Economic terms. Moreover, the article considers economic terminology in terms of justification and construction based on simple terms and examples


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix13.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#175428
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
terminlarning-yasalish-usul-va-yo-llari

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-426-435 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
433
 
May, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
birikmalar tashkil etishi boisidan quyida bu kabi birikmalarning grammatik jihatdan 
tarkib topish usullarini ko„rib chiqish lozim, deb topildi (uch va undan ortiq 
komponentli birikmalarning yasalishi ayni shu omildan kelib chiqishi tufayli ularga 
alohida to„xtab o„tilmaydi). 
Ma‟lumki, turkiy tillarda, jumladan, o„zbek tilida ham ikki qismli terminologik 
birikmalar til materialiga qarab, asosan ot+ot yohud sifat+ot modeli asosida yasalgan 
bo„ladi. Shunga ko„ra quyida mana shu birikmalarni alohida-alohida qarab chiqamiz. 
I.
Ot+ot modelida yasalgan birikma terminlar. 
Boshqa turkiy tillarda bo„lganidek, o„zbek tilida ham ot+ot tipidagi birikmalar 
izofa orqali birikib keladi. 
Bunday izofa 3 xil ko„rinishga egadir. 
1)
Birinchi tip izofa vositasida hosil bo„lgan birikmaning har ikkala 
qismining o„zaro bog„liqligi so„z tartibi va birlashtiruvchi ohang bilan 
belgilanadi. Iqtisodiyot olamida bu kabi birikmalarning barmoq bilan sanarli 
darajada kam. Ular jumlasiga quyidagilar misol bo„ladi: y
er renta, bozor 
narx
kabi. 
2) Ikkinchi tip izofali birikma biror predmet, narsa, voqea-hodisaga 
qarashliligini, mansubligini anglatadi. 
Bu xildagi birikmalarning qaratqich komponenti -i yoxud -si egalik 
qo„shimchasi bilan shakllantiriladi, qaralmish komponenti esa grammatik 
qo„shimchalarga ega bo„lmaydi. Shu xildagi iqtisodiy terminlar jumlasiga 
quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: 
sotish ustamasi, bojxona boshqarmasi, 
savdo vakili, talab ko„lami, qarz tilxati, pul muomalasi, tannarx ko„rsatkichlari, 
davlat qarzi
va boshqalar. 
Misollardan shunday xulosaga kelish mumkinki, ikkinchi tip izofali birikmalar 
o„z o„rnida ishlatilmoqda, ya‟ni tushunchalarni to„g„ri ifodalamoqda.
3) Birikma terminlarning bu xili boshqa terminologik tizimlarga qaraganda 
izofaning haqiqiy bo„lmish uchinchi tipi asosida shakllantirilgan birikmalar o„z 
o„rnida qo„llanilgan. Masalan: 
pulning qadrlanishi, daromadning taqsimlanishi, 
hamkorlikning rivojlanishi, tovarning qiymati, mahsulotning bahosi, fondlarning 
samaradorligi, kreditning qaytarilishi, so„mning qiymati.
Yuqoridagi misollardan o„zbek tilining iqtisodiyot terminologiyasida izofa 
birikma terminlar o„ziga xos o„rinni egallab kelayotganligi ma‟lum bo„ladi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin