Echish. Ma’lumki, raqobatlashgan bozorda resurs (ya’ni, er) narxi uning pulda ifodalangan chekli mahsulotiga teng, ya’ni Erning puldagi chekli mahsuloti: Er maydoni 30 gektar bo`lgani uchun so`m. Demak


Xususiy yechimlar nega har doim ham ishlamaydi?



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix15.08.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#63134
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
13.1-Mavzu. Tashqi ta’sirlar va unga oid davlat siyosati.

Xususiy yechimlar nega har doim ham ishlamaydi? 
Kouz teoremasining mantiqiga qaramay, xususiy shaxslar ko`pincha tashqi 
ta’sir muammolarni hal qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar. Kouz teoremasi 
faqat manfaatdor tomonlar bitim tuzishi va amalga oshirishida hech qanday 
muammo bo`lmaganda amal qiladi. Biroq real dunyoda, o`zaro manfaatli 
shartnoma tuzish mumkin bo`lsa ham, savdolashish har doim ham ishlayvermaydi. 
Ba'zan manfaatdor tomonlar operatsion harajatlar, ya’ni savdolashish 
jarayonida tomonlar rozi bo`ladigan harajatlar, tufayli tashqi ta’sir muammosini 
hal qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Bizning misolda, tasavvur qiling, 
Dilshod va Lola turli tillarda gapirishadi, shuning uchun, shartnomaga erishish 
uchun ular tarjimon yollashi kerak. Agar huruvchi it muammosini hal qilish 
foydasi tarjimon harajatidan kam bo`lsa, Dilshod va Lola masalasini yechilmagan 
holatda tashlab qo`yishi mumkin. Yanada real misollarda, operatsion harajatlari 
tarjimon harajati emas, balki shartnomalarni tayyorlash va amalga oshirish uchun 
zarur bo`lgan huquqshunos harajatlari bo`ladi. 
Boshqa vaqtlarda, savdolashish shunchaki buziladi. Urushlar va mehnat 
to`qnashuvlari sodir bo`lishi kelishuvning qanchalik qiyin bo`lishi mumkinligini 
ko`rsatadi va kelishuvga erishish juda qimmatga tushishi mumkin. Muammo 
shundaki, har bir tomon odatda o`zi uchun yaxshiroq shartnoma uchun harakat 
qiladi. Misol uchun, Dilshod itdan 500 so`mlik foyda oladi va Lola it hurishidan 
800 so`mlik harajat sarflaydi deb tasavvur qilaylik. Lolaning itdan qutilish uchun 
Dilshodga to`lashi samarali bo`lsa-da, bu natijaga olib kelishi mumkin bo`lgan 
ko`plab narxlar bor. Dilshod 750 so`m talab qilishi mumkin, va Lola faqat 550 
so`m taklif qilishi mumkin. Ular narxi ustida savdolashaversa, huradigan it bilan 
samarasiz natija davom etaveradi.
Manfaatdor tomonlar soni ko`p bo`lganda samarali savdolashishga erishish, 
ayniqsa, qiyin, chunki hammani muvofiqlashtirish qimmatga tushadi. Misol uchun, 
yaqin ko`l suvini ifloslantiradigan bir zavodni olaylik. Ifloslanish mahalliy 
baliqchilarga salbiy tashqi ta'sir ko`rsatmoqda. Kouz teoremasiga ko`ra, ifloslanish 
samarasiz bo`lsa, unda baliqchilar ifloslantirmaslik uhchun zavodga haq to`lashi 
orqali zavod va baliqchilar savdolashishga erishishi mumkin. Biroq, agarda
baliqchilar ko`p bo`lsa, zavod bilan savdolashishga ularning barchasini 


294 
muvofiqlashtirish uchun harakat deyarli ilojsiz bo`lishi mumkin. 
Xususiy savdolashish ishlamaganda, ba'zan hukumat rol o`ynashi mumkin. 
Hukumat ommaviy harakatlar uchun mo`ljallangan muassasa hisoblanadi. Bu 
misolda, baliqchilar o`zlari uchun harakat qilishi ilojsiz bo`lsa ham, davlat 
baliqchilar nomidan harakat qilishi mumkin.


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin