284
Texnologik yoyilishlar qanchalik katta va ular ijtimoiy siyosat uchun nimani
bildiradi? Bu muhim savol, chunki texnologik rivojlanish nega hayot darajasi
davriy ravishda o`sishiga sababdir. Ammo bu qiyin
savol ham hisoblanadi va
buning ustida iqtisodchilar ko`pincha kelishishmaydi.
Ba’zi iqtisodchilar texnologik yoyilishlar tarqaluvchi va shuning uchun
hukumat eng ko`p yoyilish qiluvchi sanoatlarni qo`llab-quvvatlashi kerak deb
ishontirishadi. Masalan, ushbu iqtisodchilar agar kartoshka chipslaridan ko`ra
kompyuter chiplarini yaratishni ko`proq yoyilishga ega bo`lsa,
unda hukumat
kartoshka chipslari ishlab chiqarishdan ko`ra kompyuter chiplarini ishlab
chiqarishni qo`llab-quvvatlashi kerak. Bunday ishni soliq kodeksi tadqiqot va
rivojlanish sarfiga maxsus soliq imtiyozlari taklif
qilish orqali cheklangan
miqdorda bajaradi. Ba’zi boshqa davlatlat ko`p texnologik yoyilishlar taklif
qiluvchi maxsus sanoatlarga subsidiya kiritish bilan chuqurroq e’tibor qaratadi.
Texnologik sanoatni rivojlantirishga qaratilgan hukumatning iqtisodiyotga
aralashuvi ba’zida
sanoat siyosati deb yuritiladi.
Boshqa iqtisodchilar sanoat siyosati to`g`risida salbiy fikrda.
Garchi
texnologik yoyilish umumiy bo`lsa-da, sanoat siyosatining muvaffaqiyati hukumat
turli bozorlarda yoyilish hajmini o`lchashga qodir bo`lishini talab etadi. Bu o`lchov
muammosi eng qiyinidir. Bundan tashqari, aniq o`lchovlarsiz, siyosiy tizim eng
katta ijobiy tashqi ta’sirlardan ko`ra katta siyosiy ta'sirga ega bo`lgan sanoatlarni
subsidiya qilishi mumkin.
Texnologik yoyilishlar bilan shug`ullanishning yana bir usuli patent himoyasi
hisoblanadi. Patent qonunlari ma’lum vaqt uchun o`zlarining ixtirolaridan mutlaq
foydalanishini ta’minlab ixtirochilar huquqlarini himoya qiladi.
Firma texnologik
yangilik qiladigan bo`lsa, u g`oyani patentlab, o`zi uchun ko`p iqtisodiy foyda
olishi mumkin. Patent huquqi firmaga ixtirosi ustidan
mulk huquqini berib tashqi
ta’sir o`zlashtiriladi. Boshqa firmalar yangi texnologiyalar
foydalanish istagida
bo`lsa, ular ixtiro firmasidan ruxsat olishi kerak va unga royalti to`laydi.
Shunday qilib, patent tizimi firmalarni texnologiyani rivojlantiradigan tadqiqot va
boshqa faoliyat bilan shug`ullanishiga katta turtki beradi.
Dostları ilə paylaş: