniqlangach, bu boradagi tadqiqotlar natijasida, yangi sement turi — sulfatga chidamli portlandsement ixtiro qilindi.
Angliyalik tadqiqotchi Jozefo Aspdin shu sohada ish olib borgan. U 1824-yilda yaratgan «sun’iy tosh ishlab chiqarishning takomillashgan usuli» ishi uchun patent oldi. Bu sun’iy tosh Portland shahri yaqinida qazib olinayotgan portland toshiga o‘xshaganligi sababli portlandsement deb atalgan.
Rus harbiy texnigi Yegor Cheliyev suvga chidamli sementning yanada takomillashgan turini yaratish xususida izlanish olib borib, 1825-yilda juda muhim ixtiro qildi. Ohak bilan tuproq aralashmasi 1200—1300°C gacha, ya’ni oqarib toblana boshlagunga qadar kuydirilganda o‘zaro yopishib pishgan «kesaklangan» mahsulot (klinker) hosil bo‘ldi. Uni tuyib suvga qorilsa, suvga chidamli va ajoyib mexanik xossaga ega bo‘lgan toshga aylanadi.
Hozir dunyoning 120 dan ko‘p mamlakati sement ishlab chiqaradi. Biroq bu sohada yetakchi mamlakatlar 15 ta bo‘lib, ular butun dunyo sementining 85% ini, shundan 5 mamlakat 50% ini yetkazib beradi.
1926-yilning iyunida O‘zbekistonning Bekobod shahrida ilk bor sement ishlab chiqarila boshlandi.
Bog‘lovchi moddalar organik, anorganik (yoki mineral) va organik-mineral (aralashgan) guruhlarga bo‘linadi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin