QORISHMANING ASOSIY XOSSALARI Qorishmaning joylanuvchanlik bilan yoyiluvchanlik kabi xossalari uni ishlatish uchun qulay bo‘lishligini ta’minlashi kerak. Tayyorlangan qorishmaga standart konusning qancha chuqurlikka botishiga qarab, uning yoyiluvchanlik ko‘rsatkichi topiladi. Standart konusning uchidagi burchagi 30° bo‘lib, og‘irligi 300 g dan oshmaydi. Konusning uchi qorishma sirtiga tekkizilgan holda erkin cho‘ktiriladi va strelka uning qancha santimetrga botganligini ko‘rsatadi.
Qorishmani qoniqarli yoyiluvchanlikda tayyorlash uchun unga sovun suvi, sulfit spirt bardasi va h.k. organik plastifikatorlardan 0,1-0,3% miqdorda qo‘shish kerak. Qorishma uchun anorganik qo‘shilmalarning miqdori tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Qorishmaning mustahkamligi ham beton singari bog‘lovchining faolligi, suv-sement nisbati, zichligi va qotish sharoiti kabi holatlariga bog‘liq.
Pardozbop qurilish qorishmalari mustahkamligi bo‘yicha quyidagi markalarga bo‘linadi: 4, 10, 25, 50, 75,
100, 150, 200, 300. Ko‘p yuk tushadigan konstruksiyalarda (ustun, to‘sinlar), markasi 50 dan yuqori bo‘lgan qorishmalar ishlatiladi. Binolarning tashqi devorlarini terishda markasi 50 dan kam bo‘lgan qorishmalarni ham ishlatsa bo‘ladi.
Qorishmadan tayyorlangan standart namunani qayta-qayta suvga to‘la shimdirish va muzlatish usuli bilan sinab, uning muzlashga chidamlilik darajasi markasi 10, 15, 25, 35, 50, 100, 150, 200 va 300 sikl aniqlanadi. Qorishma joylanadigan asosning xossasiga, uning qotish sharoitiga va havoning haroratiga bog‘liq holda qorishmaning yoyiluvchanlik ko‘rsatkichi 7.1-jadvalda ko‘rsatilgan.
7.1-jadval
Qorishmaning yoyiluvchanligi
I shlatilishi
Qorishmaga cho‘ ktirilgan konusning ko‘ rsatkichi yoki yoyiluvchanlik, sm
Asos g‘ ovak yoki havo issiq
bo‘ lganda
Asos zich yoki havo sovuq
bo‘ lganda
G‘ isht terishda
8—10
6—8
Toshqolli bloklarni terishda
7—9
5—7
Qo‘ l kuchi bilan zichlangan xarsangtoshni terishda
6—7
4—5
Xarsangtosh titratish asboblari
bilan qorishmaga cho‘ ktirilganda
2—3
1—2
Muttasil namlik ta’sirida va zararli muhit bo‘lgan joylarda mustahkamligi 10-20 MPa bo‘lgan gidravlik qorishmalar ishlatiladi. Bog‘lovchi sifatida portlandsement, toshqolli yoki putsolan sementlar ishlatiladi. Vaqti-vaqti bilan suv ta’sirida bo‘ladigan konstruksiyalarni qurishda qorishmaga gidrofob plastifikatorlar qo‘shiladi.
Amalda ko‘p ishlatiladigan gidravlik qorishmalarning tarkibi 7.2-jadvalda keltirilgan.
7.2-jadval