Echish. Ma’lumki, raqobatlashgan bozorda resurs (ya’ni, er) narxi uning pulda ifodalangan chekli mahsulotiga teng, ya’ni Erning puldagi chekli mahsuloti: Er maydoni 30 gektar bo`lgani uchun so`m. Demak


Keys stadi. nega benzin bunchalik og`ir soliqqa tortiladi?



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix15.08.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#63134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
13.1-Mavzu. Tashqi ta’sirlar va unga oid davlat siyosati.

Keys stadi. nega benzin bunchalik og`ir soliqqa tortiladi? 
Ko`p mamlakatlarda, benzin eng og`ir soliqqa tortiladigan tovarlardan biridir. 
Gaz solig`i avtomobil bilan bog`liq uch salbiy tashqi ta’sirga qaratilgan tuzatuvchi 
soliq sifatida ko`rilishi mumkin: 


287 
 
Tirbandlik: siz hech bir yuzma-yuz tirbandlikda bo`lgan bo`lsangiz, siz 
ehtimol yo`lda kam mashina bo`lishini istagansiz. Benzin solig`i odamlarni jamoat 
transportidan foydalanish va ishga yaqin joyda yashashga undab tirbandlikni 
kamaytiradi. 
 
Baxtsiz hodisalar: odamlar katta avtomobil yoki sport-kommunal xizmat 
transport vositalarini sotib olganda, o`zlarini xavfsizroq qilishi mumkin, lekin ular 
qo`shnilarini xavf ostiga qo`yadi. Milliy Avtomobil Yo`l Xavfsizligi Boshqarmasi 
(National Highway Traffic Safety Administration) ma’lumotiga ko`ra, boshqa 
mashinaga urilgandan ko`ra, sport-kommunal xizmat avtomobiliga urilganda
odatda, oddiy mashina haydovchilari vafot etishi ehtimoli besh marta ko`p bo`ladi. 
Gaz solig`i odamlarni katta, gaz-yoqilg`isidan foydalanqan transport vositalari 
boshqalarga xavf solganda to`lashga majbur qilishning bilvosita yo`lidir, bu esa o`z 
navbatida ularni qanday avtomobil sotib olishni tanlashda ushbu xavfni ham 
hisobga olishga undaydi. 
 
Ifloslanish: benzinga o`xshash yoqilg`ilarni yoqish global isishi sababi deb 
ko`pchilik ishonadi. Mutaxassislar bu tahdid unchalik xavfli emasligini 
ta’kidlashsa-da, lekin gaz solig`i benzindan foydalanishni kamaytirib xavfni 
shubhasiz kamaytiradi. 
Shunday qilib, gaz solig`i ko`pchilik soliqlar kabi ijtimoiy zarar o`rniga, 
yaxshi iqtisodiyotni tashkil qiladi. Bu kam tirbandlik, xavfsiz yo`llar va toza 
muhitni anglatadi. 
Benzinga soliq qanchalik yuqori bo`lishi kerak? Ko`pchilik Yevropa 
davlatlari, Qo`shma Shtatlarga qaraganda benzinga ancha yuqori soliqlarni kiritadi. 
Ko`pchilik kuzatuvchilar Amerika Qo`shma Shtatlari ham og`irroq benzin solig`ini 
joriy qilishni taklif qilgan. Iqtisodiy adabiyot jurnalida chop etilgan, 2007-yilgi 
izlanish avtomobil bilan bog`liq turli tashqi ta’sir miqdori bo`yicha tadqiqotlarni 
xulosa qiladi. Xulosaga ko`ra, benzinga maqbul tuzatuvchi soliq bir gallonga 2.10 
dollar edi, Qo`shma Shtatlarda esa amaldagi soliq 40 sent bo`lgan. 
Benzin solig`idan keladigan soliq daromadi rag`batlantirishlarni buzadigan va 
ijtimoiy yo`qotishlarga olib keladigan soliqlarni pasaytirish uchun foydalanish 
mumkin. Bundan tashqari, yanada tejamkor avtomobil ishlab chiqarishni talab 
qiladigan og`ir hukumat qoidalari keraksizday edi. Ammo bu fikr siyosiy jihatdan 
hech qachon mashhur bo`lmadi. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin