Echish. Ma’lumki, raqobatlashgan bozorda resurs (ya’ni, er) narxi uning pulda ifodalangan chekli mahsulotiga teng, ya’ni Erning puldagi chekli mahsuloti: Er maydoni 30 gektar bo`lgani uchun so`m. Demak



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix15.08.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#63134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
13.1-Mavzu. Tashqi ta’sirlar va unga oid davlat siyosati.

 
 
17.2.Tashqi ta’sirlarga qaratilgan davlat siyosati 
 
Tashqi ta’sirlar nima uchun bozorlarni resurslar samarasiz taqsimlanishiga 
olib kelishini muhokama qildik, lekin bu samarasizlikni qanday bartaraf qilish 
haqida kam gapirildi. Amalda, davlat siyosatchilari va xususiy shaxslar tashqi 
ta’sirlarga turli yo`llar bilan javob beradi. Barcha yechimlarning maqsadi resurslar 
taqsimotini ijtimoiy maqbul darajaga yaqinlashtirishdir. 
Ushbu bo`limda davlat yechimlari ko`rib chiqiladi. Umumiy masala sifatida, 
hukumat tashqi ta’sirga javob berishda ikki yo`lning biridan foydalanishi mumkin. 
Buyruq-va-nazorat siyosati bevosita xatti-harakatni tartibga soladi. Bozorga 
asoslangan siyosat rag`batlantirish bilan ta’minlaydiki, xususiy qaror qabul 
qiluvchilar muammoni hal qilish yo`lini o`zlari tanlaydi. 
Buyruq va nazorat siyosati: tartibga solish 
Hukumat muayyan xatti-harakatni talab qilish yoki cheklash orqali tashqi 


285 
ta'sirni bartaraf qilishi mumkin. Misol uchun, suv ta'minoti ichiga zaharli kimyoviy 
moddalar qo`shish jinoyat hisoblanadi. Bu holda, jamiyat uchun tashqi harajatlar 
ifloslantiruvchi foydasidan ancha oshib ketadi. Hukumat shuning umuman bu 
xatti-harakat sodir bo`lishini man qiluvchi bir buyruq-va-nazorat qilish siyosatini 
institutlashtiradi. 
Ammo ifloslanish ko`p hollarida vaziyat bunchalik oddiy emas. Ba'zi 
ekologlar belgilangan maqsadlarga qaramay, barcha ifloslantiruvchi faoliyatlarni 
taqiqlab qo`yishning iloji yo`q. Masalan deyarli barcha turdagi transport, hatto 
otlar ham ayrim nomaqbul ifloslantiruvchi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Lekin 
hukumatning barcha transportni taqiqlashi aqlga sig`maydi. Shuning uchun, 
butunlay ifloslanishni bartaraf etishga harakat qilish o`rniga, jamiyat bu 
ifloslanishlarning qaysi turlariga va qancha miqdoriga ruxsat etishga qaror qabul 
qilishning zarari va foydasini ko`rib chiqishi kerak. Amerika Qo`shma
Shtatlarida, atrof-muhit himoya qilish agentligi (EPA) va atrof-muhitni muhofaza 
qilishga qaratilgan qoidalarni ishlab chiqish va rioya qilish vazifasini olgan davlat 
muassasasidir. 
Atrof-muhitni tartibga solish ko`p shakllarda bo`lishi mumkin. Ba'zan EPA 
zavod chiqarishi mumkin bo`lgan ifloslanish maksimal darajasini aytadi. Boshqa 
paytlari EPA firmalardan chiqindilarni kamaytirish uchun muayyan texnologiya 
qabul qilishni talab qiladi. Barcha hollarda, yaxshi qoidalarni tuzish uchun, 
hukumat tartibga soluvchilari muayyan sanoatlar haqida ma'lumotlarni va bu 
sanoat qabul qilishi mumkin bo`lgan muqobil texnologiyalar haqida bilishi kerak. 
Bu ma'lumotlar hukumat regulyatorlari tomonidan olinishi ba’zida juda qiyin. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin