Differentsial diagnostika Elers Danlo sindromi tiplari orasida o‘tkaziladi (10-
jadval).
Mukovistsidoz.
Mukovistsidoz – autosoma-retsessiv tipda irsiylanuvchi monogen kasallik bo‘lib,
uning uchrash chastotasi chaqaloqlar orasida yevropa mamlakatlarida 1:2500 ga
teng.
Etiologiyasi va patogenezi. Mukovistsidoz geni transmembran regulyator gen
(MVTR) deb ataladi, 7-xromosomaning uzun yelkasida joylashganligi (7q31-32)
aniqlangan. MVTR ekzokrin bez hujayralarida elektrolitlar transportini, ya`ni Na
+ va Cl- almashinuvini boshqaradi. MVTR geni mutatsiyasi sintezlanadigan oqsil
strukturasi va funksiyasini buzilishiga sabab bo‘ladi natijada ekzokrin bez
hujayralari syekryeti quyuqlashib yopishqoq bo‘lib qoladi. Buning natijasida
oshqozon-ichak, oshqozon osti bezi va o‘pkada kasallik belgilari namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |