290
Ifloslanish iqtisodiy tahliliga e'tirozlar
"Biz hech kimga haq evaziga ifloslantirish imkonini berolmaymiz."
Sobiq
senator Edmund Maskining ushbu gapi ayrim ekologlar fikrini aks ettiradi. Ular
aytishicha, toza havo va toza suv iqtisodiy jihatdan hisobga olinmasligi kerak,
chunki ular amaliy inson huquqlari hisoblanadi. Siz qanday qilib toza havo va toza
suv ustida narx qo`yishingiz mumkin? Ular da'vosiga ko`ra, narxidan qat'iy nazar,
atrof-muhit muhim ahamiyatga ega, shuning uchun uni iloji boricha ko`proq
himoya qilish kerak.
Iqtisodchilar ushbu dalilga kam qiziqish bildirishadi.
Iqtisodchilar uchun,
yaxshi ekologik siyosat
iqtisodiyotning o`nta tamoyillarining birinchisini
tushunishdan boshlanadi: Odamlar sotib yuborishga duch keladi. Albatta, toza
havo va toza suv qiymatga ega. Lekin ularning qiymati ularning imkoniyati
harajatiga nisbatan olinishi kerak, ya’ni kimdir ularni olish uchun nimadandir voz
kechishi kerak. Barcha ifloslanishlarni bartaraf qilishning iloji yo`q. Barcha
ifloslanishni bartaraf etishga harakat qilish bizga yuqori
yashash andozalaridan
bahramand bo`lishimizga sabab bo`luvchi ko`plab texnologik yutuqlarga teskari
bo`lib qoladi. Imkon qadar atrof-muhitni toza qilish uchun kam kishi kam
ovqatlanish, yetarli bo`lmagan tibbiy yordam yoki
sifatsiz uy-joylarni qabul
qilishga tayyor bo`ladi.
Iqtisodchilar ba'zi ekologik faollar iqtisodiy jihatdan o`ylamasdan o`z
da’volariga zarar yetkizadi deb aytadi. Toza muhit boshqa tovarlar kabi tovardir.
Barcha normal tovarlar kabi u ijobiy daromad egiluvchanligiga ega: Boy davlatlar
rivojlanmagan davlatlarga qaraganda tozaroq muhitga ega va shuning uchun,
odatda, qat'iy muhitni muhofaza qiladi. Bundan tashqari, boshqa ko`plab tovarlar
kabi, toza havo va toza suv talab qonuniniga bo`ysunadi: atrof-muhit muhofazasi
narxi qanchalik past bo`lsa, jamoat istagi shunchalik ko`p bo`ladi. Ifloslantirishga
ruxsat va tuzatuvchi soliqlar yordamida iqtisodiy yondashuv atrof-muhitni
muhofaza qilish
harajatlarini kamaytiradi va, shuning uchun, toza atrof-muhit
uchun ijtimoiy talabni oshiradi.
Dostları ilə paylaş: