-siz affiksi ishtirokida:
hisobsiz, bahosiz va boshqalar.
Bunda
be- affiksi bilan
-siz affiksi sinonim holda qo„llangan:
behisob-hisobsiz .
11.
- xo‘r affiksi ishtirokida:
Aslida fors-tojik tillaridan o„zlashtirilgan yaxlit leksemalar tarkibida mavjud
bo„lgan mazkur affiks hozirgi bosqichda ko„plab asosdan anglashilgan narsani doim
iste‟mol qiluvchi, shuni yaxshi ko„ruvchi ... ma‟nosidagi shaxs nomlarini yasab
kelganki, u iqtisodiyot atamashunosligida ham qator terminlar tarkibida o„z
“vazifa”sini ado etib kelmoqda. Quyida keltirilgan misollar shundan dalolat beradi:
foydaxo„r, sudxo„r, nafaqaxo„r, merosxo„r va boshqalar
. 12.
-sh (-ish) affikslari ishtirokida:
Hozirgi o„zbek tilida, xususan, uning terminologik tizimlarida
–sh (-ish) affiksi
faollashib ketganligi leksikologiya, terminologiyaga bag„ishlangan qator
tadqiqotlarda alohida ta‟kidlangan. Ularda bayon etilgan fikrlarning qay darajada
to„g„ri va haqli ekanligini faktlar ham yaqqol tasdiqlay oladi. Chunki o„zbek tilining
iqtisodiy terminologiyasida mazkur affiks yordamida hosil qilingan yuzlab terminlar
o„z vazifasini bajarib kelmoqda.
Keltirilgan misollarning ayrimlari tegishli manbalarda ishlatilgan va “Izohli
lug„at”dan o„rin olgan bo„lsa-da, ba‟zilari, masalan,
xususiylashtirish, barqarorlashtirish, sog„lomlashtirish, himoyalash, aksionerlashtirish, tijoratlashtirish kabilar yangi leksik birliklar sifatida qaralmog„i kerak.
13. Hozirgi iqtisodiyot terminologiyasida, qayd etilgan affikslardan tashqari,
garchi kam miqdorda bo„lsa-da, yana ayrim affikslar ishtirokida terminlar hosil
qilingan. Shunday affiksli iqtisodiy terminlar jumlasiga quyidagilarni misol qilib
keltirish mumkin:
а)