Tarkibi 1:1:4 nisbatda tayyorlangan ГKЖ-10 va ГKЖ-11 KO suyuqliklari qo‘shilgan suvoqbop qorishmaning suv shimuvchanligi va suv o‘tkazuvchanligi ГKЖ suyuqliklari qurilish qorishmalarini mayinligini yaxshilash hisobiga ularning siqilishdagi mustahkamligini 30-40% gacha oshiradi. Ohak : qum qorishmasiga ГKЖ suyuqliklarini ta’siri ham o‘rganilgan. Izlanishlar shuni ko‘rsatdiki ГKЖ suyuqliklari sementsiz qorishmalarni ham suv shimuvchanligini va suv o‘tkazuvchanligini kamaytirar ekan.
7.4-jadval
Har xil tarkibdagi ГKЖ suyuqliklari qo‘shilgan suvoqbop qorishmaning suv shimuvchanligi va suv o‘tkazuvchanligining o‘zgarishi (ГKЖ-10 sement og‘irligiga nisbatan 1,5%)
KREMNEORGANIK SUYUQLIKLARNING XOSSALARI
Qurilish qorishmalarining qayishqoqligini, suv yuqtirmasligini oshirishda asosan natriy alkilsilikonati va polietilgidrosilaksan suyuqligi ishlatiladi.
Alkilsilikonat suyuqliklari ichida qurilishda eng keng tarqalgan natriy etilsilikonati (ГKЖ-10) va natriy metilsilikonatidir (ГKЖ-11). Bunday suyuqliklar ishqor reaksiyasiga ega bo‘lib, suv va etil spirtida oson eriydi. Ammo, uglevodorodlar bilan aralashmaydi va erimaydi.
Uni ishlatish inson uchun zararli emas. Natriy alkilsilikonatining xossalari:
zichligi (20°C da, g/sm3) — 1,2;
kremniy miqdori (% dan ko‘p) — 4;
ishqor miqdori (% da) — 15;
quruq qoldiq; (% da) — 30;
suv yuqtirmasligi (soatgacha) — 3.
Alkilsilikonatlar qo‘shilgan qorishma yoki betonning muzlash harorati past bo‘ladi. Natriy alkilsilikonatlari 30% eritma sifatida maxsus idishlarda saqlanadi. Ishlatishdan oldin unga suv qo‘shilib 3 dan 5% gacha eritma tayyorlanadi. Alkilsilikonatlarning eritma darajasi 5% oshib ketsa, beton yoki suvoq yuzasida oq dog‘lar paydo bo‘ladi. Uni suvda eruvchanligi ishlatishda ancha qulayliklar tug‘diradi. Saqlash muddati 4-5 yil.
Polialkilgidrosilakson suyuqligi (ГKЖ-94) suvda erimaydi, ammo benzin, toluol, uayt-spirt kabi organik eritmalarda oson eriydi. ГKЖ-94 dan yuqoridagi eritmalar asosida 1—10% li suyuqlik yoki 1—15% ГKЖ-94 suvi tayyorlanadi. ГKЖ-94 suvini tayyorlash uchun 50 qism (og‘irlik hisobida) ГKЖ-94, 49 qism suv va 1 qism emulgator (jelatin, kir yuvish kukuni) torozida tortiladi va minutiga 8000—10000 marta aylanadigan qorgichda aralashtiriladi. ГKЖ-94 suvida cho‘kindi paydo bo‘lsa, uni bir ozgina chayqatilsa, suyuqlik yana qayta holatiga qaytadi.
ГKЖ-94 suyuqligi ishqorli ashyolarni muhofaza qilishda keng ishlatiladi. ГKЖ-94 suyuqligining asosiy xossalari:
— zichligi (20°C da, g/sm3) — 0,99-1,0;